Andijon Davlat
Universiteti
Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbat jarayonlari boshlandi
2024-08-20    327

Bugun, 20-avgust kuni Andijon davlat universitetida belgilangan grafik asosida ikkinchi va keyingi oliy ta'limning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun o'qishga qabul qilish bo'yicha suhbat imtihonlari o'tkazildi.

Dastlab, universitet faollar zalida oliygoh rektori B.Akbaraliyev talabgorlar ishtirokida ochiq muloqot o'tkazdi. Muloqotda rektor odob-axloq kodeksi, ichki tartib-qoidalari, shuningdek, kontrakt miqdori va o'qish jarayonlari bo'yicha ma'lumotlar berdi.

Shundan so'ng, yo'nalish mutaxassislari talabgorlar bilan suhbat olib bordi. Sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar fakultet faoliyati bilan tanishtirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.