
Jo‘rayev Bahodirjon Inomjon o‘g‘li
Kafedra mudiri
Telefon:
+998 88 701 01 09
Email:
bahodirjon@adu.uz

Kafedra haqida
Bugungi kunda Amaliy matematika kafedrasi zamonaviy fan va texnologiyalar rivojida muhim o‘rin tutadi. Ushbu kafedrada matematik nazariyalar va ularning real hayotdagi qo‘llanmalarini chuqur o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda sanoat va innovatsion sohalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Talabalarga nazariy va amaliy bilim berish, amaliy muammolarni matematik modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, sanoat, IT va ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilish kafedraning vazifalari hisoblanadi.
Kafedrada hozirda jami 19 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 3 nafari professor, 6 nafari dotsent, 7 nafari katta o‘qituvchi, 3 nafari assistent o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar faoliyat yuritadi. Ular xalqaro konferensiyalar, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirib boradilar.2025-yil 2-sentabrdan boshlab kafedra mudiri lavozimida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Jo‘rayev Bahodirjon Inomjon o‘g‘li faoliyat olib bormoqda.
Kafedra jamoasi o‘z sohasida katta tajribaga ega mutaxassislardan iborat bo‘lib, ular nafaqat zamonaviy nazariy bilimlarni o‘rgatadi, balki talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ham ko‘maklashadi.
BAKALAVRIAT
- 60540200 - Amaliy matematika (kunduzgi)
- 60531000 - Mexanika va matematik modellashtirish (kunduzgi)
MAGISTRATURA
-
70530601 - Mexanika va matematik modellashtirish (kunduzgi)
ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT
Talabalarning kafedrada o‘qitiladigan fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida kafedrada fan to‘garaklari tashkil etilgan. To‘garaklar ishtirokchilari va kafedra fanlaridan iqtidorli talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ilmiy konferentsiyalarda qatnashib kelishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogik va ilmiy faoliyatlarini yoshlarni tarbiyaviy ishlari bilan birgalikda olib borishmoqda.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- B.T.Samatov, B.I.Juraev. П-Strategy for cases of various constraint on control functions and its applications. Monography. Andijon: 2025. 103 b.
- Samatov B.T., Jurayev B.I., Akbarov A.Kh. On evasion problem for the case which imposed geometrical-Gronwall constraint // Scientific Bulletin of Namangan State University. Namangan. 2020. No. 5, pp. 3-8.
- Samatov B.T., Jurayev B.I. The П-strategy in differential game with GrG-constraints on controls // Bulletin of the Institute of Mathematics. Tashkent. 2022. Vol. 2, No. 1, pp. 6-13.
- Samatov B., Juraev B. The Pursuit-Evasion problems in a differential game with GGr-constraints on controls // Bulletin of National University of Uzbekistan: Mathematics and Natural Sciences. Tashkent. 2022. Vol. 5, Issue 1, pp. 21-33.
- Samatov B.T., Juraev B.I. Pursuit-evasion problems under nonlinear increase of the pursuer’s resource // Trudy Instituta Matematiki i Mekhaniki UrO RAN. 2022. Vol. 28, No. 3, pp. 285-295.
- Samatov B.T., Juraev B.I. Pursuit-evasion problems with a constraint for energy expenditure of velocity // Uzbek Mathematical Journal. Tashkent. 2022. Vol. 66, Issue 4, pp. 146-155. • Samatov B.T., Horilov M.A., Juraev B.I. П-strategy for a differential game of pursuit with integral constraints of a generalized type // Vestnik Udmurtskogo Universiteta. Matematika. Mekhanika. Komp’yuternye Nauki. 2023. Vol. 33, Issue 2, pp. 293-311.
- Samatov B., Ibragimov G., Juraev B., Ferrara M. On the Lifeline Game of the Inertial Players with Integral and Geometric Constraints // Mathematics 2023, 11, 4209.
- Juraev B. П-strategy in a differential game with integral and Grönwall constraints on controls // Bulletin of the Institute of Mathematics. Tashkent. 2023. Vol.6, No 5, pp. 45-55.
- B.Juraev. A pursuit differential game with geometric, gronwall and integral constraints on controls. Scientific Bulletin. Physical and Mathematical Research Vol 7. Iss 1. 2025
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Matematikani oʻqitish metodikasi
- Variasion hisob va optimallashtirish usullari
- Kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi
- Matematika va informatikani oʻqitish metodikasi
- Variasion hisob va optimallashtirish usullari
- Suyuqlik va gaz mexanikasi
- Geometrik yasash metodlari
- Optimal boshqaruv nazariyasi
- Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
- Matematik fizika tenglamalari
- Matematika oʼqitishning xususiy metodikasi
- Matematik modellashtirish
- Matematikadan masalalar yechish praktikumi
- Matematik fizika tenglamalar
- Differentsial tenglamalarning sifat nazariyasi
- Differensial geometriya va topologiya
- Nazariy mexanika
- Matematik analiz
- Differensial tenglamalar
- Oliy matematika
- Diskret matematika va matematik mantiq
- Oliy matematika 1,2
- Matematika
- Differentsial tenglamalar nazariyasining qoʼshimcha boblari
- Parametrli masalalarni yechish metodlari
Magistratura:
- Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
- Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
- Analitik mexanikaning tanlangan boblari
- Tutash muhitlar mexanikasining tanlangan boblari
- Differensial o‘yinlar nazariyasi
- Dinamik sistemalar
- Xaqiqiy o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
- Kechikuvchi argumentli differensial tenglamalar va ularning tadbiqlari
- Xarakat turg‘unligi nazariyasi
- Tebranishlar nazariyasi
- Mexanik masalalarni matematik modellashtirish
- Chegaraviy elementlar usuli
- Ilmiy-pedagogik ish va malakaviy amaliyoti
- Ilmiy-tadqiqod ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash


















