Andijon Davlat
Universiteti
IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
2022-02-15    11888

Andijon davlat universitetining rivojlanish strategiyasida xalqaro hamkorlik ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Andijon davlat universiteti Markaziy Osiyo, Amerika va Yevropaning yetakchi xorijiy universitetlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

2022-yilning 10-fevral kuni Andijon davlat universiteti rahbariyati bilan Qozon (Volgabo‘yi) Federal universiteti Filologiya va madaniyatlararo aloqa instituti direktori va vakillari o‘rtasida masofaviy uchrashuv tashkil etildi. Bu uchrashuvda tashkilotning kelgusidagi rejalari ham muhokama qilindi. Muhokamaga ko'ra Qo'shma ikki diplom dasturini ishlab chiqish  kelishib olindi.

Tomonlar, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarning kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarida malaka oshirish va amaliyot o‘tashlari, tegishli ma’ruzalar o‘qish uchun o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik qilish zarurligini ta’kidlandi. Madaniyatlararo aloqalar sohasidagi loyihalar, qoʻshma ilmiy-taʼlim markazlarini tashkil etish, fan va madaniyat ilmiy va ijtimoiy dasturlar boʻyicha talabalar almashinuvi sohadagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga kuchli turtki boʻlmoqda.

Ma’lumot o’rnida, Qozon Federal universiteti dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, u yerda 29 ta xorijiy mamlakatdan 1400 dan ortiq talaba tahsil oladi. Andijon davlat universitetining ana shunday oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining xorijda ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib bermoqda

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.