Andijon Davlat
Universiteti
Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi
2024-02-10    557

“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–8-son, 09.01.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan 8 turdagi hisobot va statistik maʼlumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxati tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
2027-yil 1-yanvardan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;
2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.

Batafsil: https://lex.uz/docs/6749914

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.