Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Emblem background

Yunusova Manzura

Kafedra mudiri

Telefon:

+998 90 526 33 30

Email:

yunusova.m71@adu.uz

Yunusova Manzura

Kafedra haqida

Ijtımoıy fanlar kafedrasida 60311000 – Sotsiologiya, 60920100-Ijtimoiy ish, mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanmoqda Ijtimoiy fanlar kafedrasi 2024 yil 26 avgustda universitet rektorining №256 sonli buyrug‘iga asosan Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi negizida tashkil etilgan. O‘z navbatida Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi 2018 yilda O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi negizida tashkil etilgan. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1995 yil 20 noyabrdagi 254-sonli «Yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasini tashkil etish to‘g‘risida» gi buyrug‘iga binoan Farg‘ona vodiysi oliy ta’lim muassasalarining tayanch kafedrasi sifatida Andijon davlat universiteti rektorining 1996 yil 2 yanvardagi 02-1-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Kafedraga dastlab tarix fanlari nomzodi, dotsent N.Ulug‘jonov mudir etib tayinlangan. 1997-2000 yillarda kafedrani tarix fanlari nomzodi Sh.M.Asqarov boshqargan. 2000-2008 yillarda kafedrada siyosiy fanlar doktori, K.Yunusov, 2008 yildan 2012 yil oktyabr oyiga qadar siyosiy fanlar nomzodi, dotsent M.P.Yunusova rahbarlik qildi. 2012 yilda kafedra mudiri M.P.Yunusova Andijon viloyati xokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangach, kafedra mudiri lavozimiga tarix fanlari nomzodi, dotsent O‘.Ubaydullayev tayinlandi. 2015 yil sentyabr oyidan O‘.Ubaydullayev “Ijtimoiy-iqtisodiyot” fakulteti dekani lavozimiga tayinlangach, kafedra boshqaruvini tarix fanlari nomzodi, dotsent O.Ahmadjonov o‘z qo‘liga olgan. 2017 yil sentyabr oyida O.Ahmadjonovning nafaqaga chiqishi munosabati bilan kafedra mudiri etib tarix fanlari nomzodi, dotsent G‘.Haydarov tayinlangan. 2023 yilda kafedra mudiri G‘.Haydarov universitet o‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tganligi munosabati bilan kafedra mudiri lavozimiga falsafa fanlari doktori, M.P.Yunusova tayinlanib, hozirda ham kafedraning ilmiy-pedagogik faoliyatiga rahbarlik qilib kelmoqda. 2025 yilda universitet fakultetlari va kafedralarining optimallashtirilishi natijasida Ijtimoiy fanlar va Falsafa kafedralari negizida yagona Ijtimoiy fanlar kafedrasi tashkil qilindi. Hozirda Ijtimoiy fanlar kafedrasida 6 nafar fan doktori, 11 nafar fan nomzodi va falsafa doktorlari, 3 nafar katta o‘qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.

BAKALAVRIAT

  • 60311000 – Sotsiologiya
  • 60920100-Ijtimoiy ish

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT

  • Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv-ilmiy faoliyat jarayonida foydalanish uchun 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, 30 dan ortiq risolalar yaratildi. Kafedradaning yetakchi professor-o‘qituvchilaridan siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirg‘izboyev tomonidan “Siyosatshunoslik” (2013), “Sotsiologiya” (2017), “Fuqarolik jamiyati” (A.Otamurotov bilan hammualliflikda, 2019) kabi o‘quv qo‘llanmalari; siyosiy fanlar doktori Kamoliddin Yunusov “Sotsiologiyadan praktikum”(2005), “Sotsiologiya” (2003), “Xalqaro terrorizm – insoniyatga suiqasd”(2002), “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”(2002), “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi” (2022), “Umumiy sotsiologiya” (2025), “O‘zbekistonda sotsiologiya fani namoyandalari” (2025) o‘quv qo‘llanma, darslik va risolalari; falsafa fanlari doktori Manzura Yunusova tomonidan “Politologiya” (2006) (N.Ulug‘jonov bilan hammualliflikda), “O‘zbekistonda geosiyosat va geosiyosiy vaziyat asoslari” (2007), “Mahalla – demokratik boshqaruvning noyob na’munasi” (2008), “O‘zbekistonda mahalla tizimi transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili” (2023), “O‘zbekistonda mahalla tizimi transformatsiyasi” (2025) kabi o‘quv qo‘llanma, darslik va risolalari, F. Yuldashevaning “Globallashuv va ma’naviyat” (2012), “Globallashuv: mohiyati va ziddiyatlari” (2014), “Etika va estetika” (2015), “Sennosti islama v duxovnom obnovlenii obshestva” (2016), “Modernizasiyaning falsafiy jihatlari” (2017) asarlari, “Globallashuv va ma’naviyat” (2023) darsliklari, professor T.O.Ortiqovning “Tafakkur ummonidan tomchilar” (2014), “Zamondoshimga maktublar” (2015), “Eynshteyn: ilmiylik va insonparvarlik uyg‘unligi” (2015), “Dildagi so‘zlar” (2015), “Siz aql egasi” (2016), “Tafakkur manzillari” (2017), “O‘zbek gulistoni yohud axloq” (2019) hamda “Tafakkur manzillari yoki o‘zbek falsafasiga chizgilar” (2020) kitoblari chop etildi. Kafedra bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy muammolari” deb nomlanadi. Kafedrada 2007-2011 yillarda siyosiy fanlar doktori K.Yunusov rahbarligida OT-F8-125 shartnomasi bo‘yicha “Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat va jamoat birlashmalari rolining nazariy asoslari (Prezident I.A.Karimov asarlari asosida)” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasi bo‘yicha ishlari olib borilib, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy to‘plamlar ilmiy-tadqiqot nashr qilindi. 2010 yil 26 noyabrda “Fuqarolik jamiyatini barpo etishda va barkamol avlodni voyaga yetkazishda nodavlat va jamoat birlashmalarining roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Kafedra professori K.A.Yunusov rahbarligida 2007-2015 yillarda “Milliy g‘oya-ilmiy tadqiqotlarning nazari metodologik asosi” nomli ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatdi. Shu davr oralig‘ida seminar mavzusi doirasida 4 ta ilmiy to‘plam nashr qilindi xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari o‘tkazildi. 2014–2015 o‘quv yilida professor F. Yuldasheva rahbarligida “O‘zbekistonda modernizasiya jarayonida yoshlarda innovasion ong shakllanishi” mavzusidagi KA-1-004 fundamental ilmiy loyihasi amalga oshirildi (moliyalashtirish miqdori – 32 million so‘m). Shuningdek, 2015–2017 yillarda professor L. Qurbonova rahbarligida “Siyosiy mentalitet va ijtimoiy jarayonlar dialektikasi mexanizmini tadqiq etish” mavzusidagi grant loyihasi ham amalga oshirildi. 2020–2025 yillarda Andijon davlat universiteti huzurida PhD 03/30.06.2020.Fal.60.04 raqamli “Falsafa” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatib, uning faoliyatiga kafedra professori K.Yunusov, F.Yuldashevalar raislik qildilar. Ushbu davr oralig‘ida ushbu Ilmiy kengashda 20 dan ortiq talabgorlarga falsafa doktori dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2016, 2018, 2019 yillarda “O‘zbekiston ijtimoiy hayotining modernizatsiyalashuv jarayoni va uning amal kilish xususiyatlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanlari o‘tkazildi. 2023 yilning 18-20-sentyabrida Turkiya Respublikasining “Akademik ishlar guruhi” xalqaro ilmiy markazi bilan hamkorlikda “Hamkorlik – jamiyatni modernizatsiya va rivojlantirishning asosi sifatida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda Turkiya, Hindiston, Rossiya, AQSH, Pokiston, Malayziya, Germaniya, Kongo Demokratik Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlari yetakchi oliy ta’lim muassasalarining yetakchi olimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri va elektron platformalar orqali bevosita ishtirok etdilar. Kafedra a’zolari o‘zlarining bilim va malakalarini ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, nazorat ishlarini o‘quv-uslubiy jihatdan yuqori saviyada olib borish bilan birgalikda, Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni, milliy g‘oya tamoyillarini targ‘ibot va tashviqot orqali talaba yoshlarga va keng xalq ommasiga yetkazishga xolisona hissa qo‘shib kelmoqdalar. Shu bilan birgalikda kafedrada talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Iqtidorli talabalardan Muxtorov Otabek kafedra dotsenti M.Yunusovaning ilmiy raxbarligida “Globallashuv sharoitida axborot psixologik xafsizlikni shakllantirish masalalari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, 2010-2011 o‘quv yilida Navoiy nomidagi davlat stependiyasiga sazovor bo‘ldi. Tarix fakulteti talabasi Xojiyev Shoxboz kafedra katta o‘qituvchisi X.Xo‘jamberdiyevning ilmiy rahbarligida “O‘zbekistonda madaniy meros obyektlari” mavzusida faol ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, 2017-2018 o‘quv yilida “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, kafedrada “Jamiyat fidoiylari” to‘garagi muntazam faoliyat olib bormoqda. To‘garaklarda 40 dan ortiq iqtidorli talabalar turli dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borib, respublika va halqaro anjumanlarida ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etmoqdalar. Kafedra jamoasi tomonidan olib borilgan ma’naviy-marifiy ishlar ham taxsinga loyiq.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

  • Umumiy sotsiologiya
  • Sotsiologiya tarixi
  • Oila va gender sotsiologiyasi
  • Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
  • Konfliktlar sotsiologiyasi
  • Sport tibbiyoti va reabilitologiya (1–2 qism)
  • Ijtimoiy siyosat
  • Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi va texnikasi
  • Davlat xizmatchisi etikasi va imidji
  • Sotsiologik ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish
  • Mahalla tizimi transformatsiyasi
  • Sotsial injeneriya va loyihalashtirish
  • Ekologik sotsiologiya
  • Ijtimoiy ishning etik prinsiplari va qadriyatlari. Ijtimoiy ishda muloqot ko‘nikmalari
  • Inson xulq-atvori va ijtimoiy muhit
  • Aholining turli guruhlari bilan ijtimoiy ish
  • Falsafa
  • Ruhiy salomatlik va uy sharoitida parvarishlash
  • Demografiya asoslari
  • Mahalla va oila muammolarini o‘rganishda sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish metodikasi va texnikasi
  • Ta’limda bolalarni ijtimoiylashuvi

Kafedra tarkibi

  • Badalov Azizbek Abdumalikovich
    Dotsent

    Badalov Azizbek Abdumalikovich

  • Kamaldin Abzalovich Yunusov
    Professor o'qituvchi

    Kamaldin Abzalovich Yunusov

  • Artiqov To'lanboy Artiqovich
    Professor o'qituvchi

    Artiqov To'lanboy Artiqovich

  • Yuldasheva Farida Xo'Jamqulovna
    Professor o'qituvchi

    Yuldasheva Farida Xo'Jamqulovna

  • Qurbanova Lola Abdukhamidovna
    Professor o'qituvchi

    Qurbanova Lola Abdukhamidovna

  • Xaydarov G‘ayratbek Mirzapo‘Latovich
    Professor o'qituvchi

    Xaydarov G‘ayratbek Mirzapo‘Latovich

  • Mamajanov Sanjarbek Xamrajonovich
    Dotsent

    Mamajanov Sanjarbek Xamrajonovich