Andijon Davlat
Universiteti
YANGI YILGA YANGI ZAFARLAR BILAN
2018-01-11    6906

Istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar va yaratib berilayotgan imkoniyatlar yurtdoshlarimizning Vatan ravnaqiga, uning porloq istiqboliga ishonchini yanada mustahkamlab, ularni buyuk bunyodkorlikning yangidan-yangi marralari sari ruhlantirmoqda. Bundan qalbu-vujudi quvonch va shodlikka limmo-lim to‘lgan hamyurtlarimiz el-yurt rivoji yo‘lida g‘ayrat bilan mehnat qilayotir. Buni ilm sohasida ko‘rish mumkin.

Imkoniyatlardan foydalanib, ilmning mashaqqatli yo‘llarida shahdam qadamlar bilan odimlayotgan jamoamizning 2 nafar a’zosi – ADU dotsentlari Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich hamda Komilov Oybek Komilovich 2017-yilning oxirida tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun doktorilik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

B.M.Rasulov “O‘zbekistonda kollektivlashtirish jarayonidagi siyosiy qatag‘onlar va surgun qilingan dehqonlar ahvoli” (1929-1959 yy), O.K.Komilov “O‘zbekistonda irrigatsiya tizimi rivoshlanishi va uning oqibatlari” (1959-1990 yy) mavzulari ustida ilmiy ish olib bordi. Bir necha yillik mashaqqatli izlanishlar izsiz ketmadi. Ular ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash huzurida o‘z mavzulari bo‘yicha to‘plangan tadqiqot natijalarini yig‘ilganlar bilan baham ko‘rar ekan, o‘zlarining aniq ma’lumotlarga asoslangan puxta ilmiy mulohazalarini o‘rtaga tashladilar. Doktorlik dissertatsiyasining ilmiy-nazariy muhokamasi yakunida ilmiy ishlar OAK talablari darajasi tayyorlangani va himoya qilingani e’tirof etildi. Izlanuvchilarga tarix fanlari doktori (DC) ilmiy darajasi berildi.

Kirib kelgan 2018-yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida ularning ushbu ulkan yutuqlari bilan qizg‘in muborakbod etamiz. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, el farovonligi yo‘lidagi yaratuvchanlik ishlarida yana yangidan-yangi muvaffaqiyat tilaymiz.

Hurmatli ustozlar! Sizlarni universitet jamoasi nomidan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz! Xonadoningizga tinchlik, ko‘nglingizga xotirjamlik tilaymiz! Sog‘lik-salomatlik, mehr-muhabbat hamisha hamrohingiz bo‘lsin! Doimo el-yurt ardog‘ida, farzandlaringiz va shogirdlaringizga bosh bo‘lib yurish baxti nasib etsin. Ertangi kun egalari bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab, ilm o‘rgatish borasida qilayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo‘lsin!

Elmurod ABDULLAEV
Andijon davlat universiteti ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi xodimi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.