
Jahongir Azimjonov
PhD
Telefon:
+998 93-096-47-91
Email:
aazim0990@gmail.com

Kafedra haqida
60610200 – Axborot xavfsizligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tavsifi. 60610200 – Axborot xavfsizligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlarning yaxlitligi, maxfiyligi va mavjudligini ta’minlay oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi hamda kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Dasturining me’yoriy muddati 4 yilni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida talabalarga quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlar beriladi: Tarmoq xavfsizligi, Kriptografiyaning matematik asoslari, Kiberxavfsizlik asoslari, Foydalanishlarni boshqarish, Risklarni boshqarish, Kriptotahlil asoslari, Tizimli analiz va xavf tahlili, Kodlash nazariyasi, Kiberxavfsizlikda mashinalarni o‘rganish, Axborot xavfsizligi siyosati, Etik xakerlik. Bundan tashqari, talabalar amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari, tajribaviy topshiriqlar va bitiruv malakaviy ishi (BMI) orqali o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar.
Dasturdan maqsad - Mazkur dasturdan asosiy maqsad – talabalarni axborot tizimlari va tarmoqlarida yuzaga keladigan xavfsizlik tahdidlarini tahlil qilish, zaifliklarni aniqlash, himoya strategiyalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega mutaxassis sifatida tayyorlashdir. Shuningdek, bakalavr bitiruvchilari mustaqil ishlash, jamoaviy loyiha yuritish va ilmiy izlanish olib borish salohiyatiga ega bo‘ladilar.
Kasbiy faoliyat sohalari, Davlat va xususiy tashkilotlarning axborot xavfsizligi bo‘limlari, Bank-moliya tizimlari, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va sanoat korxonalari, IT-kompaniyalar va dasturiy ta’minot ishlab chiqish markazlari, Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari, Lavozim va mutaxassislik imkoniyatlari, Bitiruvchilar quyidagi kasb va lavozimlarda ishlash imkoniyatiga ega, Axborot xavfsizligi mutaxassisi, Tarmoq xavfsizligi muhandisi, Tizim administratori, Kompyuter tizimlari muhandisi sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
| BAKALAVR | BAKALAVR | |||||
| 1-KURS | 1-SEMESTR | Dasturlash 1 | 2-KURS | 1-SEMESTR | Maʼlumotlar bazasi | |
| Diskret tuzilmalar | ||||||
| Kompyuter tarmoqlari | ||||||
| 2-SEMESTR | Dasturlash 2 | 2-SEMESTR | Kiberxavfsizlik asoslari | |||
| Sunʻiy intellekt asoslari | ||||||
| Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar | ||||||
| 1. Zamonaviy dasturlash tillari 2. Obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillari 3. Funksional dasturlash tillari |
||||||
| BAKALAVR | BAKALAVR | |||||
| 3-KURS | 1-SEMESTR | Kriptografiya usullari | 4-KURS | 1-SEMESTR | Dasturiy vositalar xavfsizligi | |
| Foydalanishlarni boshqarish | ||||||
| Tarmoq xavfsizligi | Kiberhuquq va kiberetika | |||||
| 1. Zamonaviy dasturlash tillari 2. Obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillari 3. Funksional dasturlash tillari |
||||||
| 1. Bulutli texnologiyalar 2. Bulutli infratuzilma va xizmatlar xavfsizligi 3. Katta ma'lumotlar va bulut platformalari |
||||||
| 1. Kriptografiyaning matematik asoslari 2. Kriptografiya va kodlash nazariyasi 3. Axborotni kodlash va dekodlash |
||||||
| 2-SEMESTR | Kiberxavfsizlik asoslari | 2-SEMESTR | Individual loyiha | |||
| 1. Maʼlumotlar bazasi xavfsizligi 2. Kiberhujumlar va qarshi choralar: Foydalanuvchi 3. Xaker texnikasi Perspektiv xaker texnikasi |
||||||
| 1. Kriptografik protokollar 2. Kriptografiya va kodlash nazariyasi 3. Axborotni himoyalash protokollari |
||||||
| 1. Kriptotahlil asoslari 2. Tizimli analiz va xavf tahlili 3. Kodlash nazariyasi |
||||||
| 1. CMS tizimlari 2. Veb texnologiyalar 3. Veb ilovalarni dasturlash |
1. Kompyuter ko‘rish tizimlari 2. Mashinali oʻqitishga kirish 3. Mikrokontroller va dasturlash |
|||||
| 1. Kiberxavfsizlikda mashinalarni o‘rganish 2. Axborot xavfsizligi siyosati 3. Etik xakerlik |
||||||
70610202 - Axborot xavfsizligi magistratura mutaxassisligi dasturining umumiy tavsifi. 70610202 - Axborot xavfsizligi magistratura yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan bo‘lib, magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yilni tashkil etadi. Mazkur dastur talabalarga “Axborotlarni izlash va ajratib olish”, “Zamonaviy kriptografiya”, “Kompyuter xavfsizligining nazariy asoslari”, “Innovatsiya va loyihalarni boshqarish”, “Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish”, “Kompyuter kriminalistikasi”, “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Biznesning uzluksizligi va avariyaviy tiklash”, “Axborot xavfsizligini boshqarish” bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni beradi.
Dasturdan maqsad – talabalarda mustaqil ilmiy-tadqiqot olib borish, axborot tizimlari va tarmoqlarida yuzaga keladigan xavfsizlik muammolarini tahlil qilish, himoya mexanizmlarini modellashtirish hamda axborot texnologiyalaridan xavfsiz va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Bitiruvchilar ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari, davlat va xususiy tashkilotlarning axborot xavfsizligi bo‘limlari, bank va moliya muassasalari, shuningdek, texnik va axborot-kommunikatsiya sohalarida axborot xavfsizligi mutaxassisi, tizim administratori, tarmoq xavfsizligi muhandisi yoki ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Dasturiy injiniringi” kafedrasida hozirgi kunda 28 kishi ishlaydi. Kafedrada 8 ta fan nomzodlari va ulardan 6 nafari dotsent unvoniga ega.
Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: Dasturiy tizimlarni loyihalash va optimallashtirish, Sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish (AI/ML), Axborot xavfsizligi va dasturiy himoya, Bulutli va taqsimlangan tizimlar, Dasturiy tizimlarning sifatini tahlil qilish.
| MAGISTR | MAGISTR | |||||
| 1-KURS | 1-SEMESTR | Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi | 2-KURS | 1-SEMESTR | Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi | |
| Axborotlarni izlash va ajratib olish | ||||||
| 1. Zamonaviy kriptografiya 2.Kompyuter xavfsizligining nazariy asoslari |
Biznesning uzluksizligi va avariyaviy tiklash | |||||
| 1. Ma'lumotlar bazasi ekspertizasi 2.MBBT (Oracle) bilan ishlash |
1. Axborot xavfsizligini boshqarish 2.Tashkilotda axborot xavfsizligining kompleks tizimi |
|||||
| 2-SEMESTR | Innovatsiya va loyihalarni boshqarish | 2-SEMESTR | Ilmiy amaliyot | |||
| Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil gilish | ||||||
| Kompyuter kriminalistikasi | ||||||
Imliy ishlar haqida


















