Andijon Davlat
Universiteti
QUYOSH PANELLARI BO'YICHA ITALIYALIK MUTAXASSISLAR ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA
2023-02-14    565

Ayni kunlarda viloyatimizda ham energiya tejamkorligiga erishish maqsadida quyosh panellaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Andijon davlat universiteti professori Aliyev Raimjon hamda o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov ta'lim muassasamizda quyosh panellarini oʻrnatishda malakali kadrlarni tayyorlash tizimi boʻyicha Italiya Respublikasining “POLATO RD” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.

 

Ikki tomonlama muzokaralar davomida, universitetda muqobil energiya, jumladan, quyosh panellarini oʻrnatishda malakali mutaxassislarni jalb qilish va amaliy yordam koʻsratish va istiqbolli rejalar boʻyicha fikr almashildi.

 

Mazkur uchrashuvda Italiya kompaniyasi tomonidan Andijon viloyatida quyosh panellarini oʻrnatish va ularga servis xizmat koʻrsatish boʻyicha malakali mutaxassilar tayyorlash hamda ularni Italiyada malakasini oshirish, shuningdek, Italiyalik mutaxassislarni universitetga tashrifini tashkil qilib, amaliy seminarlar oʻtkazishga kelishib olindi.

 

Uchrashuv so'nggida tashrif buyurgan mutaxassis ishtirokida Andijon davlat universitetida quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha oʻquv kurslarida taʼlim olayotgan tinglovchilar hamda professorlar bilan uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirib olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.