Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Abdug'afforov Farxod Sultonaxmadovich
UniversitetAbdug'afforov Farxod Sultonaxmadovich
Emblem background

Abdug'afforov Farxod Sultonaxmadovich

Dotsent

Telefon:

+998 93 787 43 34

Email:

farhodabdugaffarov@adu.uz

Abdug'afforov Farxod Sultonaxmadovich

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT

  • Andijon davlat universitetini 2003 yilda Analitik kimyo mutaxassisligi bo’yicha magistratura yo’nalishini tamomlagan. 2019-2020 yillarda Andijon davlat universitetida Tovarlar kimyosi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorant sifatida faoliyat olib borgan. 2020 yil 30 dekabrda Farg’ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.K.05.01 raqamli ilmiy kengashda “Amigdalin va o-,m, p-ferrotsenilbenzoy kislotalari ayrim hosilalari sintezi hamda ularni sinflash” mavzusida 02.00.09 – Tovarlar kimyosi ixtisosligi bo’yicha himoya qilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi xuzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 2024 yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. “Noorganik kimyodan laboratoriya mashg’ulotlari”-o’quv qo’llanmasi va “Amigdalin va o-,m, p-ferrotsenilbenzoy kislotalari ayrim hosilalari sintezi hamda ularni sinflash” nomli monografiyasi muallifi. Falsafa doktori dissertatsiyasi “Amigdalin va о-, м- , p-Ferrosenilbenzoy kislotalari ayrim hosilalari sintezi hamda ularni sinflash mavzusida bo’lib tadqiqot ishi doirasida Amigdalin va ferrotsenilbenzoiy kislotasi asosida yangi birikmalar sintez qilingan. Ushbu birikmalarning tuzilishi zamonaviy fizik kimyoviy metodlar asosida o’rganilgan. Amigdalin va ferrotsenilbenzoiy kislotalari asosida olingan g‘o‘za chigitini unuvchanligini hamda hosildorligini oshiruvchi “AsXA-1” biostimulyatori yaratilgan. Tadqiqot doirasida tarkibida amigdalin va ferrotsenilbenzoiy kislotalari hosilalari tutgan biostimulyator xossasiga ega bo‘lgan birikmalar kimyoviy tarkibi asosida sinflangan hamda ularga TIF TN asosida tegishli kod raqamlari tavsiya etilgan. Tadqiqot yuzasidan 19 ta ilmiy ish chop etilgan. Bugungi kunda Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi sifatida “Ayrim buyrak kasalliklarini davolash uchun shifobaxsh tovarlar olish va ularni sinflash” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bormoqdaman. Mavzu yuzasidan OAK tasarufidagi 3 ta xalqaro va 8 ta mahalliy jurnallarda maqolalar etildi. Xalqaro va Respublika konferensiyalarda 13 ta tezis e’lon qilindi. Bugungi kungacha 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilingan. Shuningdek, 1 ta o’quv qo’llanma va 1 ta monografiya nashr qilingan.

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • Asqarov I.R., Abdugapparov F.S., Xojimatov M.M. Chemical composition of stone-forming salts in the urinary tract and the importance of their treatment in folk medicine. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 2022, Vol. 12, Issue 6, pp. 312–315.
  • Asqarov I.R., Abdugapparov F.S., Lutfullin K.K. Determination of some biologically active compounds in corn silk (Zea mays L.). American Journal of Biomedical Science & Pharmaceutical Innovation, 2024, Vol. 4, Issue 10, pp. 36–44.
  • Abdugapparov F.S. Identification of flavonoids and phenolic compounds in Equisetum arvense L. using HPLC. Universum: Chemistry and Biology, 2025, No. 6 (132), Part 2, pp. 11–14.
  • Askarov I.R., Abdugapparov F.S., To‘xtasinova N.Sh. Analysis of vitamin content in Polygonum aviculare L. growing in Uzbekistan. Universum: Chemistry and Biology, 2025, No. 7 (133), Part 1, pp. 55–60.
  • Asqarov I.R., Abdugapparov F.S., Xojimatov M.M. Buyrak kasalliklarini davolashda qo‘llaniluvchi ayrim kimyoviy preparatlar va ularning organizmga ta’siri. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2022, Vol. 1, Issue 3, pp. 250–262.
  • Asqarov I.R., Abdugapparov F.S., Komilova H.B. Buyrak kasalliklarida ishlatiladigan ayrim sintetik dorilar va ularning kimyoviy tarkibi. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2024, Vol. 3, Issue 1, pp. 237–251.
  • Asqarov I.R., Abdugapparov F.S. Polygonum aviculare L. o‘simligi tarkibidagi ayrim flavonoidlarni aniqlash va uning shifobaxshlik xususiyatlari. Journal of Chemistry of Goods and Traditional Medicine, 2025, Vol. 4, Issue 1, pp. 151–172.