Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Lutfullin Qahramon Lutfullayevich
UniversitetLutfullin Qahramon Lutfullayevich
Emblem background

Lutfullin Qahramon Lutfullayevich

Professor o'qituvchi

Telefon:

998 90 259 19 49

Email:

lutfullin@adu.uz

Lutfullin Qahramon Lutfullayevich

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT

  • Lutfullin Qahramon Lutfullinovich 1962 yilda Toshkent farmatsevtika institutini farmatsevt (provizor) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1968 yilda u S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutida aspirantura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan. U 1985 yil 17 maydan boshlab Kimyo fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. Uning 02.00.10 – “Bioorganik kimyo” ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi 1984 yilda S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti huzuridagi Ilmiy kengashda himoya qilingan. 2022 yil 6 yanvardan buyon u Kimyo kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2021 yil 30 oktyabrdagi 510-sonli qaroriga asosan Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli Ilmiy kengash a’zosi hisoblanadi. K.L. Lutfullin R.T. Mirzamatov, A. Karimov va M.M. Tadjiboyevlarning fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlariga ilmiy rahbarlik qilgan. Kafedrada K.L. Lutfullin “Ustoz–shogird” tizimini faol targ‘ib etib, iqtidorli talabalar bilan samarali ishlaydi. U mustaqil izlanuvchilar va talabalar — Sh. Abidova, M. Hamdamova, J. Xabibullaev, Sh. Yuldashev, N.X. Abdurahimova, K. Jamolov, shuningdek magistrantlar S. Hakimov, I. Rasulov, M. Yusupov hamda bakalavr talabalari G. Abdumuxorova, S. Abdurahimova, M. Erkinov, D. Oripova va M. Umaralievlarga ilmiy rahbarlik va maslahatlar berib, ularning ilmiy maqolalar, konferensiya materiallari va ilmiy jurnallarga mo‘ljallangan ishlarini tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • I.R.Asqarov, M.M.Xolmatova, K.L.Lutfullin. Baliq ikrasining kimyoviy tarkibi va ularning shifobaxsh xususiyatlari. Xalq tabobati plyus №4.(9) 2021 yil.
  • F.S.Abdug‘afforov, M.M.Xojimatov, S.A.Alimbaev, K.L.Lutfullin. Ayrim sintetik dori vositalarining buyrak faoliyatiga salbiy ta’siri va buyrak kasalliklarini xalq tabobatida davolashning ahamiyati. Xalq tabobati plyus №1.(10) 2022 yil.
  • I.R.Asqarov, A.G.Maxsumov, S.A.Alimbaev, M.M.Mamurova. Yalpizdan tayyorlangan tetiklantiruvchi tabiiy ichimliklar. Xalq tabobati plyus №3.(12) 2022 yil.
  • M.N.Abdullaev, N.X.To‘xtaboev, N.T.Yo‘lchieva, K.L.Lutfullin. Amarant moyi tarkibidagi biologik faol birikmalar va ularning xususiyatlari. Xalq tabobati plyus №2.(11) 2022 yil.
  • O.Sh.Abdulloev, A.K.Ibrohimova, K.L.Lutfullin. Vitiligo kasalligini davolash usullari. Tovarlar kimyosi va xalq tabobati jurnali, 2-tom, №6, 2023 y.
  • S.A.Mamatqulova, T.E.Usmanova, K.L.Lutfullin. Pavloniya va Razmarin o‘simlik barglari antioksidantlik faolligini o‘rganish. Tovarlar kimyosi va xalq tabobati jurnali, 2-tom, №6, 2023 y.
  • Z.O.Mirzaeva, K.L.Lutfullin. Turli muhit sharoitlarida yetishtirilgan achchiq tarvuz tarkibidagi vitaminlar miqdori. Tovarlar kimyosi va xalq tabobati jurnali, 3-tom, №3, 2024 y.
  • M.Y.Imomova, M.M.Tajiboyev, K.L.Lutfullin. Chemical analysis of Convolvulus arvensis L. Xalq tabobati plus, 1(18), 2024, 32–39 b.
  • I.R.Askarov, F.S.Abdugapparov, K.L.Lutfullin. American Journal of Biomedical Science & Pharmaceutical Innovation, 4(10), 36–44. https://doi.org/10.37547/ajbspi/Volume04Issue10-04 (2024).
  • O.X.Xabibullaeva. Bachadon yallig‘lanish kasalliklarida foydalaniladigan ayrim dorivor o‘simliklar. Xalq tabobati plyus, 3-tom, №1(18), 2024 y.
  • I.R.Asqarov, I.M.To‘lqinov, K.L.Lutfullin. Chakanda o‘simligining kimyoviy tarkibi va xalq tabobatida qo‘llanilishi. Xalq tabobati plyus, 3-tom, №1(18), 2024 y.