Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABALARI XALQARO TANLOV LAUREATI
2021-05-29    724

Bugun 29-may kuni Toshkent shahrida Fransiya elchixonasi tomonidan uyushtirilgan Frankofoniya teatr va qo‘shiq festivalining taqdirlash marosimi onlayn tarzida bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi unda Andijon davlat universiteti chet tillari fakulteti fransuz tili va adabiyoti yo‘nalishi 101-guruh talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasiga sazovor bo‘lidilar.

 

Marosim yakunida elchixona va Alliance Française markazi vakillari Sofi Gint, Ulug'bek Mansurovlar tomonidan guruhni festivalga tayyorlagan ustozlar G.Mamasoliyeva va A.Normatovlarga tashakkur bildirildi.

Shu o‘rinda universitetimiz jamoasi nomidan savrindorlarimizni samimiy qutlaymiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.