0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

DIQQAT E'LON! "BOSHQARUV, OPTIMIZATSIYA VA DINAMIK SISTEMALAR – 2019" XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDA RESPUBLIKA ILMIY KONFERENSIYASIDA ISHTIROK ETING!

31 Avgust 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 264

Muallifi: Axborot xizmati

"BOSHQARUV, OPTIMIZATSIYA VA DINAMIK

SISTEMALAR2019"

xorijiy olimlar ishtirokida Respublika ilmiy konferensiya

2019-yil 17-19-oktabr  

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi mate­ma­tika instituti va Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti 2019-yil 17-19-oktabr kunlari Andijon shahrida xorijiy mamlakatlarning yetuk olimlari ishtirokida “Boshqaruv, optimizatsiya va dinamik sistemalar” Respublika ilmiy konferensiyasini o’tkazadi.

Ilmiy konferensiyaning maqsadi – optimal boshqaruv, dinamik sistemalar va differensial o‘yin, matematikani o‘qitish metodikasi va tarixi kabi asosiy yo‘nalishlarni hozirgi holati va rivojlanish istiqbolining dolzarb muammolarini hamda xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

KONFERENSIYANING TASHKILIY QO‘MITASI 

Ayupov Sh.A. – O‘zR FA Mate­ma­tika instituti direktori, akademik, rais,

Maraximov A.R. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, hamrais,

Yuldashev A.S. – Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti rektori, hamrais,

Jabborov N.M. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti matematika fakulteti dekani, rais o‘rinbosari,

Maxkamov M.K. – Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti dekani, rais o‘rinbosari.

Tashkiliy qo‘mita a’zolari:

Zaynobiddinov S. – O‘zR FA akademigi (Andijon, O‘zbekiston),

Farmonov Sh.Q. – O‘zR FA akademigi (Toshkent, O‘zbekiston),

Zikirov O.S. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),

Mamatov M.Sh. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),   

Otaqulov S. – f.-m.f.d., professor (Samarqand, O‘zbekiston),

Samatov B.T. – f.-m.f.d., professor (Namangan, O‘zbekiston),

To‘xtasinov M. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),

Tojiev M. – p.f.d., professor (Toshkent, O’zbekiston), 

O‘rinov A.K. – f.-m.f.d., professor (Farg‘ona, O‘zbekiston),

Ahlimirzayev A. – f.-m.f.n., (Andijon, O‘zbekiston),

Ahmedov O.S. – f.-m.f.n., (Toshkent, O‘zbekiston),

Boytillayev D. – f.-m.f.n., (Namangan, O‘zbekiston),

Ibaydullayev T. – f.-m.f.n., (Andijon, O‘zbekiston),

Iskanajiyev I.M. – f.-m.f.n., (Toshkent, O‘zbekiston),

Isroilov I. – f.-m.f.n., (Samarqand, O‘zbekiston),

Kadirov K.R. – f.-m.f.n., (Farg‘ona, O‘zbekiston),

Mamadaliyev N. – f.-m.f.n., (Toshkent, O’zbekiston),

Ro’ziboyev M. – PhD., (London, Angliya),

Umrzaqov N. – f.-m.f.n., (Andijon, O‘zbekiston),

Satimova G.N. – (Toshkent, O‘zbekiston).

KONFERENSIYANING DASTURIY QO‘MITASI

Azamov  A.A. – O’zR FA akademigi (Toshkent, O’zbekiston),  rais,

Lukoyanov N.Yu. – R FA muhbir a’zosi (Yekateringburg, Rossiya), hamrais,

Petrosyan L.A. – f.-m.f.d., professor (Sankt-Peterburg, Rossiya), hamrais,

Alimov Sh.A. – O’zR FA akademigi (Toshkent, O’zbekiston),

Zelikin M.I. – RF FA muhbir a’zosi (Moskva, Rossiya),

Sadullayev A.S. – O’zR FA akademigi (Toshkent, Ўzbekiston),

Subbotina N.N. – R FA muhbir a’zosi (Ekateringburg, Rossiya),

Ushakov V.N. – R FA muhbir a’zosi (Ekateringburg, Rossiya),

Xojiev J.X. – O’zR FA akademigi (Toshkent, Ўzbekiston),

Chensov V.G. – R FA muhbir a’zosi (Ekateringburg, Rossiya),

Aripov M.M. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),

Arziqulov F.N. – f.-m.f.d., dotsent (Andijon, O‘zbekiston),

Arutyunov A.V. – f.-m.f.d., professor (Moskva, Rossiya),

Ahmedov A.A. – t.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),

G‘anixo‘jayev N.N. – f.-m.f.d., professor (Kuantan, Malayziya),

G‘anixo‘jayev R.N. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),

Jalilov A.A. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),

Zarina Bibi Ibraxim – PhD., professor (Putra Malayziya universiteti),

Ibragimov G.I. – f.-m.f.d., professor (Putra Malayziya universiteti),

Idxam Arif Ilyas – PhD., professor (Putra Malayziya universiteti),

Narmonov A.Ya. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),

Nikolskiy M.S. – f.-m.f.d., professor (Moskva, Rossiya),

Petrov N.Nik. – f.-m.f.d., professor (Ijevsk, Rossiya),

Polovinkin Ye.S. – f.-m.f.d., professor (Moskva, Rossiya),

Raximov I. S. – f.-m.f.d., professor (Putra Malayziya universiteti),

Roziqov O‘.A. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),

Uxobotov V.I. – f.-m.f.d., professor (Chelyabinsk, Rossiya),

Fatxulla Ali Rixan – PhD., professor (BAA Al Ayn universiteti),

Fayazov Q.S. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),

Xojaboyev V.R. – f.-m.f.d., professor (Namangan, O‘zbekiston),

Chilin V.I. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O’zbekiston),

Yugay L.P. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston).

Konferensiya kotibiyati:

Abdiolimova G., Abduraxmonov B., Bahromov J., Begaliev A., Bekimov M., Mustapoqulov X. Ya., Ro‘zimurodova D., Satimova D. N., Tilovov A.M., Xayitqulov B.

KONFERENSIYA DASTURI

Ilmiy konferensiya dasturi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: optimal boshqaruv va differensial o‘yinlar, dinamik sistemalar nazariyasi, differensial tenglamalar, amaliy matematika, matematikani o‘qitish metodikasi va tarixi muammolari.

Konferensiya dasturi yalpi ma’ruzalar uchun (40 minut), taklif qilingan olimlarning ma’ruzalari uchun (30 minut), qisqacha xabarnomalar uchun (20 minut) va devoriy ma’ruzalarni taklif qiladi.

KONFERENSINING ASOSIY YO‘NALISHLARI:

  1. Differensial tenglamalar.
  2. Optimal jarayonlarning matematik nazariyasi.
  3. Dinamik sistemalarning sifat nazariyasi.
  4. Amaliy matematika va matematik modellashtirish.
  5. Matematikani o‘qitish metodikasi va tarixi muammolari.

Konferensiyaning ishchi tili: 1-3 yo‘nalishlarda: ruscha, inglizcha; 4-5 yo‘nalishlarda: o‘zbekcha, ruscha, inglizcha.

TEZIS MA’RUZALARI VA TALABNOMALARNI QABUL QILISH

Konferensiya ishida ishtirok etishni xohlovchilar ma’ruza tezislari va  talabnomalarni 2019-yil 30-iyungacha tashkiliy qo’mitaning quyidagi  manzili nsatimov80@mail.ru bo‘yicha yuborishlaringizni so‘raymiz.   

Familiyasi, ismi, sharifi

 

ilmiy daraja va ilmiy unvon

 

ish joyi va lavozimi

 

e-mail

 

ma’ruza nomi

 

yo’nalish(seksiya)

 

ma’ruza formasi

 

Tezis hajmi 1-2 bet (docx formatida) bo‘lib, to‘liq yoritilgan bo‘lishi kerak (masalaning qo‘yilishi, mavzu bo‘yicha qisqacha ma’lumot, asosiy natijalar va adabiyotlar ro‘yxati).

Taklifnoma va qo’shimcha ma’lumotlar taqdim etilgan talabnomalar dasturiy qo’mita tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng yuboriladi. Konferensiya boshlangunga qadar – tezislar to’plami, konferensiyadan so’ng – ilmiy ishlar to’plamini nashr qilish rejalashtirilmoqda.

TASHKILIY TO’LOV VA JOYLASHISH

Tashkiliy to’lov, xorijlik ishtirokchilar uchun 100 AQSh dollari (to’lov O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining dollar kursi bo’yicha so’mda қabul qilinadi), O’zbekistonlik ishtirokchilar uchun – 80 000 so’m,  35 yoshdan oshmagan yosh olimlar uchun – 40 000 so’mdan ma’ruza dasturga kiritilganligi to’g’risidagi xabarnomani olgandan so’ng amalga oshiriladi.

Tashkiliy to‘lov yashash harajatini o‘z ichiga olmaydi. Xorijiy ishtirokchilarni ovqatlanishi va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha harakatlanishi (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari) uchun sarf harajatlar tashkiliy qo‘mita tomonidan qoplanadi. 

ASOSIY KUNLAR

Tashkiliy qo’mitani talabnoma va ma’ruza tezislarini qabul qilishi 2019-yil 30-iyungacha.

Ma’ruzani konferensiya dasturiga kiritilganligi  to’g’risidagi  xabarnoma 2019-yil 31-iyulgacha.

Qatnashishni tasdiqlash 2019 yil 31  avgustgacha.

Aviareyslarning kelishi - ketishi hamda takliflar (masalan, Samarqand shahriga borish istagi) 2019 yil 30 sentabrgacha.

TASHKILIY QO’MITANING MANZILI

170100, O’zbekiston Respublikasi, Andijon shahri, Universitet ko’chasi, 129.

Telefon: +998 90 541 84 73, +998 91 169 95 17,

Faks: (+99874) 223-81-09.

E-mail: agsu_info@edu.uz  

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!