
Xakimov Abdulhakim
Kafedra mudiri
Telefon:
+998 99 017 19 54
Email:
A.Xakimov@adu.uz

Kafedra haqida
Umumiy fizika kafedrasi tasarrufida umumiy fizikaga oid 5 ta o‘quv laboratoriyasi: mexanika, molekulyar fizika, elektr, optika, atom va yadro fizikasi, fizika o‘qitish uslubiyati kabi o‘quv laboratoriyalari mavjud. Kafedra ikki yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi, “Oliy, o‘rta va umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishni takomillashtirish”, ilmiy muammolari esa “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi” (fizika va biofizika) yo‘nalishlaridan iboratdir. Hozirgi paytda kafedrada: 2 ta o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, fizika to‘garaklari va hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari ilmiy seminarlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
BAKALAVRIAT
- 60530500-Fizika
- 60711000-Muqobil energiya manbalari
- 60710400-Energetika muhandisligi
MAGISTRATURA
- 70710413-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
- 70530504-Yarimo‘tkazgichlar fizikasi
ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT
Umumiy Fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilari ilmiy-amaliy konferensiyalar, grant loyihalari va tadqiqotlarda faol qatnashadi. Kafedra ilgari surayotgan tadqiqot yo‘nalishlari
Kafedra ilmiy maqolalar, metodikalar, darsliklar va taʼlimiy qo‘llanmalar yaratish bilan ham shug‘ullanadi.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- Yarimo‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilarning harakatlanish qonuniyatlari va tashqi elektr maydon ta’sirida ularning fizik xossalarining o‘zgarishi
- Nanoo‘lchamli strukturalarda kvant effektlarining namoyon bo‘lishi va ularning elektron hamda optik xususiyatlarga ta’siri
- Dielektrik va ferromagnit materiallarning elektromagnit maydonlardagi xulq-atvori hamda amaliy qo‘llanilishi
- Issiqlik almashinuvi jarayonlarining fizik mexanizmlari va ularning energetik tizimlar samaradorligiga ta’siri
- Optik muhitlarda yorug‘likning yutilishi va sochilishi jarayonlari, lazer texnologiyalarida qo‘llanishi
- Qattiq jismlarda elastik va plastiklik hodisalarining fizik asoslari hamda mexanik mustahkamlikka ta’siri
- Yarimo‘tkazgich materiallarda nuqsonlar va ularning elektr-fizik xossalarga ta’sirini tadqiq etish
- Elektromagnit to‘lqinlarning moddalarda tarqalish qonuniyatlari va zamonaviy aloqa tizimlarida qo‘llanilishi
- Termoelektrik hodisalar va ularning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi ahamiyati
- Optoelektron qurilmalarda fotoelektrik effekt va uning samaradorligini oshirish usullari
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Kvant mexanikasi
- Termodinamika va statistik fizika
- Kondensirlangan muxitlar fizikasi
- Noanʻanaviy energiya manbalari
- Nanozarralar fizikasi
- Robototexnika asoslari
- Shamol energetikasi
- Quyosh energetikasi materiallari
- Issiqlik va atom elektrostansiyasi
- Bugʻ va gaz qurilmalari
- Radioelektronika asoslari
- Elektrodinamika
- Quyosh energetikasi
- Biomassa, geotermal energiya va ular asosidagi energetik qurilmalar
- Muqobil energiya manbalari qurilmalari
- Quyosh elementlari
Magistratura:
- Yarimoʻtkazgichlar fizikasi
- yarimoʻtkazgichli materiallarning optik va fizik xossalari
- Quyosh elementlari, fotoelektrik batareyalar va ularning butlovchi qurilmalarini tayyorlash texnologiyalari
- Muqobil energiya manbalari qurilmalari va jarayonlarini modellashtirish
- Optoelektronika asoslari
- Magnit yarimo'tkazgichlar va spintronika
- Yarimo'tkazgichlar parametrlarini aniqlash usullari
- Yarimo'tkazgichlarda kinetik hodisalar
- Yarimo'tkazgichlar sirti fizikasi
- Yarimo'tkazgich materillar va asboblar texnologiyasi
- Fotovoltaikaning fizik asoslari
- Vodorod ishlab chiqarish, saqlash va uzatish
- Quyosh elementlari va fotovoltaik tizimlarni modellashtirish.















