Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o'g'li
UniversitetMo'minjonov Mirjalol Muqumjon o'g'li
Emblem background

Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o'g'li

Professor o'qituvchi

Telefon:

+998 97 997 44 36

Email:

tabobat__akademiya@adu.uz

Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o'g'li

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT

  • 2017- 2019 yillarda Andijon davlat universiteti Kimyo mutaxassisligi magistranti, 2019- 2021 yillarda Andijon davlat universiteti Kimyo kafedrasi o‘qituvchisi, 2021-2024 yillarda Andijon davlat universiteti Kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2024-yildan hozirgacha Andijon davlat universiteti dotsenti, kimyo fanlari doktori (DSc). M.M.Mo‘minjonov bir necha yillardan buyon kimyo fanlari doktori, professor I.R.Askarov ilmiy rahbarligida kimyo sohasida bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 2023-2024 yillarda O‘zbekistonda o‘sadigan shifobaxsh o‘simliklar asosida, tarkibida inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan, organizmda yod elementi yetishmovchiligi va ayrim virusli kasalliklarni oldini oluvchi kimyoviy birikmalar saqlagan yangi turdagi tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqqan. Ushbu biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rasmiy ro‘yxatga olingan, hamda “Oltin Vodiy Tabiati” MChJ da ishlab chiqarilib, amaliyotga joriy etilgan. 2024 yilda M.M.Mo‘minjonov rahbarligida mahalliy o‘simliklar asosida ishlab chiqilgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun “Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi” bo‘yicha, ularni xorijiy mamlakatlarga eksport-import qilishni qulaylashtiruvchi “1212 30 000 3”, “1212 30 000 4” va “1212 30 150 2” yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Faoliyati davomida uning muallifligida 4 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, mahalliy va xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. 20 dan ortiq respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etgan. 2023-yilda M.M.Mo‘minjonov muallifligida professional ta’lim muassasalari “Farmatsiya” yo‘nalishi o‘quvchilari uchun “Fitoterapiya” darsligi chop etilib, mamlakatimizdagi ta’lim muassalarida foydalanilmoqda. 2023-yilda M.M.Mo‘minjonov muallifligida yozilgan “Organik kimyo asoslari” darsligi professional ta’lim muassalari uchun kimyo fanidan “Milliy darsliklar tanlovi” da g‘olib deb topilib, nashr etilib, mamlakatimizdagi tibbiyotga ixtisoslashgan professional ta’lim muassasalarida foydalanishga topshirilgan. Shunindek, uning hammuallifligida yozilgan chuqurlashtirilgan akademik litseylarning “Tabiiy fanlar” yo‘nalishi o‘quvchilari uchun “Kimyo (noorganik kimyo)” darsligi chuqurlashtirilgan akademik litseylar darsliklari respublika tanlovida g‘olib teb topilgan. 2025 yilda M.M.Mo‘minjonovning bevosita ilmiy rahbarligida 1 nafar kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yetishib chiqqan. M.M.Mo‘minjonov Oliy attestatsiya komis-siyasi tomonidan rasmiy ro‘yxatga olingan mahalliy “Xalq tabobati plus” ilmiy jurnali, hamda “eLibrary.ru”, “Google scholar”, “Crossref”, “ResearchGate” kabi xalqaro ilmiy bazalarda rasmiy ro‘yxatga olingan “Journal of Chemistry of Goods and Traditional medicine (www.jcgtm.org)” xalqaro ilmiy jurnalining tahririyat kengashi a’zosi. M.M.Mo‘minjonov hozirgi kunda Andijon davlat universiteti huzurida faoliyat yuritayotgan 02.00.09 – Tovarlar kimyosi va 14.00.41 – Xalq tabobati ixtisosliklari bo‘yicha kimyo va texnika fanlaridan fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ixtisoslashgan Ilmiy kengash ilmiy kotibi sifatida, Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi 14.00.41 – Xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlaridan ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash rais o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ushbu mas’uliyatli vazifaning ishonib topshirilgani, M.M.Mo‘minjonov yosh bo‘lishiga qaramay, ilmiy tadqiqot ishlarini chuqur tahlil qilish va baholash darajasiga yetganligidan dalolat beradi. M.M.Mo‘minjonov Andijon davlat universiteti “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti a’zosi sifatida ham na’munali faoliyat yuritib kelmoqda. Iqtidorli va faol yoshlar yetakchisi sifatida talabalar hamda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, shuningdek, yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha qiynayotgan muammolarni hal etishga ko‘maklashib kelmoqda. 2023-2024 yillarda M.M.Mo‘minjonovning faoliyati bir necha bor “O‘zbekiston 24”, “Andijon” teleradiokompaniyalarining maxsus ko‘rsatuvlarida hamda, “You tube”, “Facebook”, “Telegram” dagi rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan. M.M.Mo‘minjonov axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hozirgi zamon talablari darajasida foydalana oladi. Birgina, “Ziyonet” ta’lim portaliga uning “p- va m-ferrotsenilbenzoy kislotalarning ayrim dialmashingan hosilalarini o‘rganish va sinflash” va “O‘simlik chiqindilari asosida yangi biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularning kimyoviy tarkibi” mavzusidagi avtoreferatlari joylangan. Hozirgi kungacha, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, bu borada horijiy ilmiy tajribalarni o‘rganish maqsadida mingdan ortiq veb-sahifalardan foydalangan. Shuningdek, “Scopus”, “Web of Science”, “eLibrary.ru”, “Google scholar”, “Crossref”, “ResearchGate” kabi xalqaro ilmiy bazalarda foydalanuvchi sifatida ro‘yxatga olingan, hamda ko‘pgina kimyoga oid ilmiy maqolalari mazkur xalqaro ilmiy bazalar ro‘yxatiga kirgan nufuzli xalqaro jurnallarda chop etilgan. Bundan tashqari, hukumatimiz tomonidan raqamlashtirish va soddalashtirish maqsadida amaliyotga joriy qilingan barcha turdagi axborot, fan va ta’lim portallaridan mukammal darajada foydalanish malakasiga ega

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Abdulloev O.Sh., Asqarov I.R., Abdullaev Sh.H. Sintez mono- i di-zameshchennykh meta-ferrotsenilbenzoĭnykh kislot i ikh issledovanie metodami IK spektroskopii, mass-spektrometrii i potentsiometricheskogo titrovaniya. Universum: Химия и биология, Moskva, 2018, №11(53), 51–58.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Abdulloev O.Sh., Otahonov Q.Q., Asqarov I.R. Ferrotsen va m-aminobenzoy kislota orasidagi diazotirlash reaktsiyasi mexanizmini kvant-kimyoviy hisoblash vositasida o‘rganish. O‘zbekiston kimyo jurnali, 2018, №6.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev Sh.H., Abdulloev O.Sh. Mono va dialmashingan m-ferrotsenilbenzoĭ kislotalar sintezi, spektral tadqiqotlar hamda kvant-kimyoviy tahlili. ADU ilmiy habarlar. Kimyo tadqiqotlari, Andijon, 2019, №1, 31–38. URL: http://ajchemical.uz
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev Sh.H., Abdulloev O.Sh. Bis-1-(3-karboksifenil)-1`-(4-oksifenil)-ferrotsenning tuzilishi va olinishi kvant-kimyoviy metod yordamida o‘rganilishi. Ilmiy habarlar. Seriya: Kimyo tadqiqotlari, Andijon, 2020, №3(47), 93–101.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Xojimatov M.M. Ferrotsen hosilalari sintezi va ularning amaliy ahamiyati. Ilmiy habarlar. Seriya: Kimyo tadqiqotlari, Andijon, 2020, №3(47), 83–92.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev Sh.H., Abdulloev O.Sh. Diazotization of p- and m-ferrocenylbenzoic acids with p-aminophenol and study of the effect of solutions on product yield. Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences, 2020, Vol. 1, Issue 3.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev Sh.H., Abdulloev O.Sh., Xojimatov M.M. Oksi va karboksifenil o‘rinbosarlari tutgan ferrotsen hosilalarining biostimulyatorlik xossasini o‘rganish. NamDU ilmiy axborotnomasi, 2020, №10, 40–48.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev M.N. Composition of the “Astosh” food supplement used in the treatment of Hepatitis B. Journal of Biomedicine and Practice, 2021, Vol. 6, Issue 4, 144–150.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev M.N. Gepatit B kasalligini davolashda qo‘llaniladigan “Hepsera” sintetik dori vositasining zararli xususiyatlari. Xalq tabobati plyus, O‘zbekiston, 2021, №2(7), 47–48.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev M.N. Gepatit B kasalligini davolashda qo‘llaniladigan “Lamivudin” sintetik dori vositasining zararli xususiyatlari. Xalq tabobati plyus, O‘zbekiston, 2021, №3(8), 14–16.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev M.N. Gepatit “V” kasalligini davolashda qo‘llaniladigan “Dolutegravir” sintetik dori vositasining kimyoviy tarkibi. Xalq tabobati plyus, O‘zbekiston, 2021, №3(8), 44–45.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev M.N. Gepatit V kasalligini davolashda qo‘llaniladigan “Mirklyudeks V” sintetik dori vositasining zararli xususiyatlari. Xalq tabobati plyus, O‘zbekiston, 2021, №3(8), 27–28.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev M.N. Xalq tabobatida vodorod peroksiddan oqilona foydalanish. Xalq tabobati plyus, O‘zbekiston, 2021, №2(7), 24–26.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev M.N. Some medicinal compounds obtained from kovrak (Ferula) plant waste. FarDU ilmiy habarlar, Farg‘ona, 2021, №4, 58–66.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Asqarov I.R., Abdullaev M.N. Gepatit S kasalligini davolashda qo‘llaniladigan “Fosfogliv” sintetik dori vositasining kimyoviy tarkibi. Xalq tabobati plyus, O‘zbekiston, 2021, №4(9), 38–39.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li, Boqiev M.M., Asqarov I.R., Nizomov B.X. Yerqalampirning xalq tabobatida qo‘llanilishi. Xalq tabobati plyus, O‘zbekiston, 2021, №4(9), 11–14.
  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li. Qovunning shifobaxsh xususiyatlari. Xalq tabobati plyus, O‘zbekiston, 2021, №4(9), 27–28.