
Madaminov Xayrullo Axmadjanovich
dotsent
Telefon:
+998916100705
Email:
hayrullo070519@adu.uz
Qabul kunlari:
Har kuni
Qabul vaqti:
14:00-18:00


dotsent
Telefon:
+998916100705
Email:
hayrullo070519@adu.uz
Qabul kunlari:
Har kuni
Qabul vaqti:
14:00-18:00

Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Andijon davlat universitetining Sport va madaniyat fakulteti tarkibida faoliyat yurituvchi, “”Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” zamonaviy talablar asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi ilmiy-ta’lim bo‘linmalaridan biridir. Kafedra 1958-yilda Andijon davlat pedagogika institutining biologiya fakulteti qoshida “Jismoniy tarbiya” bo‘limi ochilgan bo‘lib, o‘sha yili “Sport o‘yinlari kafedrasi” nomi bilan tashkil etilgan. Yillar davomida shakllanib kelgan va u 2024-yilda bugungi “Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi maqomini olgan. Faoliyati davomida kafedra o‘zining salohiyati, ilmiy maktabi va ta’lim dasturlari bilan fakultet hamda universitet taraqqiyotida muhim o‘rin egalladi.
Kafedraning asosiy maqsadi — jimoniy tariya va sport sohasidagi malakali mutaxassislari tayyorlaydi, sport faoliyati – futbol, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, yengil atletika, stol tennis, adaptiv jismoniy tarbiya va sport sohalar uchun professional, raqobatbardosh, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Shuningdek, kafedra o‘z faoliyatida zamonaviy boshqaruv konsepsiyalari, innovatsion ta’lim metodlari, xalqaro tajriba va ilg‘or ilmiy tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratadi.
Kafedra tashkil topgan paytdan boshlab quyidagi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ta’lim, metodik va ilmiy izlanishlar olib borib kelmoqda: Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sport faoliyati – futbol, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, yengil atletika, stol tennis, adaptiv jismoniy tarbiya va sport sohalari bo‘yicha o‘quv dasturlari shakllantirilgan. Ushbu dasturlar: xalqaro ta’lim standartlariga mos, amaliyotga yo‘naltirilgan, zamonaviy sport nazariyalari, sport pedagogik mahoratini oshirish, sport turlarini oʻrgatish metodikasi, milliy va harakatli oʻyinlar, sport tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tahlil usullariga asoslangan. Talabalar nazariy bilim bilan cheklanmay, sport maktablari, sport mashg‘ulotlari, olimpiya va paralimpiya tashkilotlari, davlat organlari va xususiy ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tash orqali professional ko‘nikmalarni rivojlantiradilar.
Kafedra tarkibidagi professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati yuqori bo‘lib, ular tomonidan: sport faoliyati – faoliyat turlari bo‘yicha dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, monografiyalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, OAK hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar muntazam chop etilmoqda.
Kafedra huzurida: Professors-o‘qituvchilar sport maktablari, sport mashg‘ulotlari, olimpiya va paralimpiya tashkilotlari, davlat organlari va xususiy ta’lim tashkilotlarida sport faoliyati – futbol, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, yengil atletika, stol tennis, adaptiv jismoniy tarbiya va sport sohalari bo‘yicha kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.





















