Andijon Davlat
Universiteti
Talabalar o'rtasida "Sharq tafakkuri" mavzusida zakovat o'yini o'tkazildi
2024-05-11    365

Bugun, 11-may kuni Andijon davlat universiteti Tarix fakultetida O'zbekiston tarixi kafedrasi o'qituvchisi M.Radjapova tashabbusi bilan arxivshunoslik yo'nalishi talabalari o'rtasida sharq allomalarining ilmiy merosi fani kesimida "Sharq tafakkuri olami" mavzusida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs va munozalarga boy bo'lgan mazkur turnirda fakultet yoshlaridan iborat jami 5 ta jamoa ishtirok etib, o'yin so'nggida quyidagi natijalar belgilandi:

Tanlov g'olibi 201-guruhning "Buxoriy izdoshlari" jamoasi;
"Eng bilimdon" nominatsiya bo'yicha 203-guruhning "Ifron" jamoasi;
"Eng zukko" nominatsiya bo'yicha 306-guruhning "Ilm nuri" jamoasi;
"Eng faol" nominatsiya bo'yicha 204-guruhning "Ansorlar" jamoasi;
"Eng tashabbuskor" nominatsiya bo'yicha 202-guruhning "Sharq yulduzlari" jamoasi egalladi.

Turnir g'oliblari universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.