Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Kondensirlangan muhit fizikasi

Emblem background

Kurbanov Azizjon Obitjonovich

Kafedra mudiri

Telefon:

+998914871188

Email:

azizjon@adu.uz

Kurbanov Azizjon Obitjonovich

Kafedra haqida

Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika va muqobil energiya manbalari, energetika muhandisligi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo’yicha fanlarni o’qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o’quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo’naltirishga katta ehtibor qaratilmoqda. Shu bois fizika va muqobil energiya manbalari, energetika muhandisligi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ta’lim yo’nalishlari fanlari bo’yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o’quv jihozlari bilan ta’minlash, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o’rtasida o’zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo’lga qo’yishda “Kondensirlangan muhitlar fizikasi” kafedrasining o’rni beqiyosdir.

Andijon davlat universitetida fizika va muqobil energiya manbalari, energetika muhandisligi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari fanlarini o’qitishning integrativ printsiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish, fizika va nuqobil energiya manbalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liqligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko’lamini kengaytirish hamda ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan kafedra 1934 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedrada hozirgi kunda 17 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmqdalar. Ulardan 1 nafari akademik, 3 nafari professor, 6 nafari dotsent, 3 nafari katta o’qituvchi, PhD, 2 nafari o’qituvchilardir. Kafedraning ilmiy salohiyati 85 % ni tashkil etadi. Kafedraga 2022 yildan beri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Kurbanov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar — fizika va muqobil energiya manbalari, energetika muhandisligi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishlarida yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etishdir.

Ta’lim jarayoni yetakchi xorijiy universitetlar o‘quv dasturlariga mos ravishda shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi fanlar chuqur o‘rganiladi: Kvant mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, kondensirlangan muxitlar fizikasi, radioelektronika asoslari, elektrodinamika, fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish, nazariy mexanika, nazariy elektrotexnika, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, yarimoʻtkazgichli materiallarning optik va fizik xossalari, quyosh elementlari, noanʻanaviy energiya manbalari, nanozarralar fizikasi, robototexnika asoslari, shamol energetikasi, quyosh energetikasi materiallari, issiqlik va atom elektrostansiyasi, bugʻ va gaz qurilmalari, optoelektronika asoslari, qattiq jismlar fizikasi, magnit yarimo'tkazgichlar va spintronika, yarimo'tkazgichlar parametrlarini aniqlash usullari, yarimo'tkazgichlarda kinetik hodisalar, yarimo'tkazgichlar sirti fizikasi, fotovoltaikaning fizik asoslari, vodorod ishlab chiqarish, saqlash va uzatish.

BAKALAVRIAT

  • 60530500-Fizika (kunduzgi, kechki)
  • 60711000-Muqobil energiya manbalari (kunduzgi)
  • 60710400-Energetika muhandisligi (kunduzgi)

MAGISTRATURA

  • 70710413– Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (kunduzgi, kechki)
  • 70530504– Yarimo’tkazgichlar fizikasi (kunduzgi, kechki)

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT

Kafedra professor-o‘qituvchilari respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari, xalqaro loyihalar va grantlarda faol ishtirok etib, fizika sohasiga oid yangi ilmiy natijalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etmoqda. 2022-2027 yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida

1. “Legirlangan kremniy va metallooksidli yupqa qatlamalarda kirishma atomlari nanoo'lchamlik klasterlarning xosil bo'lish mexanizmlari hamda ularning quyosh elemetlari xarakteristkalariga, mikroelementron asboblariga va turli gaz sensorlariga ta'siri” mavzusida (ilmiy rahbar - akad. S.Zaynabidinov, mablag’i 930 mln. so’m) grant loyihasi;

2. “Kremniy kristalida fotonlarni boshqaruv mehanizmi, kvant-o'lchamli va flexovoltaik effektlar to'g'risidagi yangi bilimlarni o'zlashtirish hamda yuqori samarador fotoelektrik energetik qurilmalarni 3d formatlashning ilmiy amaliy asoslarini ishlab chiqish” mavzusida (ilmiy rahbar - prof. R.Aliev, mablag’i 469 mln. so’m) grant loyihalari bajarilmoqda.

Talabalarning kafedrada o‘qitiladigan fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida kafedrada fan to‘garaklari tashkil etilgan. To‘garaklar ishtirokchilari va kafedra fanlaridan iqtidorli talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ilmiy konferentsiyalarda qatnashib kelmoqdalar, nufuzli ilmiy jurnallarda o’z maqolalarini chop ettirmoqdalar hamda respublika tanlovlarida nifuzli o’rinlarni egallab kelmoqdalar.

Iqtidorli talabalardan fizika yo’nalishi talabalari Aliev Suhrob (2007, 2008), Omonboev Fazliddin (2017), Madumarova Laylo (2018), Abduxalil Eraliev (2019), Biloldin Ergashev (2020), Jasurbek G’ulomov (2021), Zulunova Mohlaroyim (2022), O’rinboyev Jahongir (2023), Rahmonqulova Nargiza (2023) o’quv, ilmiy-uslubiy ishlari va jamoat ishlaridagi faolliklari uchun Ulug’bek nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldilar.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va atrof muhit fizikasi mutaxassisligi magistranti G’ulomov Jasurbek 2022-2023 o’quv yilida o’quv, ilmiy-uslubiy ishlari va jamoat ishlaridagi faolligi uchun PREZIDENT stipendiyasi sohibi bo’ldi.

“Fizika” fani bo’yicha Respublika talabalar fan olimpiadalarida 2008 yilda Boboev Akrom, 2014 yilda Pozilova Sevara, 2016 yilda Ergashev Abror, 2017 yilda Valiev Botir, 2025 yilda Qobiljonova Dilnuralar g’olib bo’ldilar.

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • Zaynabidinov S.Z., Yuldashev Sh.U., Boboev A.Y., Yunusaliyev N.Y. Ultrasonik purkash pirolizi usuli bilan olingan ZnO metall oksidli yupqa qoplamalarning rentgen difraksion va elektron mikroskopik tadqiqotlari // Bauman Moskva Davlat Texnika Universiteti Byulleteni, Tabiiy fanlar seriyasi. 2024, 112(1), 78–92. [https://doi.org/10.18698/1812-3368-2024-1-78-92](https://doi.org/10.18698/1812-3368-2024-1-78-92)
  • S.Z. Zaynabidinov, A.Y. Boboev, N.Y. Yunusaliyev, B.D. Gulomov, J.A. Urinboyev. Qalay dioksidi asosidagi gaz sezgir sensorning volt-amper xususiyatlarini tadqiq qilish // Sharqiy Yevropa Fizika Jurnali. 2024, № 4, 443–446. [https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-4-53](https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-4-53)
  • S.S. Zaynabidinov, A.Y. Boboev, N.Y. Yunusaliyev, J.N. Usmonov. Metall oksidli qoplamalarni olish uchun optimallashtirilgan ultratovushli purkash pirolizi qurilmasi va ularning morfologiyasi // Sharqiy Yevropa Fizika Jurnali. 2024, № 3, 293–297. [https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-3-30](https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-3-30)
  • Zaynabidinov S.Z., Boboev A.Y., Rasulova M.B., Yunusaliyev N.Y. Purkash pirolizi usuli bilan o‘stirilgan n-ZnO/p-NiO tuzilmaning rentgen difraksion tahlili, optik va elektro-fizik xususiyatlari // New Materials, Compounds and Applications. 2024, 8(3), 411–421. [https://doi.org/10.62476/nmca83411](https://doi.org/10.62476/nmca83411)
  • S.S. Zaynabidinov, Sh.X. Yulchiev, A.Y. Boboev, B.D. Gulomov, N.Y. Yunusaliyev. Alyuminiy bilan legirlangan ZnO qoplamalarning tuzilma xususiyatlari // Sharqiy Yevropa Fizika Jurnali. 2024, № 3, 282–286. [https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-3-28](https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-3-28)
  • S.S. Zaynabidinov, X.J. Mansurov, A.Y. Boboev, J.N. Usmonov. n-GaAs – p-(ZnSe)₁₋ₓ₋ᵧ(Ge₂)ₓ(GaAs₁–δBiδ) geterotuzilmalarida tok uzatish mexanizmi // Sharqiy Yevropa Fizika Jurnali. 2024, № 3, 287–292. [https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-3-29](https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-3-29)
  • S.S. Zaynabidinov, A.Y. Boboev, N.Y. Yunusaliyev. S bilan legirlangan ZnO qoplamalarning tuzilmasi va elektro-fizik xususiyatlariga γ-nurlanishning ta’siri // Sharqiy Yevropa Fizika Jurnali. 2024, № 2, 321–326. [https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-2-37](https://doi.org/10.26565/2312-4334-2024-2-37)
  • Zaynabidinov S.Z., Utamuradova Sh.B., Boboev A.Y. Turli nanoinklyuziyalarga ega (ZnSe)₁₋ₓ₋ᵧ(Ge₂)ₓ(GaAs₁–δBiδ) qattiq eritmalarining tuzilma xususiyatlari // Journal of Surface Investigation: X-ray, Synchrotron and Neutron Techniques. 2022, 16(6), 1130–1134. (Scopus, IF: 0.359).
  • Zaynabidinov S.Z., Saidov A.S., Boboev A.Y., Abdurakhimov D.P. n-GaAs–p-(GaAs)₁–ₓ(Ge₂)ₓ geterotuzilmasining tuzilmasi, morfologiyasi va fotoelektr xususiyatlari // Bauman Moskva Davlat Texnika Universiteti Byulleteni, Tabiiy fanlar seriyasi. 2022, № 1, 72–87. DOI: 10.18698/1812-3368-2022-1-72-87.
  • Zaynabidinov S.Z., Boboev A.Y., Abdurakhimov D.P. n-GaAs–p-(GaAs)₁₋ₓ₋ᵧ(Ge₂)ₓ(ZnSe)ᵧ geterotuzilmalarining elektr xususiyatlari // Computational Nanotechnology. 2022, 9(2), 73–79. DOI: 10.33693/2313-223X-2022-9-2-73-79.
  • Zaynabidinov S.Z., Saidov A.S., Boboev A.Y., Usmonov J.N. ZnSe kvant nuqtalariga ega (GaAs)₁₋ₓ₋ᵧ(Ge₂)ₓ(ZnSe)ᵧ yarimo‘tkazuvchi qattiq eritmalar sirt xususiyatlari // Journal of Surface Investigation: X-ray, Synchrotron and Neutron Techniques. 2021, 15(1), 94–99. [https://doi.org/10.1134/S102745102101016X](https://doi.org/10.1134/S102745102101016X)
  • Zaynabidinov S.Z., Boboev A.Y., Makhmudov K.A. va boshq. n-ZnO/p-Si geterotuzilmalarining fotoelektr xususiyatlari // Applied Solar Energy. 2021, 57, 475–479. [https://doi.org/10.3103/S0003701X21060177](https://doi.org/10.3103/S0003701X21060177) Zaynabidinov S.Z., Saidov A.S., Kalanov M.U., Boboev A.Y. n-GaAs–p-(GaAs)₁₋ₓ₋ᵧ(Ge₂)ₓ(ZnSe)ᵧ geterotuzilmalarining sintezi, tuzilmasi va elektro-fizik xususiyatlari (tahliliy sharh) // Applied Solar Energy. 2019, 55(5), 291–308. [https://doi.org/10.3103/S0003701X1905013X](https://doi.org/10.3103/S0003701X1905013X)
  • Zaynabidinov S.Z., Boboev A.Y., Abdurakhimov D.P. n-GaAs–p-(GaAs)₁₋ₓ₋ᵧ(Ge₂)ₓ(ZnSe)ᵧ geterotuzilmalarining fotoelektr xususiyatlariga germaniy va rux selenid nanokristallarining ta’siri // Alternative Energy and Ecology (ISJAEE). 2019, № 10–12, 43–51. [https://doi.org/10.15518/isjaee.2019.10-12.043-051](https://doi.org/10.15518/isjaee.2019.10-12.043-051)
  • Zaynabidinov S.Z., Saidov A.S., Leiderman A.Yu., Kalanov M.U., Usmonov Sh.N., Rustamova V.M., Boboev A.Yu. (GaAs)₁₋ₓ₋ᵧ(Ge₂)ₓ(ZnSe)ᵧ asosidagi GaAs epitaksial plyonkalarning o‘sishi, tuzilmasi va xususiyatlari // Semiconductors. 2016, 50(1), 59–65.
  • Aliev R., Komilov M., Mirzaalimov N., Mirzaalimov A., Aliev S., Gulomova I., Gulomov J. Turli yoritish sharoitlarda teksturalangan bifasial kremniy quyosh batareyalarining xususiyatlari. Journal of Nano- and Electronic Physics, 2024, 16(5), 05025 (10 bet). DOI:10.21272/jnep.16(5).05025
  • Aliev R., Komilov M., Aliev S., Gulomova I. Oddiy va bifasial quyosh batareyalarini turli yoritish sharoitlarida solishtirish tahlili. Physics and Chemistry of Solid State, 25(4), 844–852. DOI:10.15330/pcss.25.4.844-852
  • Aliev R., Komilov M., Aliev S., Gulomova I. Oddiy va bifasial quyosh batareyalarini turli yoritish sharoitlarida solishtirish tahlili (2025). Physics and Chemistry of Solid State, 25(4), 844–852. DOI:10.15330/pcss.25.4.844-852
  • Nosirov M.Z., Matbabaeva S.D., Aliev R. Ko‘p qavatli kvant nanostrukturalarda elektr maydonning elektron harakatiga ta’siri. Elektron Materiallarni Qayta Ishlash, 2025, 61(1), 65–72. DOI:10.52577/eom.2025.61.1.065
  • Abdurazakov N., Aliev R., Mirzaalimov A., Kakhkhorov J.I., Mirzaalimov N., Karimberdiyev U.R., Muxtorov S.B. Qisqa muddatli uy-joy energiya iste’moli prognozi uchun RNN neyron tarmoqli xususiyat muhandisligi. Advances in Science, Technology & Innovation. IEREK Interdisciplinary Series, 2025, 83–90. DOI:10.1007/978-3-031-76025-9_6
  • Gulomova I., Accouche O., Aliev R. Gorizontal geterotuzilma perovskit quyosh batareyalarini nazariy optimallashtirish: Strukturaviy nigoh. IEEE Access, 2025, 13, 1–10. DOI:10.1109/ACCESS.2025.3571476
  • Kurbanov A., Bakirova S. Kremniyning elektro-fizik xususiyatlari ifloslantiruvchi atomlar klasterlariga bog‘liq holda // Ilmiy axborotnoma: Fizika va matematik tadqiqotlar. 2025, Jild 7, №1, betlar 62–65.
  • Mirzaalimov N.A., Aliev R., Mirzaalimov A.A., Rashidov B.D., Qahramonova S., Abdulazizov T. Shahar ko‘chalarida 3D formatga ega gibrid quyosh-shamol mikrosistemalari. In: Dobjani E. et al., Sustainable Living Solutions: Renewable Energy and Engineering. EDMSET 2024. Advances in Science, Technology & Innovation, Springer, Cham, 197–203. DOI:10.1007/978-3-031-76837-8_20
  • Mirkomilov O.O., Aliev R., Mirzaalimov A., Mirzaalimov N., Komilov M., Abdulazizov T. Shamol konsentratori bilan vertikal o‘q shamol turbinalarini raqamli modellashtirish. In: Dobjani E. et al., Sustainable Living Solutions: Renewable Energy and Engineering. EDMSET 2024. Advances in Science, Technology & Innovation, Springer, Cham, 205–211. DOI:10.1007/978-3-031-76837-8_21
  • Bozorov O., Aliev R., Goipov E., Yuldashev I., Bozorov D. Gibrid quyosh-gidroenergiya manbalarining sovutish tizimini raqamli modellashtirish. In: Dobjani E. et al., Sustainable Living Solutions: Renewable Energy and Engineering. EDMSET 2024. Advances in Science, Technology & Innovation, Springer, Cham, 217–222. DOI:10.1007/978-3-031-76837-8_23
  • Aliev R., Khonbutayeva D., Alinazarova M. Kremniy quyosh batareyalarining mexanik barqarorlik omillarini o‘rganish. In: Dobjani E. et al., Sustainable Living Solutions: Renewable Energy and Engineering. EDMSET 2024. Advances in Science, Technology & Innovation, Springer, Cham, 223–229. DOI:10.1007/978-3-031-76837-8_24
  • Zaynabidinov S., Kurbanov A.O. Radiatsiya va issiqlik bilan ishlov berishning kremniydagi zaryad tashuvchilar umriga ta’siri //Peterburg elektronika jurnali. 2018, Jild 92, № –, betlar 11–17.
  • Zaynabidinov S., Kurbanov A.O. Nikel bilan legirlangan kremniyga γ-nurlanishning rekombinatsion va fotoelektrik xususiyatlariga ta’siri//O‘zbekiston fizika jurnali. 2018, Jild 20, №2, betlar 105–111.
  • Zaynabidinov S., Kurbanov A.O. Issiqlik va radiatsion ishlov berish jarayonida p-tipdagi kremniydagi zaryad tashuvchilar umrining o‘zgarish xususiyatlari haqida//Buxoro davlat universiteti ilmiy axborotlari. 2018, Jild 69, №1, betlar 2–7.
  • Kurbanov A.O. Nikel atomlari klasterlari mavjud kremniyda tez neytronlar oqimining elektro-fizik xususiyatlarga ta’siri//Andijon davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. 2019, №1, betlar 8–13.
  • Kurbanov A.O. Geterogen monokristalli kremniyda radiatsion-fizik jarayonlar//Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. 2019, №8, betlar 36–41.
  • Zaynabidinov S.Z., Kurbanov A.O. Nikel qo‘shimcha atom klasterlari va ularning kremniyning rekombinatsion xususiyatlariga ta’siri // Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti axborotnomasi, tabiiy fanlar seriyasi. 2019, №2, betlar 81–93. DOI: 10.18698/1812-3368-2019-2-81-93.
  • Zaynabidinov S., Kurbanov A.O. 60Co gamma kvantlarining nikel va rodiy bilan legirlangan kremniyning fotoelektrik xususiyatlariga ta’siri // Ilmiy-texnik jurnal. 2020, Jild 24, №5, betlar 90–94.
  • Aliev R., Kurbanov A.O., Izzatillaev H. Kremniy plastinkalaridagi muvozanatsiz zaryad tashuvchilarning dinamik xususiyatlari haqida // O‘zbekiston fizika jurnali. 2021, Jild 23, №1, betlar 24–30.
  • Qahramonova Sh., Kurbanov A.O. Kremniyning fotoelektrik xususiyatlari ifloslantiruvchi atomlar klasterlari va 60Co gamma nurlanishi ta’siriga bog‘liq holda // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. 2024, №4, betlar 39–43.
  • Aliev R., Komilov M., Gulomova I., Mirzaalimov A., Mirzaalimov N., Aliev S., G‘ulomov J. Bifasial teksturalangan kremniy quyosh batareyalarining turli yoritish sharoitlaridagi xususiyatlariga harorat ta’siri. Vidnovlyuvana Energetyka. Sun’ichna Energetyka, 2025, №2, 97–105. DOI:10.36296/1819-8058.2025.2(81)97-105Saidov A.S., Zaynabidinov S.Z., Kalanov M.U., Boboev A.Y., Kutlimurotov B.R. Kvant nuqtalarga ega n-GaAs–p–(GaAs)₁₋ₓ₋ᵧ(ZnSe)ₓ(Ge₂)ᵧ tuzilmalarning fotosensitivlik xususiyatlari // Applied Solar Energy (Heliotechnical Materials Science). 2015, 51(3), 206–208. [https://doi.org/10.3103/S0003701X15030111](https://doi.org/10.3103/S0003701X15030111)

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Kvant mexanikasi
  • Termodinamika va statistik fizika
  • Kondensirlangan muxitlar fizikasi
  • Noanʻanaviy energiya manbalari
  • Nanozarralar fizikasi
  • Robototexnika asoslari
  • Shamol energetikasi
  • Quyosh energetikasi materiallari
  • Issiqlik va atom elektrostansiyasi
  • Bugʻ va gaz qurilmalari
  • Radioelektronika asoslari
  • Elektrodinamika
  • Quyosh energetikasi
  • Biomassa, geotermal energiya va ular asosidagi energetik qurilmalar
  • Muqobil energiya manbalari qurilmalari
  • Quyosh elementlari
  • Fotoelektrik batareyalar va ularning butlovchi qurilmalarini tayyorlash texnologiyalari
  • Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
  • Nazariy mexanika
  • Nazariy elektrotexnika

Magistratura:

  • Yarimoʻtkazgichlar fizikasi
  • yarimoʻtkazgichli materiallarning optik va fizik xossalari
  • Quyosh elementlari, fotoelektrik batareyalar va ularning butlovchi qurilmalarini tayyorlash texnologiyalari
  • Muqobil energiya manbalari qurilmalari va jarayonlarini modellashtirish
  • Optoelektronika asoslari
  • Magnit yarimo'tkazgichlar va spintronika
  • Yarimo'tkazgichlar parametrlarini aniqlash usullari
  • Yarimo'tkazgichlarda kinetik hodisalar
  • Yarimo'tkazgichlar sirti fizikasi
  • Yarimo'tkazgich materillar va asboblar texnologiyasi
  • Fotovoltaikaning fizik asoslari
  • Vodorod ishlab chiqarish, saqlash va uzatish
  • Quyosh elementlari va fotovoltaik tizimlarni modellashtirish.

 

 
 
 
 

Kafedra tarkibi

  • Karimov Ibrohimjon Nabiyevich
    DSc

    Karimov Ibrohimjon Nabiyevich

  • Boboyev Akramjon Yo‘ldashboyevich
    DSc

    Boboyev Akramjon Yo‘ldashboyevich

  • Madaminov Xurshidjon Muxamedovich
    PhD

    Madaminov Xurshidjon Muxamedovich

  • Mirzaalimov Navruzbek Alisher o‘g‘li
    PhD

    Mirzaalimov Navruzbek Alisher o‘g‘li

  • Akbarova Gulhayo Oybkovna
    katta o’qituvchi

    Akbarova Gulhayo Oybkovna

  • G’ulomov Baxtiyor
    katta o’qituvchi

    G’ulomov Baxtiyor

  • Komilov Murodjon
    Katta o`qituvchi

    Komilov Murodjon

  • Omonboyev Fazliddin Lutfiddin o’g’li
    o’qituvchi

    Omonboyev Fazliddin Lutfiddin o’g’li

  • Matboboyeva Saida Dilmurodjon qizi
    o’qituvchi

    Matboboyeva Saida Dilmurodjon qizi

  • Tadjibayeva Sharifaxon Xushnudbek qizi
    o’qituvchi

    Tadjibayeva Sharifaxon Xushnudbek qizi