
Atakulova Nargiza Baxtiyorjon qizi
Dotsent
Telefon:
+998 94 433 80 74
Email:
nargizaatakulova456@adu.uz

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT
- 2011-yil Andijon davlat universiteti “Tabiiy fanlar” fakul'teti biologiya ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. 2015-yil o‘qishni tamomlagan, 2019 yil shu universitetning “Kimyo” mutaxassisligiga magistraturaga qabul qilingan. 2021-yil magistraturani tamomlagan. 2021 yildan boshlab k.f.d., prof. I.R.Asqarov va k.f.d., dot. I.Y.Mamatovalar rahbarligida “Tarvuz va limon chiqindilaridan xalq tabobatida foydalaniladigan oziq-ovqat qo'shilmalari tayyorlash” mavzusida PhD dissertatsiya ishi tadqiqotlarini olib bordi. Dissertatsiya tadqiqoti Andijon davlat universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining “Xalq xo‘jaligi va xalq tabobatida foydalaniladigan tovarlar olish va ularni sinflash” yo‘nalishi doirasida bajarilgan. Tarvuz va limon chiqindilari (po‘slog‘i, urug‘i) kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash, ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish va kimyoviy tarkibi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: “ASNARMUN”, “ASBAXT” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun ishlab chiqilgan texnik shart (Tsh 303271760-02:2023) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2023 yil 15 iyundagi 31-8/927-son ma’lumotnomasi). Natijada, shirin tarvuz poʻsti va urugʻi hamda limon po’sti asosida tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan; “ASNARMUN”, “ASBAXT” oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida ishlab chiqarish uchun ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnoma (TY303271760-02:2023) ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2023 yil 15 iyundagi 31-8/927-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyrak toshni davolash xususiyatiga ega boʻlgan yangi tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan. Natijada, ilmiy dolzarb mavzular yuzasidan jami 60 ta ish chop etilgan. Shulardan 35 tasi maqola va 25 tasi tezis hisoblanadi. Shundan OAK PhD dissertatsiyalari natijalarini chop etishga tavsiya etilgan nashrlarda 14 ta, 9 ta respublika va 5 ta xorijiy jurnallarda chop ettirgan. Ilmiy ish natijalari 3 ta Xalqaro va 1 ta respublika ilmiy amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- Askarov I.R., Mirzayeva Z.O., Atakulova N.B. Determination of anti-radical activity of biologically active substances contained in food additives based on bitter and sweet watermelon. Universum: Ximiya i biologiya, 2023, №8 (110), pp. 9–12. ISSN: 2311-5459. DOI: 10.32743/UniChem.2023.110.8.15778.
- Askarov I.R., Atakulova N.B., Mirzayeva Z.O., Mamatova I.Y. Determination and comparison of the amount of vitamins and flavonoids of watermelon seeds grown in Uzbekistan and China. European Chemical Bulletin, 2023, Vol. 12, Issue 10, pp. 11626–11637.
- Askarov I.R., Atakulova N.B., Anvarova M.M. Citrus lemon L. planted in Uzbekistan: the varieties and their importance in folk medicine. International Multidisciplinary Journal for Research & Development, 2024, Vol. 11, Issue 11, pp. 18–21. Impact Factor: 7.854.
- Askarov I.R., Atakulova N.B., Anvarova M.M. Citrus lemon L.: determination of quality and quantity indicators in fruits. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 2024, Vol. 4, Issue 11, pp. 32–34.
- Askarov I.R., Atakulova N.B., Anvarova M.M. Citrus lemon L.: the chemical composition and healing properties. International Journal of Artificial Intelligence, 2024, pp. 67–71. ISSN: 2692-515X.
- Atakulova N.B., Askarov I.R. Sholg‘om (Brassica rapa L.) bargining kimyoviy tarkibi tahlili. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2024, Vol. 3, Issue 6, pp. 213–221. ISSN: 2181-2977. DOI: 10.55475/jcgtm/vol3.iss6.2024.
- Atakulova N.B., Askarov I.R. Analysis of the chemical composition of the leaves of the plant Raphanus sativus L. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2025, Vol. 4, Issue 1, pp. 208–219. ISSN: 2181-2977.
- Atakulova N.B., Rustamov S.A., Urmanov N.A. Sholg‘om ildizmevasining kimyoviy tarkibi va xalq tabobatidagi o‘rni. Xalq tabobati plus, 2022, №1 (10), pp. 25–27.
- Atakulova N.B. O‘zbekistonda etishtiriladigan sholg‘om (Brassica rapa L.) navlari va shifobaxsh xususiyatlari. Xalq tabobati plus, 2025, №2 (23), pp. 40–42.
- Atakulova N.B. Oshqovoq urug‘ining shifobaxsh xususiyatlari va xalq tabobatida qo‘llanilishi. Xalq tabobati plus, 2023, №2 (15).
- Askarov I.R., Anvarova M.M., Atakulova N.B. Oshqovoq urug‘ining kimyoviy tarkibi. Xalq tabobati plus, 2023, №2 (15), pp. 47–48.
