Universiteti
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti o‘z tarixini 1931 yildan boshlaydi. Avval Farg‘ona pedagogika insituti filiali, 1939 yilda o‘qituvchilar instituti, so‘ngra 1953 yildan Andijon davlat pedagogika instituti bo‘lib, Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 1992 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Andijon davlat pedagogika instituti Andijon davlat universitetiga aylantirilgan.
Bugungi kunda filologiya, tabiiy fanlar, tarix, ijtimoiy-iqtisodiyot, fizika-matematika, jismoniy madaniyat, san’atshunoslik, pedagogika, axborot texnologiyalari va kompyuter injineringi kabi 9 ta fakultet, shuningdek, 30 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
Universitetda 47 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida 21 ming 341 dan ortiq, 13 ta magistratura mutaxassisliklarida 292 dan ortiq talaba ta’lim olmoqda.
Universitetning moddiy texnika bazasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Hozirda 5 ta o‘quv binosidagi o‘quv auditoriyalari soni 160 tani tashkil etadi va 6570 nafardan ortiq talabaga mo‘ljallangan. O‘quv-laboratoriya xonalarining umumiy maydoni 45883 kv.metr bo‘lib, bir talabaga to‘g‘ri keladigan foydali maydon 4,5 kv.metrni tashkil etadi.
2 ta axborot-resurs markazi, 15 ta kompyuter xonasi, 954 dona kompyuter, 2532 o‘ringa mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joyi, 910 o‘ringa ega bo‘lgan 4 ta oshxona, 2 ta bufet, 5 ta ochiq va 4 ta yopiq sport maydonlarining barchasi talabalar uchun bo‘lib, ularning yuksak ma’naviyatli, bilimdon, jismonan baquvvat, har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.
Andijon davlat universiteti dunyodagi 50 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ulardan 28 tasi bilan faol hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
2015-2018 yillarda Erasmus+ dasturi orqali 4 ta: 1-574055-EPP-1-2016-IT-EPPKA2-CBHE-JP - RENES “Muqobil energiya manbalari va turg‘un atrof-muhit ixtisosligi bo‘yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyiha qiymati 80,62 AQSh dollari, 2-561857-EPP-1-2015-1-DE-EPPKA2-CBHE-JP – ModeHEd “Universitetlarda salomatlikka oid o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish” loyiha qiymati 46,28 AQSh dollari, 3- 561685-EPP-1-2015-1-CZ-EPPKA2-CBHE-JP – IQAT “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” loyiha qiymati 72,4 AQSh dollari, 4-SUZ800-14-GR-102 – STEM “Ingliz tilini o‘rgatish” loyiha qiymati 46,4 AQSh dollari bo'lgan loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkasi Italiyaning Piza universiteti bilan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib hozirda universitetning 3 nafar tayanch doktorantlari ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha stajirovka o‘tamoqdalar. Erasmus+ dasturi doirasida jami 13 nafar yosh mutaxassislar xorijiy ilmiy stajirovkalarda bo‘ldilar.
Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasdagi faoliyati samarasi natijasida. 2015-2018 yillar mobaynida universitetning ilmiy salohiyatida sezilarli o‘zgarish bo‘ldi, 29 ta doktorlik dissertatsiya himoyalari bo‘ldi. Shulardan 9 ta fan doktori (DSc), 20 ta falsafa doktori (PhD)ini tashkil etdi va ilmiy salohiyat qariyb 3% ga ko‘tarilishiga erishilib, 30,1 % ga yetdi. O‘sish tendensiyasi davom etmoqda. 2018 yilning o‘zida 4 nafar tayanch doktorant va 1 nafar mustaqil izlanuvchining muddatidan avval falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgani universitetning ilmiy yo‘nalishdagi muhim yutug‘idir.
Universitetda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tashkiliy ishlarda Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlar orqali mablag‘larni jalb etishda avvalgi yillarga nisbatan 3 barobar oshirishga, xalqaro grantlarni jalb etishni 3 barobarga, Respublika anjumanlarini o‘tkazishni 2 barobarga, xorijiy ilmiy nashrlarni chop etish 2 barobarga, talabalarni ijodiy ishga jalb etish va nashr qildirish 1,5 barobarga, “Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar” yarmarkasida universitetdan beriladigan ishlanmalar soni 3 barobarga oshirishga erishgan. Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot ishlarini iste’molchi talablariga yo‘naltirish bo‘yicha samarali ishlab, 16 ta falsafa doktori dissertatsiyalari mavzulari shakllantirilgan.
Universitetda 2015 yildan buyon professor-o‘qituvchilar tomonidan 28 ta monografiya nashr etilgan. 2018 yilga kelib xorijiy jurnallardagi nashr etish ko‘rsatkichi va maqolalarga murojaatlar 3 barobarga ko‘paygan. Ayni vaqtda universitetda 4 ta xalqaro grant va boshqa dasturlar orqali orqali 245,7 ming AQSh dollaridagi investitsiya jalb qilingan. Oxirgi 5 yil davomida Andijon davlat universiteti jahonning 15 ta nufuzli universitetlari bilan hamkorlik shartnoma va memorandumlarini imzoladi va ularning umumiy soni 27 taga yetdi.
Universitetda ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan o‘zaro innovatsion korporativ hamkorligini rivojlantirish sohasida qilingan ishlar natijasida viloyat xududidagi va respublikadagi 61 ta ta’lim va ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlari bilan shartnomalar imzolangan va universitetda bajariladigan 138 ta bitiruv malakaviy ishlari, 41 ta magistrlik dissertatsiyalari va 14 doktorlik dissertatsiyalarini hamkor korxonalarning muammolariga yo‘naltirishga erishilgan. Universitet “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” respublika yaramarkasida muntazam ishtirok etib, yarmarkaga taqdim etilgan loyihalar va uning doirasida tuzilgan shartnomalar salmog‘i 2015-2017 yillarda 2012-2014 yillarga nisbatan 2 barobarga ortgan. Shu davrgacha yarmarkaga 30 ta ishlanma taqdim etilgan, ular doirasida 346,0 mln. so‘mlik 12 ta shartnoma imzolanishiga erishilgan.
Hozirgi kunda universitet bitiruvchilari xalqaro tashkilotlarda, yirik transmilliy korporatsiyalarda, O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarida, ta’lim tizimida hamda nodavlat sektorda faoliyat ko‘rsatmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI