Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Muxammedov Saidmurod Baxodirjon o'g'li
UniversitetMuxammedov Saidmurod Baxodirjon o'g'li
Emblem background

Muxammedov Saidmurod Baxodirjon o'g'li

Dotsent

Telefon:

+998 94 104 23 78

Email:

saidmurod2378@adu.uz

Muxammedov Saidmurod  Baxodirjon o'g'li

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT

  • Farg‘ona politexnika institutini 2019 yilda Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo’nalishini tamomlagan. 2022-2024 yillarda Farg‘ona politexnika institutida Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant sifatida faoliyat olib borgan. 2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berilgan. U falsafa doktori dissertatsiyasini 2024 yil 04 dekabrda Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/29. 10. 2021. K.60.05 raqamli ilmiy kengash huzuridagi Bir martalik ilmiy kengashda “Karbamid, furfurol va ayrim biogen elementlar asosida yangi tovarlar olish” mavzusida 02.00.09 – Tovarlar kimyosi va 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosklari bo’yicha himoya qilgan. Ilmiy tadqiqot doirasida 35 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan: 13 ta ilmiy maqola, 20 dan ortiq xalqaro va mahalliy anjumanlarda ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida karbamid-furfurol birikmalari va biogen elementlar asosida kompleks ta’sir etuvchi kam zaharli urug‘dorilagich va o‘stirish stimulyatori bo‘lgan yangi “FK+Cu” hamda “FK+Zn” preparatlar yaratilib, qishloq xo’jaligida foydalanishga joriy etildi. Natijada, FK+Cu bilan ishlov berilgan bug‘doy maydonlaridan amaldagi stimulyatorlarga nisbatan qo‘shimcha 6-8 s/ga, FK+Zn bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlaridan qo‘shimcha 4-5 s/ga hosil olish imkonini bergan. Ushbu ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 dekabrdagi 07/34-9347-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Furfurol, karbamid va mis, rux asetatlari asosidagi FK+Zn, FK+Cu biologik faol preparatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik ko‘rsatkichlarni olish bilan “Elektrokimyozavod” QK-AJ ning kengaytirilgan tajriba uskunasida sinovdan o‘tkazildi va preparatlarning tajriba partiyalari ishlab chiqildi. Olingan yangi turdagi tovarlar tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflanib, ularga “Karbamid, furfurol va biogen metallar kompleksidan hosil bo‘lgan biostimulyatorlar” uchun – 3808 93 900 3 kodi ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 31 maydagi №17/05-23-0369 son ma’lumotnomasi). Natijada, karbamid, furfurol va biogen metallar saqlovchi biologik faol birikmalarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • Asqarov I.R., Isaqov X., Muxammedov S.B. Furfurolidenkarbamidni fizik-kimyoviy uslublar bilan tekshirish. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, Andijon, 2022, Vol. 1, Issue 2, pp. 11–24.
  • Askarov I.R., Isakov Kh., Mukhammedov S.B., Mamarakhmonov M.Kh. Quantum-chemical study of furfural molecule. Universum: Ximiya i biologiya, Russia, 2022, №5 (95), pp. 42–45.
  • Askarov I.R., Isakov Kh., Mukhammedov S.B. Physico-chemical analysis of furfurolidendiurea based on furfural and urea. Universum: Ximiya i biologiya, Russia, 2022, №7 (97), pp. 32–44.
  • Askarov I.R., Isakov Kh., Mukhammedov S.B. Electronic structure and quantum-chemical account of furfurolidenurea. FarDU ilmiy xabarlar, Farg‘ona, 2022, №3, pp. 148–150.
  • Askarov I.R., Isakov Kh., Mukhammedov S.B. Physico-chemical analysis of the complex of furfurolidendiurea. International Journal of Materials and Chemistry, USA, 2022, Vol. 12, Issue 3, pp. 44–48.
  • Asqarov I.R., Isaqov X., Muxammedov S.B. O‘simliklarda uchraydigan ayrim kasalliklarga mahalliy dorilagichlar. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, Andijon, 2022, Vol. 1, Issue 6, pp. 10–17.
  • Asqarov I.R., Isaqov X., Muxammedov S.B. Furfuroliden-karbamidning mass-spektroskopik va termik tahlili. FarDU ilmiy xabarlar, Farg‘ona, 2022, №4, pp. 237–239.
  • Asqarov I.R., Isaqov X., Muxammedov S.B. “FK”, “FDK” va biogen metallar asosidagi biologik faol moddalar. Qo‘qon DPI ilmiy xabarlar, 2023, №3, pp. 98–102.
  • Askarov I.R., Isakov Kh., Mukhammedov S.B. The IR-spectroscopic analysis of the furfurolidendiurea compound. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, Andijon, 2023, Vol. 2, Issue 6, pp. 14–24.
  • Askarov I.R., Isakov Kh., Mukhammedov S.B. Ecological and toxicological properties of the biologically active complex of furfurolidendiurea with zinc acetate. FarDU ilmiy xabarlar, Farg‘ona, 2024, №1, pp. 38–41.