Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo'limi

Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo'limi

Bo‘limga tegishli vazifalar ro‘yxati

-  Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga universitetning rahbar va pedagog kadrlarini reja-grafigi hamda Oliy ta‘lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti portal www.bimm.uz da joylashtirilgan  ro‘yxatga asosan belgilangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga to‘liq ishtirok etishlari nazoratga olinadi;
- Qayta tayyorlash va malaka  oshirish kurslariga jalb etilgan pedagog-kadrlarning yillik o’quv yuklamasini to’g’ri rejalashtirilishi shaxsan kafedra mudiri tomonidan nazoratga olinadi;
- Pedagog-kadrlar tomonidan elektron portfolio tizimiga kiritilgan ma‘lumotlarning ishonchliligini ta‘minlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etiladi;
- Uch yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni universitet Kengashining tavsiyasi asosida, masofadan o‘qitish shakllari orqali amalga oshiriladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga jalb etish choralari ko‘riladi;
- Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlar tomonidan egallangan yangi kompetensiyalarni ommalashtirish maqsadida kafedrada ochiq darslar, seminarlar o‘tkazilishini muntazam yo‘lga qo‘yish,  ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etgan, hamda kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishayotgan pedagog kadrlarni rag‘batlantirib boriladi;
- Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yakunida attestatsiyadan o‘tmagan rahbar va pedagog kadrlarni belgilangan tartibda kurslarda takroriy  o‘qishi va attestatsiyada ishtirok etishi ta’minlanadi;
- Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yakunida attestatsiyadan takroran o‘tmagan pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni qonunchilikda belgilangan tartibga qat‘iy amal qilgan xolda rasmiylashtiriladi;
- Bosh ilmiy-metodik markaz portali www.bimm.uz tarkibidagi elektron monitoring tizimidagi ko‘rsatkichlar asosida rahbar va pedagog kadrlarning kurslardagi o‘quv faoliyati va attestatsiya natijalarini har sikl yakunlari bo‘yicha muhokama etib boriladi.