Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Asqarov Ibragim Raxmanovich
UniversitetAsqarov Ibragim Raxmanovich
Emblem background

Asqarov Ibragim Raxmanovich

Telefon:

+998 98 126-09-95

Email:

tabobat__akademiya@mail.ru

Asqarov Ibragim Raxmanovich

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT

  • Asqarov Ibragim Raxmanovich 2005-yildan buyon Andijon davlat universiteti Kimyo kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kungacha kimyo, texnika, tibbiyot fanlari sohasi bo’yicha 30 nafardan ortiq fan doktorlari, 50 nafardan ortiq fan nomzodlari va falsafa doktorlariga bevosita ilmiy rahbarlik qilgan. Ilmiy faoliyati davomida 1100 dan ortiq ilmiy ishlar chop etgan. Jumladan, umumta’lim maktablarining 7-, 8-, 9-, 10-sinf o’quvchilari uchun Kimyo fanidan 7 ta tilda (o’zbek, rus, qirg’iz, qozoq, tojik, turman va qoraqalpoq tillarida O’zbekiston va Turkiyada chop etilgan darsliklar, akademik litsey o’quvchilari uchun “Noorganik kimyo” darsligi, professional ta’lim muassasalari uchun “Fitoterapiya”, “Organik kimyo asoslari” darsliklari, Oliy o’quv yurtlari uchun “Organik kimyo”, “Tovarlar kimyosi”, “Fitoterapiya”, “Dalillarga asoslangan xalq tabobati usullari” darsliklari chop etilib respublika miqyosida ta’lim muassasalarida foydalanilmoqda. Shuningdek, “Tovarlar kimyosi I”, “Tovarlar kimyosi II”, “Tovarlar kimyosi III”, “Tovarlar kimyosi va xalq tabobati”, “Tabobat qomusi”, “Sirli tabobat”, “O’zbekistonlik kimyogar olimlar”, “Anemiyani xalq tabobati usullari yordamida davolash”, “Kimyo”, “Kimyodan masala va mashqlar yechish”, “Kimyoviy bilimlar sarchashmasi”, “Kimyodan test”, “Kimyo asoslari”, “Получение новых пищевых добавок на основе некоторых растительных отходов и их химический состав”, “Классификация на основе химического состава лекарственных препаратов в лечении туберкулёза”, “Как научиться определять международные коды товаров”, “Как решить задачу по химии. Для студентов химико-технологических специ-альностей” kabi 14 ta darslik, 13 ta mahalliy va 6 ta xorijiy monografiyalar, 31 ta o’quv qo’llanmalar chop etilgan va mamlakatimiz miqyosida ta’lim muassasalarida qo’llanil-moqda. Ta’lim sohasini rivojlantrish uchun amalga oshirgan kamtarona mehnatlarini inobatga olib, davlatimiz tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. Asqarov Ibragim Raxmanovich tomonidan Kimyo sohasida ilk bor mamlakatmizda ferrotsen va uning hosilalari kimyosi ilmiy maktabiga asos solingan. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlari doirasida ferrotsen va uning hosilalari asosida kesilgan yoki yorilgan nozik inson organlari to’qimalarini qisqa vaqtda yopishtirib, qon ketishini oldini olish xususiyatiga yega bo’lgan “TSiakrin”, “TSiakrin-AP-1”, “TSiakrin-AndMos” kabi organizm uchun zararsiz bioelimlar ixtiro qilingan. SHuningdek, biz tomonimizdan ferrotsenbenzoy kislotalar, ferrotsenkarbon kislotalar, ferrotsenilfenol, mochevina, tiomochevina, amigdalin, glitsirrizin kislota asosida qishloq xo’jaligi ekinlarini kompleks rivojlantiruvchi va hosildorligini oshiruvchi “Ferrostimulyator”, “P-4”, “ADUMAX”, “AsXa”, “Fer-Ax”, “Ferbek-P”, “Ferbek-M”, “Ferbek-PD”, “Ferbenol-PPK”, “Ferbenol-MPK”, “Asqob” kabi 10 dan ortiq biostimulyatorlar ixtiro qilinib, qishloq xo’jaligi amaliyotiga joriy etilgan. Ushbu ixtirolari uchun 6 ta O’zbekiston Respublikasi patentlari va 30 dan ortiq respublika va xorijiy mualliflik guvohnomalariga ega bo’lgan. Asqarov Ibragim Raxmanovichga erishgan yutuqlarini inobatga olinib, davlatimiz tomonidan “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” unvoni berilgan. Asqarov Ibragim Raxmanovich, xalqaro Web of science ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 4 ta, Scopus ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 9 ta maqola, hamda OAKda rasmiy ro’yxatga olingan boshqa xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etilgan. 1997-yilda Asqarov Ibragim Raxmanovich tomonidan yozilgan fan pasporti asosida dunyoda birinchi marta kimyo fanlari tizimida O’zbekistonda “02.00.09” shifri bilan “Tovarlar kimyosi” fani Oliy attestatsiya komissiyasida rasmiy ro’yxatga olingan. Ushbu ixtisoslik bo’yicha tadqiqotchi va hodimlarga kimyo va texnika fanlari bo’yicha ilmiy darajalar hamda ilmiy unvonlar berilmoqda. 2019 yilda Asqarov Ibragim Raxmanovich tomonidan yozilgan va tibbiyot fanlari tizimiga kiritilgan “Xalq tabobati” fani pasporti asosida Oliy attestatsiya komissiyasida “14.00.41” shifri bilan rasmiy ro’yxatga olingan. Ushbu ixtisoslik bo’yicha tibbiyot, kimyo va farmatsevtika fanlari bo’yicha ilmiy darajalar hamda ilmiy unvonlar berilishi belgilandi. Hozirgi kunga kelib, Asqarov Ibragim Raxmanovich tomonidan kashf etilgan mazkur fanlar bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqot ishlarining mamlakatimiz byudjetiga keltirgan iqtisodiy salmog’i 500 milliard so’mdan ziyod ekanligi tasdiqlangan. Asqarov Ibragim Raxmanovich tomonidan O’zbekistonda o’sadigan dorivor o’simliklar va minerallarning kimyoviy tarkibini zamonaviy metodlar yordamida aniqlash asosida, tarkibida inson organizmi uchun foydali bo’lgan tabiiy kimyoviy birikmalar saqlagan “Majmui Rahmoniy”, “SHifoi Marxaboxon”, “Askaltsiy”, “Alkoman”, “Asdavo”, “SHifo”, “Asshifo”, “Askanurez”, “Oltin Vodiy”, “Nishifo”, “Astosh”, “Asdarmon”, “Aslipoproteid”, “Psoralin”, “Asmirtol”, “Alkayon”, “Asbola”, “Asnasl”, shuningdek, xalqaro olimlar guruhi bilan hamkorlikda dunyoda birinchi marta virusli kasalliklarni oldini oluvchi “AS-CURCUMIN”, “ANTICOVIR”, “ANTIVIR 101”, “ASKAROVIR” kabi 40 dan ortiq tabiiy mahsulotlar va ishlanmalar yaratilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan rasmiy ro’yxatga olinib, hozirgi kunda quyidagi mahalliy korxonalarda litsenziya asosida ishlab chiqarilib, amaliyotga joriy etilgan.

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • Asqarov I.R., M.M.Xojimatov, Madraximov G‘.N. Изучение реакции взаимодействия о-ферроценилбензойной кислоты с метилендимочевиной и биологической активности полученного продукта. Universum: Химия и биология, 2021, №90, 186–190.
  • I.R. Asqarov, G'.N. Madrahimov, M.M. Xojimatov. o-Ferrotsenil benzoic acid mochevina and determination of biostimulatory properties of compounds with thiomachevina derivatives. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 2021, Vol.11, Issue 12, 21–26.
  • I.R. Asqarov, M.M. Xojimatov, F.S. Abdug'afforov, G'.N. Madrahimov. o-Ferrotsenilbenzoy kislotasi va amigdalin asosida biologik faol moddalar sintezi. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2022, Vol.1, Issue 2, 118–140.
  • I.R. Asqarov, G'.N. Madrahimov, M.M. Xojimatov. Synthesis of biologically active compounds based on o-ferrocenylbenzoic acid. ACADEMICIA, 2022, Vol.11, Issue 05, 225–232.
  • M.M. Xojimatov, I.J. Karimov, I.R. Asqarov. Shamollash kasalligini davolashda ishlatiladigan ayrim zamonaviy dori vositalarining kimyoviy tarkibi. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2022, Vol.1, Issue 1, 128–136.
  • I.R. Asqarov, M.M. Xojimatov, I.J. Karimov. Loviyadan shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmasi olish va antioksidantlik xususiyatlari. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2022, Vol.1, Issue 5, 222–226.
  • I.R. Asqarov, M.M. Xojimatov, I.J. Karimov. Moshning kimyoviy tarkibi va antioksidantlik xususiyatlari. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2022, Vol.1, Issue 4, 227–232.
  • Askarov I.R., Abdulloev Sh.H., Aliyeva F.A., Abdulloev O.Sh., Sattarova B.N. Determination of the amount of macro- and microelements in some juice-containing soft drinks by the ISP Eco method. AIP Conference Proceedings, 2025, Vol.3304, Issue 1.
  • Asqarov I.R., Abdulloyev Sh.X., Xaydarova M.A. Tanacetum vulgare spirtli ekstraktining antiradikal faolligini baholash. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2025, Vol.4, Issue 1, 192–207.
  • Askarov I.R. va boshqalar. Broyler jo‘jalarni o‘stiruvchi va rivojlantiruvchi stimulyator. Ixtiro patenti № IAP 7802, 2024.
  • Абдуллоев Ш.Х., Аскаров И.Р., Абдуллоев О.Ш. Гетеробиметаллические оксо-центрированные карбоксилаты 3d-металлов. Душанбе, 2024, 21–31.
  • Абдуллоев Ш.Х., Тоджибоева М., Аскаров И.Р. Гепатит B ni davolashda ishlatiladigan dori vositalari klassifikatsiyasi. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2023, 2(5), 66–77.
  • I.R. Asqarov va boshqalar. Molecular complexes of monoammonium salt of glycyrrhizic acid with urea. Chemical Problems, 2021, №3, 160–167.
  • I.R. Asqarov va boshqalar. Synthesis of complex compounds of glycyrrhizic acid and thiourea. E3S Web of Conferences, 2023.
  • R. Asqarov, Yu. Isaev, F. Azamjonova. Determination of flavonoids in plant leaves. ACADEMICIA, 2022, Vol.12, Issue 4.
  • I.R. Asqarov, Yu. Isaev, S.A. Rustamov. Glitsirrizin kislotasi va mochevina kompleksi. Farmatsevtika jurnali, 2022, №3, 65–72.
  • Asqarov I.R. va boshqalar. “Travalon” biologik faol qo‘shilmasi. Farmatsevtika jurnali, 2024, №4, 84–91.
  • Asqarov I.R., Mirzayev U.V., Hojiqulov A.S. Oshqovoqning kimyoviy tarkibi. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2022.
  • I. Askarov, A. Khojikulov, Q. Otakhonov. Evaluation of healthful properties of pumpkin extract. ACADEMICIA, 2021.
  • I. Askarov, A. Khadjikulov. Determination of iodine in medicinal plants. ACADEMICIA, 2021.
  • I.R. Askarov va boshqalar. Healing properties of pumpkin. ACADEMICIA, 2022.
  • I.R. Askarov va boshqalar. Evaluation of medicinal plants by chemical analysis. Jundishapur Journal of Microbiology, 2022.
  • I.R. Asqarov va boshqalar. Chestnut fruit medicinal properties. Eurasian Medical Research Periodical, 2023.
  • I.R. Asqarov va boshqalar. Determination of heavy metals in food products. Eurasian Journal of Physics, Chemistry and Mathematics, 2023.
  • I.R. Asqarov va boshqalar. Determination of heavy metals in liver. Eurasian Research Bulletin, 2023.
  • I.R. Asqarov va boshqalar. “Gulkhairi” plant medicinal properties. International Journal of Scientific Trends, 2023.
  • I.R. Asqarov va boshqalar. Varikozni davolashda ishlatiladigan sintetik dorilar. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2022.