Ilmiy tadbirlar to‘g‘risida
Ilmiy tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025 yilda Xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490-son buyrug‘iga asosan Andijon davlat universitetida 5 ta Xalqaro hamda 1 ta Respublika miqyosida ilmiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.
Hozirgi kungacha 4 ta Xalqaro ilmiy tadbir o‘tkazildi. Bular quyidagilar:
1. “Ko‘p madaniyatli makonda rus tili adabiyotini o‘qitishning an’anaviy va innovatsion jihatlari” – 25-26 aprel
2. “Filologiyaning dolzarb muammolari” - 15-16 may kunlari
3. “Zamonaviy biologiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari” – 6-7 iyun
4. “Tovarlar kimyosi hamda Xalq tabobati muammolari va istiqbollari” – 11-12 sentyabr.
Ushbu tadbirlar to‘plamlarida 800 dan ziyod tezislar nashr etildi.
Nashrlar haqida
Joriy yilda Tahririy–nashriyot bo‘limi tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 47 ta darslik, 180 ta o‘quv qo‘llanma, 14 ta uslubiy qo‘llanma va 1 ta lug‘at hamda 62 ta monografiya tahrir qilindi. Bulardan 9 ta darslik va 21 ta o‘quv qo‘llanmaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining ruxsatnomalari olindi.
Bo‘lim tomonidan 23 nomdagi o‘quv adabiyotlari nashr qilindi.
