
Shokirov Sherali Ibrohimovich
Telefon:
+998 94-559-49-49
Email:
—
Qabul kunlari:
Har kuni
Qabul vaqti:
14:00-18:00


Telefon:
+998 94-559-49-49
Email:
—
Qabul kunlari:
Har kuni
Qabul vaqti:
14:00-18:00

Xorijiy tillar filologiyasi kafedrasi Andijon davlat universitetining Filologiya fakulteti tarkibida faoliyat yurituvchi, xorijiy tillarni o‘qitish bo’ yicha zamonaviy talablari asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi ilmiy-ta’lim bo‘linmalaridan biridir. Kafedra 2025-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida o‘zining salohiyati, ilmiy maktabi va ta’lim dasturlari bilan fakultet hamda universitet taraqqiyotida muhim o‘rin egalladi.
Kafedraning asosiy maqsadi — filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) nomutaxasisligi xorijiy til bo‘lmagan yo‘nalishlarga ingliz tili, nemis tili, fransuz tili bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Shuningdek, kafedra o‘z faoliyatida zamonaviy boshqaruv konsepsiyalari, innovatsion ta’lim metodlari, xalqaro tajriba va ilg‘or ilmiy tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratadi.Kafedra mudiri filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Shokirov Sherali Ibrohimovich. Shuningdek, kafedrada 1 nafar filologiya fanlari doktori (DSc), 10 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 9 nafar dotsent, 9 nafar katta o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Xorijiy tillar filologiyasi kafedrasida 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha doktorant va izlanuvchilaning ilmiy izlanishlarini ilmiy-metodik jixatdan qo‘llab-quvvatlab keladi. Professor-o‘qituvchilar ushbu ixtisoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.



























