
Jahongir Azimjonov
Dasturiy injiniringi kafedra mudiri
Telefon:
+998 93-096-47-91
Email:
aazim0990@adu.uz

Kafedra haqida
60610200 – Axborot xavfsizligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tavsifi. 60610200 – Axborot xavfsizligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlarning yaxlitligi, maxfiyligi va mavjudligini ta’minlay oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi hamda kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Dasturining me’yoriy muddati 4 yilni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida talabalarga quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlar beriladi: Tarmoq xavfsizligi, Kriptografiyaning matematik asoslari, Kiberxavfsizlik asoslari, Foydalanishlarni boshqarish, Risklarni boshqarish, Kriptotahlil asoslari, Tizimli analiz va xavf tahlili, Kodlash nazariyasi, Kiberxavfsizlikda mashinalarni o‘rganish, Axborot xavfsizligi siyosati, Etik xakerlik. Bundan tashqari, talabalar amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari, tajribaviy topshiriqlar va bitiruv malakaviy ishi (BMI) orqali o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar.
Dasturdan maqsad - Mazkur dasturdan asosiy maqsad – talabalarni axborot tizimlari va tarmoqlarida yuzaga keladigan xavfsizlik tahdidlarini tahlil qilish, zaifliklarni aniqlash, himoya strategiyalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega mutaxassis sifatida tayyorlashdir. Shuningdek, bakalavr bitiruvchilari mustaqil ishlash, jamoaviy loyiha yuritish va ilmiy izlanish olib borish salohiyatiga ega bo‘ladilar.
“Dasturiy injiniringi” kafedrasida hozirgi kunda 23 kishi ishlaydi. Kafedrada 9 ta fan nomzodlari va ulardan 5 nafari dotsent unvoniga ega. Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: Dasturiy tizimlarni loyihalash va optimallashtirish, Sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish (AI/ML), Axborot xavfsizligi va dasturiy himoya, Bulutli va taqsimlangan tizimlar, Dasturiy tizimlarning sifatini tahlil qilish.
Kasbiy faoliyat sohalari, Davlat va xususiy tashkilotlarning axborot xavfsizligi bo‘limlari, Bank-moliya tizimlari, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va sanoat korxonalari, IT-kompaniyalar va dasturiy ta’minot ishlab chiqish markazlari, Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari, Lavozim va mutaxassislik imkoniyatlari, Bitiruvchilar quyidagi kasb va lavozimlarda ishlash imkoniyatiga ega, Axborot xavfsizligi mutaxassisi, Tarmoq xavfsizligi muhandisi, Tizim administratori, Kompyuter tizimlari muhandisi sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
BAKALAVRIAT
- 60610600 - Dasturiy injiniringi (kunduzgi, kechki va mosafaviy)
- 60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (kunduzgi va mosafaviy)
- 60610200 - Axborot xavfsizligi (kunduzgi)
- 60610500-Sun'iy intellekt (kunduzgi)
- 60610100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha) (kunduzgi)
MAGISTRATURA
- 70610202 - Axborot xavfsizligi (kunduzgi)
ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT
Tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilish: Intellektual transport tizimi, suv osti tasvirlarini takomillashtirish, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish. Kompyuter va IoT tarmoqlarida kiberxavfsizlik va buzg‘unchilikni aniqlash tizimlari.
- Dasturlash texnologiyalari, Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi
- Xatolarni tuzatubvchi kodlarning geometrik tuzilishi haqida (Dissertatsiya), Diskret tuzlimalar, Metrik fazolar, Kombinatorika
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- Optimizing Artificial Intelligence-aided breast cancer models: An empirical analysis of binary classifiers and regression-based feature selectors. Engineering Applications of Artificial Intelligence, 147. 2025-yil. https://doi.org/10.1016/j.engappai.2025.110318
- Matn ko‘rinishidagi faylni bitli mantiqiy amallar yordamida shifrlash va deshifrlash — 112–122, 2025-yil.
- The Combinatorial Rank of Subsets: Metric Density in Finite Hamming Spaces. 2025-yil.
- 8. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПРЕДПОСЫЛКИ ДЛЯ ЭФФЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ РЕГИОНАЛЬНЫМИ ВУЗАМИ В УСЛОВИЯХ РЫНОЧНЫХ ОТНОШЕНИЙ. , 2024-yil. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42737277
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
- Dasturlash 1, 2
- Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar
- Maʼlumotlar bazasi
- Diskret tuzilmalar
- Kompyuter tarmoqlari
- Kiberxavfsizlik asoslari
- Sunʻiy intellekt asoslari
- Zamonaviy dasturlash tillari
- Obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillari
- Funksional dasturlash tillari
- Kriptografiya usullari
- Foydalanishlarni boshqarish
- Tarmoq xavfsizligi
- Kriptografiyaning matematik asoslari
- Kriptografiya va kodlash nazariyasi
- Axborotni kodlash va dekodlash
- Kiberxavfsizlik asoslari
- Maʼlumotlar bazasi xavfsizligi
- Kiberhujumlar va qarshi choralar: Foydalanuvchi
- Xaker texnikasi Perspektiv xaker texnikasi
- Kriptotahlil asoslari
- CMS tizimlari
- Veb texnologiyalar
- Veb ilovalarni dasturlash
- Kiberxavfsizlikda mashinalarni o‘rganish
- Individual loyiha
- Kriptografik protokollar
- Kompyuter ko‘rish tizimlari
- Bulutli texnologiyalar
- Katta ma'lumotlar va bulut platformalari
- Dasturiy vositalar xavfsizligi


















