
Dumarov Mashxurbek Hasanovich
Kafedra mudiri
Telefon:
998 93429-04-03
Email:
mashxurbek_dumarov@adu.uz


Kafedra mudiri
Telefon:
998 93429-04-03
Email:
mashxurbek_dumarov@adu.uz

Ushbu kafedra o‘zining boy va sharafli tarixiga ega. 1930 yillardayoq institut qoshida mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi pedagogik fanlar sektsiyasi sifatida ish boshlagan. Urush yillari pedagogika va psixologiya fanlari o‘qituvchilari tabiatshunoslik kafedrasida ishlashgan. Pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha dastlabki o‘qituvchilar Аrdashirov А.F, Nikitin. N.D, Makayev V lar edi. 1944-45 o‘quv yilida institut sirtqi tayyorlov bo‘limlarini ochilish hisobiga Pedagogika va psixologiya kafedrasi mustaqil o‘quv bo‘limi tarkibida tashkil topdi. Nikitin. N. D. o‘sha vaqtdagi kafedra mudiri sifatida ishlagan. 1946 yildan –1961 yilgacha kafedrani Аrdashirov А.F., 1961-1963 yillar ichida kafedraga Kaziyev R.M. va Shelkunov M.V. lar rahbarlik qildilar. Turli yillarda kafedrani pedagogika fanlari nomzodi dotsent, Nishonboyev T (1963-1969yy), (1974-1977 yy), Vaxobjonov B (1969-1974yy), (1978-1983yy), Kamoldinov M. (1987-1988yy). Pedagogika fanlari doktori, professor Xasanov T.X. (1987-1998yy). Pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar Turg‘unboyev K (1998-1999yy), Teshaboyev А (1999y. mart-2002 y. aprel). 2003 yilda psixologiya kafedrasi mustaqil kafedra sifatida shakllangach unga dotsent Voxobjonov B rahbarlik qildi. 2005 -2006 yillari kafedraga dotsent Turg‘unboyev K rahbarlik qilgan. 2007 -2009 yillarda kafedrani psixologiya fanlari nomzodi dotsent M.T.Qo‘chqorov rahbarlik qildi. 2010-1018 yillarda kafedrani psixologiya fanlari nomzodi dotsent M.V.Xalimova boshkarib keldi. 2018 yildan 2025 yilgacha kafedraga G.R.Tojiboyeva rahbarlik qildi. 2025 yildan kafedraga “Psixologiya va pedagogika” nomi berilib, Kafedra mudiri sifatida p.f.b.f.d. dotsent M.Dumarov faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda kafedra tarkibida 5 nafar fan doktori va professor, 18 nafar dotsentlar, 15 nafar katta o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.


































