0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Xorijiy tillar fakulteti




MAMATQULOV ABDULXAFIZ
Fakulteti dekani. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu.uz
Qabul kunlari: Har kuni

Mamatqulov Abdulxapiz Latipovich 1958 yili Abdijon viloyati Baliqchi tumanida tavallud topgan. 1980 yili Andijon davlat tillar pedagogika institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo’yicha mutahasissligi fransuz tili va adabiyoti o’qituvchisi. 2010 yilda Andijon davlat tillar pedagogika instituti Andijon davlat universiteti tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng, horijiy tillar fakulteti tashkil qilindi. Andijon davlat universitetida faoliyat ko‘rsatgan horijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari fakultetning  ingliz tili va adabiyoti, nemis tili va adabiyoti hamda fransuz tili va adabiyoti  kafedralari tarkibida faoliyat ko‘rsata boshladilar.

Universitetning yangi sturukturasiga asosan Fakultetlararo chet tillar  kafedrasi  2015 – yil iyul    oyida yangidan  tashkil qilindi.  Kafedra mudiri etib  f.f .n  A.L. Mamatqulov tayinlandi.

Dotsent mamatqulov Abdulxapiz Latipovich 2017 yil  sentyabr oyidan boshlab Andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 2015-2017 yillar - Fakultetlararo chet tillari kafedrasi mudiri
  • 2017 yil sentyabr oyidan boshlab xorijiy tillar fakulteti dekani
QORABOYEV JASURBEK BAHODIROVICH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: jkarabaev@umail.uz
 

MIRZAKARIMOV MAHMUDJON RO'ZIBAYEVICH
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu.uz  

POZILOV MA'MIRJON SOBIROVICH 
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374) 223-40-52
E-pochta: xorijiy@adu.uz 

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2010 yil 30 аvgustdаgi “Аndijоn dаvlаt univеrsitеtidа kаdrlаr tаyyorlаsh tuzilmаsini tаkоmillаshtirish to’g’risidа”gi 192-sоnli qаrоri vа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mаxsus tа’lim vаzirligining 2010 yil 3 sеntyabrdаgi 341-sоnli buyrug’i bilаn Аndijоn dаvlаt univеrsitеti nеgizidа xоrijiy tillаr fаkultеti tаshkil etildi.

Hоzirdа xоrijiy tillаr fаkultеtidа аsоsаn Тoshkent, Xorazm, Аndijоn, Fаrg’оnа, Nаmаngаn vilоyatlаridаn kеlgаn tаlаbа yoshlаr ingliz tili vа аdаbiyoti, frаnsuz tili vа аdаbiyoti, nеmis tili vа аdаbiyoti bаkаlаvr tа’lim yo’nаlishlаri bo’yichа tаhsil оlаdilаr va shu bilan birga 2016-2017 o’quv yilida fakultetda magistratura yo’nalishi ham faoliyat ko’rsatishni boshladi.
Talabalаr ixtiyoridа Аxbоrоt rеsurs mаrkаzi, lingаfоn vа kоmputеr sinflаri, zаmоnаviy spоrt zаl, bаssеyn, tаlаbаlаr turаr jоyi bоr. O’quv mаshg’ulоtlаridаn so’ng tаlаbа yoshlаr o’z bilimlаrini turli fаn to’gаrаklаridа оshirib bоrаdilаr, spоrt to’gаrаklаridа sоg’liklаrini tiklаb, mustаhkаmlаb bоrаdilаr.
Tаlаbаlаrgа univеrsitеtning tаjribаli prоfеssоr-o’qituvchilаri – fаn dоktоrlаri, fаn nоmzоdlаri sаbоq bеrаdilаr. Fаkultеt tаsаrrufidаgi 6 tа mutаxаssislik (ingliz tili vа аdаbiyoti, ingliz tili fоnеtikаsi, ingliz tili grаmmаtikаsi vа til аmаliyoti, frаntsuz tili vа аdаbiyoti, nеmis tili vа аdаbiyoti, fakultetlararo chet tillar) kаfеdrаlаridа prоfеssоr-o’qituvchilаr fаоliyat ko’rsаtаdilаr.
Xоrijiy tillаrni o’qitishdа innоvаtsiоn tа’lim tеxnоlоgiyalаridаn fоydаlаnish kеng аmаlgа оshirib kеlinmоqdа.
O’zbеkistоndа fаоliyat ko’rsаtаyotgаn xоrij mаmlаkаtlаri elchixоnаlаri bilаn аlоqа o’rnаtilgаn.
O’zbеkistоndаgi Frаnsiya elchixоnаsining Viktоr Gugо nоmli mаdаniyat mаrkаzi, Gеrmаniya elchixоnаsining DAAD tаshkilоti, Gyotе instituti filiаli, Аngliya elchixоnаsining Britаniya Kеngаshi shulаr jumlаsidаndir.
2016 – 2017 yillarda 4 nafar yosh mutahassislik Angliyaning Hopbur til o’rgatish institutida, bir nafar o’qituvch AQSHda, 1 nafari Fransiyada malaka oshirib qaytidillar. Ikki nafar katta ilmiy hodimlar Italiyaning Piza universitetida ilmiy stajirofkada boldilar.
 
FAKULTET KAFEDRALARI
 

FAKULTETLARARO CHET TILLAR KAFEDRASI

SHOKIROV SHERALI IBROHIMOVICH
Kafedra mudiri.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu.uz
 
2010 yilda Andijon davlat tillar pedagogika instituti Andijon davlat universiteti tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng, horijiy tillar fakulteti tashkil qilindi. Andijon davlat universitetida faoliyat ko‘rsatgan horijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari fakultetning ingliz tili va adabiyoti, nemis tili va adabiyoti hamda fransuz tili va adabiyoti  kafedralari tarkibida faoliyat ko‘rsata boshladilar.
 

NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

UMARXO'JAEV MUXTOR ESHONXO'JAEVICH 
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori, professor. 

Telefon: 0(374) 223-42-76 
E-pochta: xorijiy@adu.uz
 

Andijon davlat universiteti tarkibida hozirgi mavjud bo‘lgan xorijiy tillar fakultetining nemis tili va adabiyoti kafedrasi. Bugungi kunda 14 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. kafedrada o‘tiladigan fanlar:

  1. Til ko‘nikmalari integratsiyasi
  2. O‘qish va yozish amaliyoti
  3. Til aspektlari amaliyoti
  4. Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
  5. Amaliy fonetika
  6. Amaliy grammatika
  7. Tilshunoslik
  8. Chet (nemis) tili
  9. Chet (nemis) tili amaliy kursi
  10. Asosiy o‘rganilayotgan til
  11. Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti tarixi
  12. Mamlakatshunoslik
  13. Uy o‘qishi
  14. Xorijiy OAV tili
  15. Chet (nemis) tili
  16. Chet (nemis) tili amaliy kursi
  17. Chet (nemis) tili o‘qitish metodikasi
  18. O‘rganilayotgan til (nemis tili) tarixi
  19. Nazariy grammatika
  20. Nazariy fonetika
  21. Stilistika va matn taxlili
  22. Leksikologiya
  23. Chet (nemis) tili
  24. Chet (nemis) tili amaliy kursi
  25. Nemis va ona tili qiyosiy tipologiyasi
  26. Nemis tili stilistikasi
  27. Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  28. Nemis tili nazariy grammatikasi
  29. Nemis tili nazariy fonetikasi
  30. Kasbga yo‘naltirilgan nemis tili
  31. Umumiy tilshunoslik
  32. Amaliy chet tili
Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari 91 nafar talaba taxsil oladi. Nemiss tili yo‘nalishida talabalar kompyuter klass, proektor, multimedia, va    zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanadi.
 

INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

VOSITOV VALIJON ABDUVAHOBOVICH 
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 

Telefon: 0(374) 223-42-76 
E-pochta: xorijiy@adu.uz
 
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi sobiq Andijon davlat tillar pedagogika institutining ingliz adabiyoti tarixi, tarjima nazariyasi kafedrasi negizida 2010-2011 o‘quv yillarida qayta tashkil etildi.
 

INGLIZ TILI FONETIKASI KAFEDRASI

SOLIJONOV SOBIR OTAXONOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 

Telefon: 0(374) 223-42-76 
E-pochta: xorijiy@adu.uz
 
Kafedra dastlab Ingliz tili leksikasi va stilistikasi deb nomlangan bo‘lib 1991-yilda tashkil topgan. Unga filologiya fanlari doktori, professor S.R.Rahimov kafedra mudiri etib tayinlangan.
2015 yildan boshlab kafedra “Ingliz tili fonetikasi kafedrasi” deb yuritilmoqda.
Kafedrada Ingliz tili stilistikasi, Ingliz tili nazariy fonetikasi, Ingliz tili leksikologiyasi, Mamlakatshunoslik, O‘qish va yozish amaliyoti, Til aspektlari amaliyoti, Integrallashgan til ko‘nikmalari, Kommunikativ leksika, Amaliy fonetika fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
 
FRANSUZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
 
MAMADALIYEV AHMADALI
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 

Telefon: 0(374) 223-42-76 
E-pochta: xorijiy@adu.uz
 
Kafedra 1968 yil tashkil etilgan. Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi bakalavr malakaviy darajasi  5111400 – xorijiy tillar va adabiyoti (fransuz tili) bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash soxasida faoliyat olib bormokda.
Kafedraning mutaxassislar tarkibi ilmiy salohiyati, kasb maxorati, malakaviy darajasi xalqaro andozalar talablariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun” talablari darajasida mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Kafedrada 24 ta fan o‘qitiladi. Kafedra qoshida “Fransuz tili amaliyoti”, “Fransuz adabiyoti”, “Leksikologiya” kabi fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedra Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda O‘zbekistonning ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan uzviy aloqa o‘rnatgan. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan aksariyati Fransiyaning hamda boshqa mamlakatlarning nufuzli oliygoxlarida malaka oshirib qaytgan.
Kafedra faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlari muxim o‘rin tutadi. Kafedrada qiyosiy tipologiya, leksikografiya yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
 

INGLIZ TILI VA GRAMMATIKASI KAFEDRASI

XOSHIMOV G'ANIJON MIRZAAHMEDOVICH 
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori.

Telefon: 0(374) 223-42-76 
E-pochta: xorijiy@adu.uz
 
Ingliz tili grammatikasi kafedrasi bakalavr malakaviy darajasi 5111400-xorijiy tillar va adabiyoti (ingliz tili) bo’yicha malakali mutahasislar tayyorlash soxasida faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning mutahassislar tarkibi ilmiy salohiyati, kasb mahorati, malakaviy darajasi xalqaro andozalar talablariga shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” talablari darajasida mutahasislar tayyorlashga yo’naltirilgan.
Kafedra Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda O’zbekistonning ko’plab oliy o’quv yurtlari bilan uzviy aloqa o’rnatilgan. Kafedra professor-o’qituvchilaridan aksariyati Buyuk Britaniyaning hamda boshqa mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib qaytgan.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!