Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev maktab va oliy ta'lim muassasasi hamkorligini rivojlantirish, ular o'rtasida integratsiyani yanada mustahkamlash maqsadida bugun, 7-fevral kuni Xonobod shahridagi 3-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.
Dastlab, universitet rektori maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, bitiruvchi sinf o'quvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ularning muammo va takliflarini tinglab, o'quvchi-yoshlarni o'zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo'naltirish bo'yicha kerakli tavsiya va ko'rsatmalarni berdi.
Tashrif doirasida rektor maktabda faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar jamoasi bilan ham uchrashdi, ta'lim dargohidagi mavjud muammolar va ularning sabablarini bugungi kun talablari asosida chuqur o'rganib, bartaraf etish yo'llari muhokama qilindi hamda hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va rivojlanish bo'yicha kelishib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI