
OVXUNOV IQBOLJON ABDUNABIYEVICH
Kafedra mudiri
Telefon:
+998 90 169 99 88
Email:
iqboljon_ovxunov@adu.uz

Kafedra haqida
Kompyuter injiniringi kafedrasi zamonaviy kompyuter tizimlari, dasturiy ta’minot, apparat vositalari va ularning o‘zaro integratsiyasini o‘rganuvchi, ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi va talabalarga ushbu sohalar bo’yicha chuqur bilim berib, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni yetishtirib chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Bugungi kunda kafedrada jami 28 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 1 nafar fan doktori, professor, 5 nafar PhD, shundan 1 nafari dotsent, 4 nafar dotsent, 10 nafar katta o‘qituvchi va 8 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Kafedra faoliyati davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan 25 ta darslik va 20 ta o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan hamda 10 ta monografiya nashr qilinib, 50 dan ortiq EHM uchun yaratilgan dastur va Ma’lumotlar bazasi uchun guvohnomalar olingan. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun Kompyuter grafikasi, Dasturlash asoslari, Tarmoq texnologiyalari, Operatsion tizimlar va shu kabi to‘garak mashg’ulotlari olib borilmoqda.
QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan turli sohalar buyurtmalari asosida dasturiy mahsulotlar va xizmatlar uchun mablag‘ tushumi amalga oshirilmoqda.
Hozirda kafedra Malayziya Terengganu universiteti bilan hamkorlik asosida talaba almashinuvi amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, ushbu universitetning Kompyuter fanlari va matematika fakulteti professorlari tomonidan bakalavr hamda magistratura talabalariga dars mashg’ulotlari ham o’tkazilib kelinmoqda.
Bundan tashqari, Rossiyaning M.K.Ammosov nomidagi Shimoliy-Sharqiy federal universitetining Matematika va informatika instituti hamda Kemerovo davlat universiteti bilan xalqaro hamkorlik olib bormoqda.
BAKALAVRIAT
- 60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (kunduzgi, masofaviy)
- 60610503 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”) (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy)
MAGISTRATURA
-
“70610101-Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti”
ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT
Bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa masʼuliyatli munosabatni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish (13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi)
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- I.A.Ovxunov. Ta’lim tizimida virtual borliq va unga munosabatni shakllantirish bosqichlari. Uzluksiz ta’lim. – Toshkent, 2020. – №6. – B. 52-55.
- I.A.Ovxunov. Virtual muloqotda mas’uliyat – dolzarb pedagogik muammo sifatida. Xalq ta’limi. – Toshkent, 2021. – №1. – B.14-17 b.
- I.A.Ovxunov. Responsible attitude towards virtual teaching in future pedagogues. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – Birmingham, 2021. № 58(1). – B. 6-10.
- I.A.Ovxunov. Development and prospects of virtual education technologies. “Science, education, innovation: topical issues and modern aspects” Proceedings of the 1st International Scientific and Practical Conference. – Tallinn, 2020. № 2(38). – B.1246-1249 b.
- I.A.Ovxunov. Talabalarning virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatini rivojlantirishda kompyuter texnologiyalarining o‘rni. “Modern science: experience, traditions, innovations” II International Scientific and Practical Conference. – Berlin, 2023. – P. 23-25 b.
- I.A.Ovxunov. Ta’lim jarayonida virtual ta’lim tizimidan foydalanish (quiver dasturi misolida). “Ilm-fan va ta’lim – mamlakat taraqqiyotining muhim omili” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Andijon, 2021. – B. 302-306 b.
- I.A.Ovxunov. Virtual borliq va unga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishda axborotning roli. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: nazariy va amaliy izlanishlar” respublika ilmiy-amaliy konferensiya. Online, 2023. – B. 11-15 b.
- I.A.Ovxunov. Multimedia ta’lim texnologiyalarida virtual borliq tushunchasi va uni o‘rganish. Uzluksiz ta’lim. – Toshkent, 2021. – №5. – B.69-72.
- I.A.Ovxunov. Bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari. “Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў” ilimiy-metodikalыq jurnal. Nөkis, 2021. № 5. – B. 34-38. (13.00.00. №20) b.
- I.A.Ovxunov. Development and prospects of educational technologies. “Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў” илимий-методикалық журнал. Нөкис, 2022. – №6. – B. 180-182 b.
- I.A.Ovxunov. Bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatni munosabatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari. “Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў” илимий-методикалық журнал. – Нөкис, 2024. 1/1-сан. – B. 126-135 b.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- 3D modellashtirish
- Algoritmlar nazariyayasi
- Amaliy matematik dasturiy paketlar
- Audio va video maʼlumotlarni qayta ishlash
- Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari
- Axborot texnologiyalari
- Axborot tizimlarini loyihalash
- Axborotlarni izlash va ajratib olish
- Big data texnologiyalari
- Blokcheyn texnologiyalari
- Bulutli hisoblash
- Bulutli texnologiyalar
- CMS tizimlari
- Dasturiy taʼminot sifatini taʼminlash
- Dasturiy taʼminot tizimlarini loyihalash
- Dasturlash asoslari
- Dasturlash texnologiyalari
- Data science
- DevOps asoslari
- Dizayn sohasida axborot texnologiyalar
- Graf tuzilmali ma'lumotlar bazalari va ularni boshqarish
- GRID texnologiyasi
- Ierarxik ma'lumotlar bazalarini boshqarish va modellashtirish
- Inson resurslari axborot tizimi
- IoT texnologiyalar
- Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari
- Katta ma'lumotlar bilan ishlash asoslari
- Kompyuter arxitekturasi
- Kompyuter arxitekturasi va tizimlarni loyihalash
- Kompyuter grafikasi
- Kompyuter tarmoqlari
- Kompyuter tarmoqlari, rejalashtirish va qurish
- Kompyuter tizimlari va tarmoqlari
- Kompyuter Vision
- Kompyuter vositasida modellashtirish
- Kompyuterlarga texnik xizmat ko'rsatish
- Kompyuterli matematik tizimlar
- Kompyuterli modellashtirish
- Kompyuterning tashkil etilishi
- Maʼlumotlar bazasi
- Maʼlumotlar bazasini boshqarish
- Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari
- Ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya
- Maʼlumotlarni tiklash
- Mantiq asoslari
- Mashinali o'qitishga kirish
- Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
- Mobil ilovalarni ishlab chiqish
- Mobil ilovalarni yaratish
- Muhandislik dasturlari
- Multiagent tizimlar
- NLP algoritmlari
- NoSQL ma'lumotlar bazalarini boshqarish va amaliy dasturlash
- Nutqni tahlil qilish usullari
- Operatsion tizimlar
- O'rnatilgan tizimlar
- O'zbek tili va adabiyotini o'qitishda axborot-kommunikasion texnologiyalar
- Raqamli axborot texnologiyalari
- Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar
- Raqamli tuzilmalarni loyihalashga kirish
- San'at sohasida axborot texnologiyalari
- Server operatsion tizimlar
- Signal va tasvirlarni qayta ishlash
- Sosiologik tadqiqotlar o'tkazishda raqamli axborot texnologiyalardan foydalanish
- Tabiiy tilga ishlov berish
- Taʼlimga kirish
- Tarmoq operatsion tizimlari
- Tarmoq texnologiyalari va tarmoq dasturlash
- Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
- Tizim administratori
- Tizimlarni qurish va qayta ishlash
- Turizmda raqamli tehnologiyalar
- Web dizayn
- Web texnologiyalar
- Zamonaviy texnik vositalar va ulardan foydalanish
Magistratura:
- Axborot tizimlarini loyihalash
- Axborotlarni izlash va ajratib olish
- Biznesning uzluksizligi va avariyaviy tiklash
- Bulutli hisoblashlar
- Computer vision
- Dasturiy ta'minot injiniringi
- Data Warehousing and Data Mining
- Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
- Innovatsiya va loyihalarni boshqarish
- Intellektual tizimlar
- Kompyuter tarmoqlarini ma'muriy boshqarish
- Machine Learning
- Ma'lumotlar bazasi ekspertizasi
- Ma'lumotlar bazasi va Data Mining
- Ma'lumotlarni intellektual taxlil qilish usul va vositalari
- Mashinali o'rgatish nazariyasi
- Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
- MBBT (Oracle) bilan ishlash
- Python dasturlash tili
- Sun'iy intellekt tizimlari va texnologiyalari
- Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP)

























