Andijon Davlat
Universiteti
ZUKKO KITOBXONLAR BIR DAVRADA JAM BO'LDILAR
2022-03-16    791

Bugun, 16-mart kuni Andijon davlat universiteti Axborot-resurs markazida "Zukko kitobxon" klubi tomonidan kitobxonlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda turli fakultetlar talabalari ishtirok etdilar.


Kitobxonlar Tohir Malikning "Alvido, bolalik" asari yuzasidan oʻzlarining taassurotlarini baham koʻrdilar.
Kitobxonlar asarni oʻqish davomida duch kelgan savollariga bir-birlaridan javob oldilar.


Kitobxonlik uchrashuvida faol ishtirok etgan talabalar universotetimiz oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Rustamjon Mullajonov tomonidan sovgʻaga taqdim etilgan kitoblarga ega boʻldilar.


Uchrashuv soʻngida keyingi uchrashuvda muhokama qilish uchun Chingiz Aytmatovning "Birinchi muallim" va Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asarlari tanlab olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.