
Abdujalolov Sardor Abdujalol o‘g‘li
dotsent
Telefon:
0(374)2234052
Email:
sardorbekabdujalolov409@gmail.com
Qabul kunlari:
Har kuni
Qabul vaqti:
14:00-18:00

Kafedra haqida
“Tasviriy va amaliy san’at” kafedrasi Andijon davlat universitetining Sport va madaniyat fakulteti tarkibida faoliyat yurituvchi, Tasviriy va amaliy san’at soxasida zamonaviy talablari asosida yuqori malakali ijodkor mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi ilmiy-ijodiy ta’lim bo‘linmalaridan biridir. Kafedra 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida o‘zining salohiyati, ilmiy-ijodiy jarayonlarda o‘ziga xos maktabiga ega bo‘lib, sohaga oid ta’lim dasturlari bilan fakultet hamda universitet taraqqiyotida muhim o‘rin egalladi.
Shuningdek, kafedra yosh avlodni xalq amaliy sanʼati anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni zamonaviy sanʼat texnologiyalari bilan uyg‘un holda ijod qilishga yo‘naltirish, mustaqil fikrlovchi, ijodkor va raqobatbardosh kadrlar yetishtirishni muhim vazifa deb biladi. Taʼlim jarayonida sanʼatning tarixiy rivoji, milliy madaniyatimizning boy merosi va bugungi kun talablari uzviy bog‘liq holda o‘rgatiladi.
Kafedra tashkil topgan paytdan boshlab Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ta’lim, metodik va ilmiy izlanishlar olib borilmoqda: Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, Musiqa va san’at maktablariga iqtidorli va ijodkor kadrlar yetkazib bermoqda. Kafedra tarkibidagi professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati yuqori bo‘lib, ulardan yetti nafari O‘zbekiston Badiiy Akademiyasinig “Badiiy ijodkorlar uyushmasi” a’zolari sanaladi. Ular san’atshunoslik, rangtasvir, amaliy san’at, haykaltaroshlik hamda miniatyura yo‘nalishlarida ijod qilib, nufuzli respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z ijod namunalari bilan muntazam qatnashib kelmoqdalar. Jumladan, mazkur professor-o‘qituvchilar tomonidan: - Tasviriy va amaliy san’at dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, monografiyalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, OAK hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar muntazam chop etilmoqda. Kafedra olimlari tomonidan shakllangan ilmiy-ijodiy yo‘nalishlarda o‘zining ilmiy natijalari bilan yetakchi o‘rin egallab bormoqda.
BAKALAVRIAT
- 60210400 – Dizayn (libos va gazlamalar)
- 60210500 – Rangtasvir (dastgohlik)
- 60210800 – Amaliy san’at (badiiy kulolchilik)
KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI
Hozirda kafedrada 1 ta O‘zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1 ta falsafa doktori (PhD), 10 ta dosent, 4 ta katta o‘qituvchi, 7 ta o‘qituvchi va 8 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda kafedra o‘z ilmiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lida izlanishlar olib bormoqda.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- Kompzitsiya darsligi
- Plastik anatomiya darslik
- Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari darslik
- Tuyg‘u, tasavvur va tasvir nomli katalog monografiya (5 tilda, xorijda chop etilgan)
- Amaliy san’at yo‘nalishi talabalarida ustoz-shogird qadriyatlarini rivojlantirish metodikasi nomli monografiya
- Kompozitsiya o‘quv qo‘llanmasi
- Kulolchilik bezak turlari o‘quv qo‘llanmasi
- Rangtasvir o‘quv qo‘llanmasi
- Ashyolarda ishlash o‘quv qo‘llanmasi
- Badiiy kulolchilikda ashyolarda ishlash o‘quv qo‘llanmasi
- Matiralshunoslik, rangtasvir texnika va texnologiyasi o‘quv qo‘llanmasi
- Plastik anatomiya o‘quv qo‘llanmasi
- Rangshunoslik o‘quv qo‘llanmasi
- “СОДЕРУЖЕСТВО'23 COMMONWEALTH” xalqaro ko‘rgazmada faxirli 1-2-3 o‘rinlar
- O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan
- Xonobod shahrida bo‘lib o‘tgan “Rassomlar festivali – 2025”da faxirli 1, 2, 3 o‘rinlar
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Chizmatasvir
- Rangtasvir
- Kompozitsiya
- Ashyoda ishlash
- Rangtasvirda materialshunoslik
- Plastik anatomiya
- Materialshunoslik
- Loyihalash
- Ashyolarda ishlash
- Loyihalash asoslari
- Kompozitsiya asoslari va rangshunoslik
- Dizayn metodologiyasi asoslari
- Tasviriy san’at umumiy tarixi
- Rangtasvir texnika, texnologiyasi va nusxa ko‘chirish
- Amaliy san'at tarixi
- Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari
- Kulolchilik bezak turlari
- Ashyolar texnologiyasi
- Mayda plastika
- Jonli odam qomatining anatomik chizma tasviri
- Miniatyura san'ati
- Pesrspektiva














