9-dekabr "Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan joriy yilning 25-noyabr kuni Andijon davlat universitetida "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishda barchamiz mas'ulmiz"mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Suhbatda viloyat prokuraturasining uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi alohida tergov ishlari bo‘yicha tergovchisi Boburjon Bakirov, viloyat tashkiliy boshqarma yuridik ta'minlash bo'limi katta yuristkonsulti mayor Qodirjon No‘monov, Andijon shahar G‘ishtli masjid imom xatibi Botirjon Tojiboyev, universitetimizning Yoshlar masalalari va ma'naviyat-ma‘rifat ishlari bo‘yicha prorektor A'zamjon Hamraqulovlar va universiteti tyutorlari ishtirok etdilar.
Ushbu uchrashuvda yoshlar tarbiyasiga e'tiborli bo'lish ularning ta'lim jarayonida bo'layotgan noqonuniy holatlarga barham berish, kabi masalalar o'rtaga qo'yildi va qizg'in muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar o‘z kasblaridan kelib chiqib korrupsiya va unga qarshi chora tadbirlar haqida tinglovchilarga tushunchalar berib o‘tdi.
Davra suhbati so'nggida esa tyutorlar o'zlari uchun kerakli bo‘lgan savollarga mutasaddilar tomonidan namunali javoblar olishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI