Bugun, 4-sentabr kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Madhiya sadolaridan so‘ng universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev barchani Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi hamda yangi 2023/2024-o’quv yili boshlanganligi munosabati bilan samimiy qutladi.
Shundan so'ng, oliygoh ustozlari hamda birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarining ota-onalari so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini ta'kidlab, o'qishi davomida o'z sohasining ilg'or mutaxassislari bo'lishlarini tiladi.
Tadbir davomida rektor mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan mehnat faoliyati davomida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona vatanga muhabbat va sadoqat bilan tarbiyalash, yoshlarga ilm berish yo'lidagi ko'p yillik samarali mehnatlari uchun 8 nafar professor-o'qituvchilarga viloyat hokimligining faxriy yorlig'ini tantanali topshirdi.
Tadbir ko’tarinki kayfiyatda, yorqin lahzalarga boy bo’ldi va talabalar xush kayfiyatda “Mustaqillik dars”lariga yo’l olishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI