Andijon Davlat
Universiteti
IJTIMOIY TARMOQLARDA E'LON QILINGAN MUROJAATLARGA RASMIY MUNOSABAT
2021-12-04    1040

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universitetining Tarix fakulteti binosining toʻrtinchi qavatidan homilador ayol tushib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Universitet maʼmuriyati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Haqiqatda bugun soat 14:00 atrofida Andijon davlat universiteti 1000 oʻrinli binosi 4 qavatidan ayol kishi ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Holat quyidagicha sodir boʻlgan. Bugun, 4-dekabr kuni ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari ota-onalari uchun majlis oʻtkazilgan. Majlis universitetning 1000 oʻrinli binosi 4-qavatida joylashgan kichik majlislar zalida boʻlib oʻtgan. Unda ishtirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yigʻilish boʻlayotgan vaqtda telefon boʻlib qolgani sababli yigʻilishdan chiqib, telefonda suhbatlashgan.

Ayni vaqtda shu qavatda binoning zinalarini yangi, baquvvatrogʻiga alishtirish uchun eskisi olib tashlanib, yangisini oʻrnatilish ishlari amalga oshirilayotgan boʻlgan.

Ayol telefonda suhbatlashish jarayonida qurilish boʻlayotgan hududni anglatuvchi belgi va toʻsuvchi tasmalarga ahamiyat bermasdan zinapoya tomonga yurgan va eʼtiborsizlik oqibatida tushib ketgan. Bunda qurilish-ta'mirlash ishlar olib borilayotgan hudud to‘liq berkitib qo‘yilmaganligi, to‘siq lentalariga esa e'tibor bermasligi ham sabab bo‘lgan.

Hodisa yuz bergan vaqtning oʻzidayoq universitetning masʼul xodimlari tomonidan shoshilinch tez yordam chaqirilib, fuqaro respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga universitet maʼmuriyati vakillari hamrohligida olib borilgan va birinchi yordam koʻrsatilgan. Ma'lumot uchun, ayol homilador bo‘lmagan.

Vaziyat boʻyicha qoʻshimcha axborot berib boramiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.