Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Kimyo kafedrasi

Kafedra haqida

Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi universitet tarkibidagi ilk kafedralardan biri bo‘lib, 1963-yilda Andijon davlat pedagogika universiteti negizida tashkil etilgan. 1963-1971-yillarda kimyo fanlari nomzodi G‘ulomnabi Hakimov Andijon davlat pedagogika institutida kimyo kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 1971-1981-yilgacha Kimyo kafedrasini dotsent M.Mamadaliyev boshqardi. Shu yillarda kafedrada kimyo laboratoriyalari tashkil etildi, buning uchun alohida bino ajratildi. Kafedra tashkil etilgandan keyin fakultet bitiruvchilaridan 15 nafari kimyo fanlari nomzodi bo‘ldi. K.f.n., dotsent M.Qodirov, k.f.n., dotsent O‘.Obidov, kimyo fanlari doktori, professor I.R.Asqarov, kimyo fanlari doktori, professor N.Madixonov, kimyo fanlari doktori I.A.Abdug‘ofurov, kimyo fanlari nomzodlari, dotsentlar T.Y.Nasriddinov, E. Mirzaboyev, T.Inoqov, kimyo fanlari nomzodi A.G‘.G‘ofurov, texnika fanlari nomzodi H.Isoqov, kimyo fanlari nomzodi O.Muzaff arovlar shular jumlasidandir. Ular viloyatimizning turli oliy o‘quv yurtlarida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 1981-1987-yillar davomida kafedraga k.f.n., dotsent Q.K.Haydarov rahbarlik qildi. 1987-yildan kimyo kafedrasiga iqtidorli olim, kimyo fanlari doktori, professor I.R.Asqarov rahbarlik qila boshladi. U mehnat faoliyatini kafedrani ta’mirlash va qayta jihozlashdan boshladi. Ilmiy laboratoriya tashkil etdi. Preparatlar tayyorlash va o‘qituvchilar kabinetini tashkil qildirdi. U hamma kimyo laboratoriyalarini kerakli materiallar bilan ta’minlashga boshchilik qildi. Kabinet va koridorlarni jihozlashda aktiv qatnashdi. Ochiq ma’ruzalar, ma’ruza matnini muhokama qilish, maslahat metodini tashkil etdi, kimyodan diplom ishlarini bajarish va himoya qilishni yo‘lga qo‘ydi. Kafedraning shahar va viloyat maktablari bilan aloqalarini yaxshilashda alohida xizmatlari bor. VO‘MOI bilan aloqalari yanada yaxshilandi. Uning boshchiligida ferrotsen kimyosiga oid katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1992-yilga kelib institutimizga Universitet maqomi berilgach, Kimyo fakulteti tashkil qilindi. Kimyo kafedrasi asosida ikkita yangi kafedra “umumiy va organik kimyo” va “fi zik va analitik kimyo” kafedralari tashkil etildi. “Umumiy va organik kimyo” kafedrasini professor I.R.Asqarov, “Fizik va analitik kimyo” kafedrasini esa dotsent T.Y.Nasriddinov boshqardi. 1992-1996-yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent T.Y.Nasriddinov “Fizik va analitik kimyo” kafedrasining mudiri sifatida kafedra o‘qituvchilarining ilmiy ish faoliyatida, talabalarning bilim olishida Otaxonov Qobiljon Qaxramonovich (Kimyo kafedrasi mudiri) KIMYO KAFEDRASI 76 yuzaga kelgan qator muammolarni yechib, kafedrani universitetning ko‘zga ko‘ringan kafedralaridan bo‘lishida o‘zining munosib hissalarini qo‘shgan olimlardan biridir. T.Nasriddinov organik kimyo sohasida juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, bu sohada yechilmagan ko‘p muammolarning bartaraf etilishi yo‘lida samarali ishlar olib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021-yil 30-oktabrdagi 510-sonli qarori bilan Andijon davlat universiteti huzurida kimyo fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/29.2021.K.60.05 raqamli ilmiy kengash tuzildi. Hozirgi kunda ilmiy kengashda 02.00.09 - “Tovarlar kimyosi” (kimyo fanlari) va 14.00.41 - “Xalq tabobati” (kimyo fanlari) ixtisosliklaridan himoyalar o‘tkazilmoqda. Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi Respublikada tanilgan kafedralardan biri bo‘lib, kafedra tarkibida bugungi kunda 32 nafar professor o‘qituvchi va 4 nafar laborantlar faoliyat olib boradi. Kimyo kafedrasining ilmiy salohiyati yuqori darajada bo‘lib, kafedrada 10 nafar fan doktori, 14 nafar falsafa doktorlari ( PhD) , katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar mashg‘ulotlar olib bormoqdalar. Keyinchalik turli yillarda ushbu kafedrani k.f.n., dotsent M.Mamadaliyev, k.f.n., dotsent M.J.Xojimatov, k.f.n., dotsent Sh.Ya. Isroilov, k.f.n., dotsent I.A.Abdugafurov, k.f.n., dotsent Sh.X.Abdullayev, k.f.d., professor I.R.Asqarov, k.f.n., dotsent Yu.T. Isayevlar boshqarib kelganlar. Hozirda kimyo kafedrasi mudiri sifatida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Q.Q.Otaxonov faoliyat olib bormoqda

 
BAKALAVR   BAKALAVR
1-KURS 1-SEMESTR Oliy matematika   2-KURS 1-SEMESTR Umumiy pedagogika
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi Kompleks birikmalar kimyosi
Kimyo tarixi Kimyoda kompyuter modellashtirish
Umumiy psixologiya Analitik kimyo
Umumiy fizika Fizikaviy kimyo
Noorganik kimyo Modda tuzilishi 
2-SEMESTR Oliy matematika 2-SEMESTR Dinshunoslik
Falsafa Umumiy pedagogika
Oʻzbek (rus) tili Fizikaviy tadqiqot usullari
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati Analitik kimyo
Umumiy fizika Fizikaviy kimyo
Noorganik kimyo Tovarlar kimyosi
Malakaviy amaliyot Malakaviy amaliyot
BAKALAVR BAKALAVR
3-KURS 1-SEMESTR Umumiy psixologiya 4-KURS 1-SEMESTR Bioorganik kimyo 
Organik kimyo Kimyoviy texnologiya 
Bioorganik kimyo Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi
Tabiiy birikmalar kimyosi   Kimyo oʻqitish metodikasi 
Kimyoda kompyuter modellashtirish 
Xalq tabobati  Kimyoviy kinetika va kataliz  
Elementoorganik birikmalar kimyosi       
2-SEMESTR Umumiy pedagogika 2-SEMESTR Malakaviy amaliyot
Organik kimyo
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi
Fizik-kimyoviy analiz usullari
Biologik jarayonlarning kimyoviy asoslari
Malakaviy amaliyot

 

MAGISTR   MAGISTR
1-KURS 1-SEMESTR Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 2-KURS 1-SEMESTR Bioorganik kimyo
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi Kristallar kimyosi
Kimyoning zamonaviy muammolari O'g'itlar kimyosi 
Tadqiqotning zamonaviy fizik kimyoviy usullari Organik sintez 
Ilmiy-pedagogik ish va malaka ishi Ilmiy-pedagogik ish va malaka ishi
Ilmiy-tadqiqod ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish Ilmiy-tadqiqod ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish
2-SEMESTR Kimyoda zamonaviy kompyuter modellashtirish usullari  2-SEMESTR Ilmiy-pedagogik ish va malaka ishi
Funksional materiallarning fizik kimyoviy asoslari
O'simlik moddalari kimyosi 
Xalq tabobati Ilmiy-tadqiqod ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish
Ilmiy-pedagogik ish va malaka ishi
Ilmiy-tadqiqod ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish
 
 
 
 
 
 
 

Kafedra tarkibi