
Ahmedov Sharifjon Mamirdjanovich
kafedra mudiri
Telefon:
+998978312244
Email:
sharif.music73@mail.ru
Qabul kunlari:
Har kuni
Qabul vaqti:
14:00-18:00


kafedra mudiri
Telefon:
+998978312244
Email:
sharif.music73@mail.ru
Qabul kunlari:
Har kuni
Qabul vaqti:
14:00-18:00

Musiqa san’ati kafedrasi 1998 yili sentyabr oyida Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti qoshida “Maxsus fanlar o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi sifatida tashkil etilgan.
O‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan, dutor, rubob, doira, afg‘on rubobi, dutor bas, tanbur, g‘ijjak kabi cholg‘u asboblari, hamda har bir xona fortepiano cholg‘u asbobi bilan ta’minlandi. Fonoteka xonasi barpo qilindi va 100 dan ortiq magnit lentalari olib kelindi va alohida ro‘yxatga olindi. Moddiy jarayon o‘rniga qo‘yilgandan keyin sifat ko‘rsatqichi yaxshilandi.
Kafedra salohiyatini yaxshilash maqsadida kafedraga musiqa pedagogika fanlari nomzodi, professor X.Nurmatov jalb etildi. O‘zbekiston xalq artisti professor G‘.Xojiqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist M.Boymatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi T.Hamidov kabi mutaxassis olimlar kafedrada faoliyat ko‘rsatdilar.
2004-yil Abdulla A’zam qalamiga mansub “Orzular qanotida” spektakli (pastanovkachi rejissyor T.Hamidov) sahnalashtirildi. 2005-yil oliygohlar ichida birinchi bo`lib “Orzular qanotida” talabalar telenovellasi sur`atga olindi va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri tomonidan rag`batlantirildi.
2005-yil G‘.Xojiqulov rahbarligida «Layli va Majnun» musiqali dramasi sahnalashtirildi.
Talabalarimiz Gulmira Abdulaxadova (2007), Ro`zixon Nurmatova(2010), Raxshona Qo‘ziyeva (2011), Muxlisa Mashrabova (2022) va Nuriddin Samandarov (2022)lar “Nihol” mukofoti bilan, Gulxayo Radjieva (2020) va Muxlisa Mashrabova (2022)lar “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan, Nuriddin Samandarov (2023) “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
2024-yil 26 avgustda Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan Pedagogika va San’atshunoslik fakulteti tugatilib Sport va San`at fakulteti ochildi va kafedraga Musiqa san`ati nomi berildi.
Hozirda kafedrada 1 ta O‘zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1 ta falsafa doktori (PhD), 10 ta dosent, 4 ta katta o‘qituvchi, 7 ta o‘qituvchi va 8 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda kafedra o‘z ilmiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lida izlanishlar olib bormoqda.

















