Pedagogika fakulteti
![]() |
|
NURMATOV MIRZOHID ISMOILJONOVICH
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
|
Pedagogika fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 2015 yil 29 iyundagi 01-17/1 sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Hozirda fakultet dekani vazifasida t.f.n., M.U.To'rayev faoliyat olib bormoqda. Fakultet tarkibiga “Pedagogika ”, “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi”, “Texnologik ta’limi”, “Tasviriy san’at va chizmachilik”, “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishlari biriktirilgan.
O‘QUV JARAYONI
Fakultetda bugungi kunda 5111700 - “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi”, 5112100 - "Texnologik ta’lim”, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda 5A110901 – “Pedagogika va“ mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud.
TO‘GARAKLAR FAOLIYATI
Pedagogika fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh matematik”, “Yosh pedagog”, fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 100 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Fakultetda __ ta akademik guruhlarda ____ nafar talaba tahsil olmoqda. Barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
FAKULTET KAFEDRALARI
![]() |
Kafedra qoshida Yosh pedagog to`garagi faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada 5 nafar ilmiy tadqiqotchi nomzodlik ishi ustida ish olib bormoqda. Ulardan N.Abdullaeva “O‘quv jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining geometriya asoslariga ilmiy-metodik tayyorgarligi” hamda B.Mamadalievalar “Pedagogika yo‘nalishidagi kasb-xunar kollejlari matematika o‘quv fani mazmuni va o‘qitish uslubiyotini takomillashtirish” matematika o‘qitish metodikasi, Z.Jo‘raboeva Sh.Yusupova rahbarligida “Umumta’lim maktablarining 5-sinfida “Ona tili” o‘qitishning ilmiy- metodik asoslari”; Shuningdek, katta o‘qituvchi N.Jo‘raeva “Muhammad Alining tarixiy romanlarida tarixiy so‘zlardan foydalanish mahorati” mavzusida professor A.Nurmonov rahbarligida, asisstent S. Jo‘raxonovaning “Kenja botir tipidagi o‘zbek xalq ertaklarini o‘ziga xos xususiyatlarining tarixiy asoslari va badiiyati” mavzusida professor M. Jo‘raev rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
2015 yil iyul oyidan boshlab, kafedraga f.f.n. dots. F.Kiyikboev rahbarlik qila boshladi.
Bu davrda o‘quv laboratoriyalari xonalari jihozlanib, kafedraning o‘quv-moddiy bazasi yaxshilandi. O‘zbekiston va chet el oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari bilan aloqalar kengaytirildi.
2015 yilning sentabr oyidan boshlab kafedrada mudirlik vazifasini texnika fanlari nomzodi M.U.To‘raev boshkarmokda. Bugungi kunda kafedrada professor A.B.Djumaboev, dotsentlar Sh.X.Ikromov, A.A.Zaparov, katta o‘qituvchilar S.Ubaydullaev, S.Toshpo‘latova, M.Nurmatov assistentlar G.Mamajonova, Sh.Jaloldinova ishchi xodimlar R.Tuychiev, M.Kambarova va F.Botirovalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy va uslubiy ishlar olib boriladi:
1. Umumtexnika fanlarini o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish (dotsentlar A.A.Zaparov, Sh.X.Ikromov, assistentlar G.Mamajonova,Sh. Jaloldinova).
2. Zamonaviy mashinasozlik materialshunosligi,ularning xossalarini o‘rganish va ikkilamchi materiallardan xom ashyo olishni yulga kuyish. (Prof. A.B.Djumaboev, katta o‘qituvchilar M.U.To‘raev, M.Nurmatov, S.Toshpo‘latova, S.Ubaydullaev).
Bu tadqiqotlarning natijasida dotsent M.U.To‘raev raxbarligida «Issiqlik elektrostansiyalarining rotorli tegirmoni uchun tashuvchi yelka (kurak) ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish” innovatsion granti bajarilgan.
Kafedraning professor-o'qituvchilari tomonidan o'zlarining shaxsiy ish rejalari, kafedraning yillik ish rejalari va ilmiy-uslubiy seminarlari rejalariga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan topshiriklarni bugungi davr talabida bajarishga astoydil xizmat qilmoqdalar.