Andijon Davlat
Universiteti
Rasmiy munosabat
2024-08-27    80

Joriy yilning 27-avgust kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Andijon davlat universiteti Rossiya Federatsiyasining Tomsk davlat universiteti, Mordoviya davlat universiteti hamda Belarus Respublikasining Polotsk davlat universitetlari bilan 2019- yilda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida taxsil olgan 44 nafar bitiruvchi talabalar 2024-yilda muvaffaqiyatli tamomlamoqdalar.

Xozirda ushbu bitiruvchilarga diplom blankalarini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga xat yuborilgan. Markazdan diplom blankalari olib kelingandan so‘ng, diplomlar nashrdan chiqarilib, tez fursatda bitiruvchilarga tarqatiladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.