Andijon viloyati hokimining tashabbusi bilan joriy yilning 13-may kuni Andijon viloyatidagi OTM rektorlari Andijon tumanida joylashgan 27-umumta'lim maktabida bo'lib, Bo'taqara MFYda joylashgan 4 ta umumta'lim maktablari bitiruvchilari bilan uchrashdilar. Bu yil ushbu hududda umumiy 200 nafar (25-maktabda 72 nafar, 27-maktabni 52 nafar, 28-maktabni 50 nafar, 29-maktabni esa 25 nafar) bitiruvchi OTM o'qishga topshiradi.
Bitiruvchilarni oliy ta'limga kengroq qamrab olish maqsadida o'tkazilgan ushbu suhbatda viloyatda mavjud barcha OTM rektorlari ishtirok etdi. OTM rektorlari o'quvchilarga oliygohlardagi mavjud sharoitlar, ta'lim yo'nalishlari, yutuq va imtiyozlar haqida so'zlab berdilar.
Uchrashuv davomida barcha bitiruvchilarni oliygohlarda o'tkaziladigan "Ochiq eshiklar kuni"ga taklif etdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI