Mehnatni muhofaza qilish bo'limi
![]() |
- Mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va takomillashtirish.
- Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitida hamda o‘quv-tarbiya jarayoni bo‘yicha me’yoriy texnikaviy hujjatlar va huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlash.
- Mehnat muhofazasi, o‘t o‘chirish, radiatsiya xavfsizligi qoida va me’yorlariga amal qilish va ular bajarilishi, xonadagi havoning, shuningdek atrof-muhitning holatini nazorat qilishni amalga oshirish.
- Mehnat va o‘quv sharoitini malakali tekshirishni tashkil qilish va o‘tkazish.
- Jarohatlanish, kasbiy va ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasallanishlar oldini olish maqsadida sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish.
- Mehnatni muhofaza qilish me’yoriy hujjatlarini mehnatning xavfsizligi standartlariga muvofiq tuzish va takomillashtirish.
- Ilg‘or tajriba o‘quvchilar va ishlovchilar mehnat muhofazasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalarni o‘rganish, umumlashtirish va joriy etish.
- O‘quvchilar o‘rtasida o‘quv-tarbiya jarayonining, ishlovchilar mehnatining xavfsiz va sog‘lom sharoitlarini yaratish, baxtsiz hodisalar hamda universitetda kasbiy kasalliklarni oldini olish ishlarini tashkil etishni muntazam suratda takomillashtirish.
- Mehnat muhofazasi va universitetdagi mexnatda texnik xavfsizlik xolatlarini nazorat qilishni amalga oshirish