O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI. Kafedra Andijon davlat pedagogika instituti rektorining 1991 yil 12 iyundagi 112 «P» - buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan. Kafedraga 1991-1998 yillarda professor R.T.Shamsutdinov mudirlik qildi. Uning davrida kafedra har jihatdan yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi. Yildan-yilga kafedra kengayib, o‘quv-ilmiy va ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati sifat jihatdan yaxshilanib bordi. Kafedra o‘qituvchilari talabalarga Vatan tarixidan bilim berish bo‘yicha tinimsiz izlanishlar olib bordilar, bilim va malakalarini takomillashtirdilar. O‘zbekiston tarixidan aspirantura, doktorantura, dissertatsiya himoya qilinadigan Ixtisoslashgan Kengash tashkil qilindi. Kengash bugungni kunga qadar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kengashda shu kunga qadar bo‘lgan davr oralig‘ida 100 ga yaqin fan nomzodi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyalari himoya qilindi. Kafedraga faoliyatiga turli yillarda t.f.d., prof. R.T. Shamsutdinov, t.f.d., professor I.Alimov, t.f.n. N.Qodirova, t.f.d., prof. S.A.Xoshimov, t.f.d., prof. M.Abdullaev t.f.n., dos. M.O. Alixojievlar mudirlik qildilar. Hozirda kafedrani t.f.d., prof. S.A.Xoshimov boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada jami 25 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan 4 nafar fan doktori, professorlar, 14 nafar fan nomzodi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktor (PhD)lari faoliyat ko‘rsatmoqda.