Andijon Davlat
Universiteti
SAN’ATNING NOZIK TORLARINI CHERTIB…
2019-04-01    3669

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish maqsadida universitetimizda ishlab chiqilgan yo’l xaritasiga asosan ko’plab tadbirlar, uchrashuvlar, tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste'dodni namoyon etish maqsadida Pedagogika fakultetida Musiqa ta’limi yo’nalishi 1-bosqich talabasi, xushovoz xonanda Omadbek Karimovning jonli ijrodagi yakkaxon konsertiga tayyorgarligi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Bunga ko'ra, gitara, pianino, mikrofon va ovoz sozlamarlarida iqtidorli, iste'dodli talabalar tinimsiz o'z ustida ishlamoqdalar va bu orqali katta sahnalarni zabt etishni maqsad qilganlar. Konsertga tayyorlanish uchun albatta o'ziga xos g'oya, alohida iste'dod kerak. Buni esa Omadbek Karimovning konsertida sirli mehmon, turli xil cholg'u asboblar, o'ziga hos yo'nalishidagi kuy-qo'shiqlar borligi va iste'dodni namoyon etishini ko'rishimiz mumkin.

Bunday qobiliyat egalarini buyuk kelajak, nafaqat Pedagogika fakulteti, Andijon davlat universiteti sahnalarida balki  xalqaro katta sahnalarni zab etishadi.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tamiz, joriy yilning 3-aprel kuni universitet katta Majlislar zalida Musiqa ta’limi yo’nalishi 1-bosqich talabasi, xushovoz xonanda Omadbek Karimov o’zining jonli ijrodagi birinchi yakkaxon konsertini o’tkazadi. Barcha san’at shaydolarini va jonli ijro shinavandalarini konsertga taklif etamiz.  

 

Yuldasheva Hilola
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.