Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Biologiya

Emblem background

Xusanov Alijon Karimovich

DSc

Telefon:

+99890 203 31 24

Email:

a_xusanov75@mail.ru

Xusanov Alijon Karimovich

Kafedra haqida

  1. Kafedra haqida qisqacha ma’lumot:

Kafedra 1931-yilda “Tabiiy fanlar” nomi bilan tashkil etilib, biologiya va kimyo yo‘nalishida o‘qituvchilar tayyorlashni boshlagan. Dastlab yagona kafedra sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan uning tarkibiy tuzilmasi va ilmiy salohiyati mustahkamlandi. Farg‘ona pedagogika institutining olimlari — prof. S.V. Avrinsev va S.P. Deyneka jalb etilishi kafedraning rivojiga sezilarli hissa qo‘shdi. 1957-yilda dotsent (keyinchalik prof.) G‘.X. Abdullayev rektor etib tayinlangach, ilmiy darajali mutaxassislarni ko‘paytirish, yosh kadrlarni jalb etish va yangi kafedralar tashkil etishga e’tibor kuchaydi. 1992-yilda institut universitet maqomini olgach, kafedra “Biokimyo va biofizika” nomi bilan qayta tashkil etilib, unga akademik A. Qosimov rahbarlik qildi. Shu davrda o‘simlik fiziologiyasi bo‘yicha, ayniqsa yangi paxta navlarini yaratish yo‘nalishida ilmiy izlanishlar yo‘lga qo‘yildi va “Fitotron” laboratoriyasi tashkil etildi. 1997-yildan “Biologik faol moddalar” laboratoriyasida biostimulyatorlarning o‘simliklarga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib borila boshlandi. Kafedra mudirlari: 1982–1992 — akademik A. Qosimov, 1992–1999 — dots. Q. Qo‘chqarov, 1999–2001 — prof. L. Saidboyeva, 2001–2003 — b.f.n. A. Sheraliyev, 2003–2004 — b.f.n. G‘. Jo‘raqulov, 2004–2007 — dots. E. Xalilov,  2007–2011 — prof. K. Tojiboyev. 2011-yilda “Biokimyo va biofizika” hamda “Zoologiya” kafedralari birlashtirilib, “Zoologiya va biokimyo” kafedrasi tashkil etildi. 2011–2018-yillarda dots. D.S. Tuychiyeva rahbarlik qilgan, 2018-yildan esa “Biologiya” kafedrasiga b.f.d. (DSc) prof. A.K. Xusanov boshchilik qilmoqda. Kafedra olimlari orasida prof. G.K. Dubovskiy (1958-yildan) saratonlar faunasini o‘rganib, 350 dan ortiq tur, 3 yangi urug‘ va 1 kenja urug‘ni aniqlagan. Prof. M.H. Axmedov (1980–1995) O‘rta Osiyo shiralari faunasini tadqiq etib, 10 dan ortiq yangi turlarni fanga kiritgan. Shu davrda Farg‘ona vodiysi zoologik tadqiqotlar markaziga aylandi. Prof. A.K. Xusanov rahbarligida ko‘plab yosh mutaxassislar tayyorlanib, ular biologiya fanining rivojiga hissa qo‘shmoqdalar.

Kafedraning so‘nggi yillardagi yutuqlari: 2016–2025-yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq darslik, o‘quv-uslubiy va elektron qo‘llanmalar, hamda bir necha monografiyalar yaratildi. Ilmiy izlanishlar natijasida 12 ta patent va mualliflik guvohnomalari olindi, 250 dan ortiq tezis hamda 150 dan ziyod maqolalar nufuzli jurnallarda, jumladan Scopus va Web of Science bazalarida nashr qilindi. 2022–2025-yillar oralig‘ida kafedra xodimlari tomonidan Scopus va Web of Science jurnallarida 22 ta, yuqori impakt faktorli nashrlarda 12 ta, boshqa xorijiy jurnallarda 30 ta va OAK jurnallarida 127 ta maqola, shuningdek 195 ta anjuman tezislari chop etilgan. Kafedraning o‘quv-moddiy bazasi zamonaviy laboratoriya jihozlari — avtoklav, bidistillyator, laminar boks, mikrotsentrifuga, mikrotom, mikroskop va boshqa asboblar bilan boyitildi. “Biologiya ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi” tashkil etilib, probiotik preparatlar va mikrobiologik o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun Fermentyor (300 l), Lioflizator (50 kg) va uchta Avtoklav xarid qilindi.

Kafedraning o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati:  So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biologiya fanining turli yo‘nalishlariga oid bir qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va monografiyalar chop etildi.  Darsliklar: Kafedra a’zolari tomonidan “Sitologiya” (I. Badalxo‘jaev, T. Madumarov, 2020), “Hayvonlar ekologiyasi” (A. K. Xusanov, 2022), “Gistologiya” (I. Badalxo‘jaev, 2021), “O‘simliklar fiziologiyasi” (F. M. To‘xtaboeva, D. S. To‘ychieva, 2023), “Biologik xilma-xillikni saqlash masalalari” (K. Zokirov, 2024) kabi darsliklar nashr etilgan. Shuningdek, “Учебник по цитологии” (И. Бадалхўжаев, А. Хусанов, 2022) va “Гистология и эмбриология” (И. Бадалхўжаев, 2022) rus tilida chop etilgan. Oquv qollanmalar: Songgi yillardaOrnitologiya” (A. M. Ummatov, A. K. Xusanov, 2024), “Zoogeografiya” (A. M. Ummatov, 2024; F. Yuldashev, A. Ummatov, 2021), “Biokimyo asoslari” (M. Ikromova, 2022), “Biologiyaning dolzarb muammolari” (A. K. Xusanov va boshq., 2022), “Biotexnologiyaning zamonaviy tadqiqot usullari” (D. Toychieva, 2022), “Biotexnologiya fanidan laboratoriya mashgulotlari” (I. I. Muxammedov va boshq., 2024) kabi oquv qollanmalar tayyorlandi. Shuningdek, “Sitologiya”, “Gistologiya va embriologiya”, “Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi”, “Osimliklar fiziologiyasifanlaridan amaliy mashgulotlar toplamlari ham nashr etilgan. Atlas va laboratoriya ishlanmalari: Sitologiya, gistologiya va embriologiyadan atlas” (I. Badalxojaev, A. K. Xusanov, X. Sulaymonov, 2025), “Osimliklar fiziologiyasidan laboratoriya mashgulotlari” (F. M. Toxtaboeva va boshq., 2025) kabi amaliy korgazmali nashrlar yaratilgan. Monografiyalar: Kafedra olimlarining ilmiy izlanishlari asosida bir qator monografiyalar chop etilgan. Jumladan: Afidoindikatsiya, transformatsiya va transgressiya (M. H. Axmedov, A. K. Xusanov va boshq., 2014), Sharqiy Farg‘ona afidofaunasi (Homoptera, Aphidinea) (A. K. Xusanov, 2021), Цикадовые пастбищных растений Каршинской степи (X. A. Sulaymanov, A. G. Kojevnikova, 2021), Farg‘ona vodiysi koksidlari (Homoptera, Coccinea) faunasi, morfologiyasi va ekologiyasi (K. Zokirov, O. T. Sobirov, 2021), Morpho-anatomical structure of leaves, bracts (E. Y. Ruzmatov, F. M. To‘xtaboeva, D. S. Tuychiyeva, 2024), Кокциды (Homoptera, Coccinea) плодовых растений Ферганской долины (K. Zakirov, 2025), Vitaminlar va ularning ahamiyati (M. Ikromova, 2025). Patentlar: Kafedra olimlarining ilmiy ishlanmalari natijasida bir nechta patentlar olingan, jumladan: A. K. Xusanov va boshqalarning “Suvdagi mikroplastik namunasini yig‘ish qurilmasi uchun” — №FAP 2735 (2023) va №FAP 2662 (2023), Sh. A. Tashbayevning “Mitselial zamburug‘larning kislota hosil qilish xususiyatini dastlabki baholash uchun ekspress-usul” — №IAP 07072 (2022). Kafedradagi ta’lim yo‘nalishlari: Kafedra quyidagi ta’lim bosqichlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi: Bakalavriat: Biologiya, Biotexnologiya. Magistratura: Biologiya, Biotexnologiya, Biofizika va Biokimyo. Oliy ta’limdan keyingi (PhD) ta’lim: 03.00.01 – Biokimyo, 03.00.06 – Zoologiya, 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi, 03.00.12 – Biotexnologiya, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi (Biologiya). Kafedraning ilmiy salohiyati: So‘nggi yillarda kafedraning ilmiy salohiyati sezilarli darajada oshdi. A.Xusanov biologiya fanlari doktori (DSc, 2020), O.Sobirov (2020), M.Jaynaqov (2021), M.Zokirova (2022), S.Kambarov (2024), M.Jo‘rayev (2024), B.Nizomova (2025) va I.Isaqov (2025) biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. Bugungi kunda kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 57%ni tashkil etadi. Ilmiy salohiyatni oshirish istiqbollari: Kafedrada 2025–2030-yillar uchun ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va salohiyatni oshirish rejasi ishlab chiqilgan. Rejaga muvofiq, 2030-yilga qadar 6 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinishi rejalashtirilgan. Kafedraning asosiy ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari: - Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi va tarqalishini o‘rganish hamda noyob turlarni muhofaza qilishning nazariy va amaliy muammolarini hal etish. - Hasharotlarni molekulyar-genetik tahlillar asosida o‘rganish va ularni ma’lumotlarini Xalqaro gen banki bazasiga kiritish. - Azot fiksasiyalovchi mikroorganizmlarni ajratib olish va ular asosida biologik o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish. - Tirik organizmlarda modda va energiya almashinuvi jarayonlarini o‘rganish va ularni tadqiq etishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish. - Farmasevtik xususiyatga ega bulgan dorivor o‘simliklarni in vitro usulda kupaytirish - Ksenobiotiklar (kimyoviy vositalar)ni tirik organizmlar organ va hujayralariga ta'siri va ularni o'simlik faol moddalari asosida korreksiyalash yo'llarini tadqiq qilish. Kafedraning hamkorliklari: Hozirgi vaqtda kafedra ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Xorazm Ma’mun akademiyasi, Zoologiya, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi, Mikrobiologiya, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutlari, Genomika va bioinformatika markazi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ilmiy va o‘quv uslubiy ishlar bo‘yicha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Tomsk davlat universiteti, Belorussiya davlat universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Qirg‘iz-O‘zbek universiteti, Innovatsiya, texnologiya va energetika instituti (Qirg‘iziston), Qirg‘iziston FA Biologiya instituti, Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini bog‘lagan.

BAKALAVR   BAKALAVR
1-KURS 1-SEMESTR Sitologiya, gistologiya, embriologiya   2-KURS 1-SEMESTR Biokimyo va molekulyar biologiya
Mikrobiologiya va virusologiya
Mikrob biotexnologiya
Zoologiya
Biotexnologiya asoslari
2-SEMESTR Sitologiya, gistologiya, embriologiya 2-SEMESTR Zoologiya
Mikrobiologiya va virusologiya
Bioximiya va sport bioximiyasi Biokimyo va molekulyar biologiya
Parazitologiya
Mikrobiologiya Biotexnologiyada xavfsizlik 
BAKALAVR BAKALAVR
3-KURS 1-SEMESTR O'simliklar fiziologiyasi 4-KURS 1-SEMESTR Parazitologiya
Biofizika Biologiya o'qitish metodikasi
Biotexnologiya
Ionlantiruvchi nurlar biologiyasi    
Biotexnologiya
Entomologiya
2-SEMESTR Biologiyaning zamonaviy tadqiqot usullari   2-SEMESTR Bioinformatika
Umumiy biologiya
Biotexnologiya O'simliklar fiziologiyasi
O'simliklar fiziologiyasi
Biofizika
BAKALAVR        
5-KURS 1-SEMESTR Zoogeografiya        
       
       
       
       
       
       
2-SEMESTR          
       
       
       
       
       

 

MAGISTR   MAGISTR
1-KURS 1-SEMESTR Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi   2-KURS 1-SEMESTR Vitaminlar biokimyosi
Biologik membranalar  Enzimologiya
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Molekulyar biofizika
Ekobiotexnologiya Funksional biokimyo
Bioxilma-xillik Hayvonlar ekologiyasi    
Biologiyaning dolzarb muammolari  Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Bioreaktorlar apparatlar va jarayonlar 
2-SEMESTR Lipidlar biokimyosi 2-SEMESTR  
Molekulyar biotexnologiya
Oziq-ovqat va boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari biotexnologiyasi
Radiobiofizika
Oqsillar biokimyosi 
Umumiy parazitologiya  
Farg'ona vodiysi hayvonot dunyosi 
Biostatistika
Bioreaktorlar apparatlar va jarayonlar 
 
 
 
 

Imliy ishlar haqida

 

 
 
 
 

Kafedra tarkibi

  • Ummatov Anvarjon Muxtarovich
    Professor

    Ummatov Anvarjon Muxtarovich

  • To’ychiyeva Dilfuza Sidiqjonovna
    Professor

    To’ychiyeva Dilfuza Sidiqjonovna

  • Ikramova Muыaddam Madaminovna
    Professor

    Ikramova Muыaddam Madaminovna