Joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida Erasmus+ dasturi ECAMPUZ loyihasi doirasida “FOLLOW-UP MEETINGS WITH CAMP 2 PARTICIPANTS” (CAMP-2 ishtirokchilari bilan keyingi uchrashuvlar) o‘tkazildi.
Unda Andijon davlat universitetidan Ispaniyaning Ekstramadura universitetida CAMP-2 ikki haftalik treningda qatnashgan besh nafar talabalar ishtirok etdi.
Ushbu yig‘ilishda Yevropa Ittifoqidan professorlar Jorge Ruiz-Carrascal (Ekstremadura universiteti, Ispaniya), Josue Delgado Peron (Ekstremadura universiteti, Ispaniya), Bekzod Khakimov (Kopengagen universiteti, Daniya) va Tomasz Pawel Czaja (Kopengagen universiteti, Daniya) ishtirok etdilar. Ular CAMP-2 treningning asosiy jihatlari va asosiy o'rganilgan ma’lumotlar to’grisida qisqacha xulosa berdilar hamda oziq-ovqat xavfsizligi va mikrobiologiyasidagi muhim tushunchalarda to‘xtalib o‘tdilar.
Shu bilan birga davra suhbati tashkil qilinib, har bir CAMP-2 trening ishtirokchilari bilan duch kelgan muammolar muhokama qilindi va shaxsiy mulohazalar eshitildi. CAMP-2 treningidan olingan bilimlarni yoyish masalasi va kelgusida ishtirokchilarning rejalari ko‘rib chiqildi. Yevropa Ittifoqidan tashrif buyurgan olimlar O‘zbekistonda oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarining fikr mulohazalarini berdilar.
Yig‘ilish ishtirokchilari “INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT” ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdilar. U yerda “PEPSI” va “LIPTON” brendi ostidagi ichimliklarni qanday tayyorlanishi bilan tanishdilar.
Tadbir yakunida CAMP-2 treningi bo‘yicha eng yaxshi videotanlov g'oliblari e'lon qilindi. Unda 5ta OTM ichida Andijon davlat universiteti talabalari mutloq g'olib deb topildi va ular esdalik sovgʻalari va sertifikat bilan taqdirlandilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI