
Mamajonov Zokirjon Ahmadjonovich
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Telefon:
+998916180572
Email:
mza@adu.uz
Qabul kunlari:
Har kuni
Qabul vaqti:
14:00-18:00

Kafedra haqida
O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dastlab 1936-yilda Andijon davlat kechki pedagogika institutida O’zbek adabiyoti bo’limi sifatida tashkil qilingan. 1941-yildan boshlab kafedrada taniqli shoir Sulton Jo’ra, yozuvchi Asqad Muxtor, o’qituvchilardan Oftobxon Xolbotirova, Mirposhsha habibov, Fatxiddin Is’hoqov, Ibodatxon Ziyayeva, Hoshimjon Razzaqov, Bahodir G’ulomov, Vosit Sadulla, Nabijon Qobulov, Tal’at MAhmudov, Abdulaziz Abdulhamidov, To’lqin Yo’ldashev, Tursunoy Sodiqova, Munavvara Yoqubbekova kabi taniqli insonlar faoliyat yuritdilar. Tarixda O’zbek adabiyoti, O’zbek tili va adabiyoti kabi nomlar bilan yuritilgan, ayni paytdagi O’bek adabiyotshunosligi nomli kafedraga turli yillarda Asqad Muxtor, Rajab Jumaniyozov, Hoshimjo Razzoqov, G’olima Musina, Ismoiljon To’lakov, Abdulahad Jo’raxonov, Hanifa Solihova, Salima Mirzayeva, A’zamjon Hamraqulov, Halimjon Karimov kabi olimlar mudirlik qilganlar. O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasida 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, bakalavr ta’lim yo‘nalishida hamda 70230104 – Adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti), 70230103 – Folklorshunoslik va dialektologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. 2019-yildan hozirgi paytgacha O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasiga filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Mamajonov Zokirjon Ahmadjonovich mudirlik qilmoqda. Shuningdek, kafedrada 6 nafar filologiya fanlari doktori, professorlar, 9 nafar filologiya fanlari nomzodi hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari va dotsentlar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra a’zolari tomonidan shu paytgacha bir qancha darsliklar, o’quv qo’llanmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar e’lon qilingan. Kafedra professor-oqituvchilaridan 7 nafari O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2 nafari O’zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zolaridir. p>
BAKALAVRIAT
- 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish: Oʻzbek tili
MAGISTRATURA
- 70230104 – Adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti)
- 70230103-Folklorshunoslik va dialektologiya
KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI
Ayni paytda kafedrada 6 nafar Filologiya fanlari doktori, professorlar, 9 nafar Filologiya fanlari nomzodi yoki PhD, dotsentlar faoliyat yuritadi. Kafedradagi professor-o’qituvchilardan 6 nafari Andijon davlat universiteti huzuridagi Filologiya fanlari bo’yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.05.2023.Fil.60.07 raqamli ilmiy kengashda rais, rais o’rinbosari va a'zolar sifatida faoliyat yuritadilar. Kafedrada faoliyat yuritayotgan olimlar rahbarligida 10.00.02 – o’zbek adabiyoti, 10.00.08 – folklorshunoslik kabi ixtisosliklar bo’yicha yigirmadan ziyod doktarant va mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdaлар.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Darslik.
- Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Darslik.
- Quronov D. Cho‘lpon nasri poetikasi.
- Quronov D. G‘arb adabiy-tanqidiy tafakkuri tarixi.
- Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. O‘quv qo‘llanma.
- Quronov D. O‘zbek adabiyotidan diplom ishlari. O‘quv qo‘llanma.
- Quronov D. Bitiruv-malakaviy ishlar. O‘quv qo‘llanma.
- Solihova H. Alisher Navoiy poetikasida noma janri. O‘quv qo‘llanma. 2023.
- Solihova H. O‘zbek mumtoz adabiyoti poetikasida munozara janri. O‘quv qo‘llanma. 2024.
- Solihova H. Zahiriddin Muhammad Bobur poetikasida ijod va kashfiyot jilolari. O‘quv qo‘llanma. 2025.
- Rahmonov B. O‘zbek adabiy tanqidchiligi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004.
- Rahmonov B. G‘arb adabiy-tanqidiy tafakkuri ocherklari. Toshkent: Fan, 2008.
- Rahmonov B. Muqaddasdir shoir degan nom. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008.
- Rahmonov B. Oyga yaqin yulduzlar. Toshkent: Muharrir, 2010.
- Rahmonov B. Fors taronalari. Toshkent: Istiqlol nuri, 2016.
- Rahmonov B. Hayotimsiz, odamlar!.. Toshkent: Istiqlol nuri, 2016.
- Rahmonov B. Ezgulik gulshani. Bishkek: Uluu Toolor, 2020.
- Rahmonov B. O‘zbek postfolklori. Toshkent: Fan ziyosi, 2021.
- Rahmonov B. O‘zbek adabiy tanqidchiligi. Darslik. Toshkent: Fan ziyosi, 2023.
- Rahmonov B. XIX asr rus adabiyoti tarixi. Darslik. Toshkent: Fan ziyosi, 2024.
- Rahmonov B. G‘arb adabiy-tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari. Toshkent: Fan ziyosi, 2023.
- Rahmonov B. Cho‘qqilarga tutash taqdirlar. Toshkent: Javohir-Ilm-Nashr, 2024.
- Rahmonov B. Ikki qariya. Toshkent: Javohir-Ilm-Nashr, 2024.
- Rahmonov B. O‘zbek folklori an’anaviy janrlarining bugungi ahvoli haqida ba’zi mulohazalar.
- Mirzayeva S. Romanik dostonlar poetikasi.
- Mirzayeva S. O‘zbek xalq afsun-duolarining janr xususiyatlari va badiiyati. Monografiya.
- Mirzayeva S. O‘zbek realistik adabiyotida folklor an’analari. O‘quv qo‘llanma.
- Mirzayeva S. Romanik dostonlar haqida. O‘quv qo‘llanma.
- Mirzayeva S. Navoiy va Bobur. O‘quv qo‘llanma.
- Mirzayeva S. Alpomishga alla aytgan momolarim. O‘quv qo‘llanma.
- Mirzayeva S. Osmondagi yulduzim alla. O‘quv qo‘llanma.
- Mirzayeva S. Chamanda gul ochilibdi. O‘quv qo‘llanma.
- Mirzayeva S. O‘zbek xalq afsun-duolarining janr xususiyatlari. O‘quv qo‘llanma.
- Qurbonov S. Nosir Buxoriyning adabiy merosi. Monografiya. 2024.
- Mamajonov Z. Mumtoz she’riy san’atlarning nazariy tasnifi (o‘xshatish asosidagi san’atlar). Monografiya.
- Abdullayeva D. Turkiy xalqlar adabiyoti. 2012, 2014, 2018.
- Abdullayeva D. O‘zbek adabiyoti tarixi.
- Abdullayeva D. Yangi o‘zbek adabiyoti.
- Abdullayeva D. O‘zbek adabiyotida an’anaviy poetik turkumlar.
- Abdullayeva D. Mumtoz she’riyat janrlari va shakllari.
- Abdullayeva D. Jahon adabiyoti. 2018, 2023.
- Abdullayeva D. Hoshimjon Razzoqov hayoti va ijodi.
- Abdullayeva D. O‘zbek adabiyoti yilnomasi. Monografiya.
- Abdullayeva D. O‘zbek adabiyotida masal genezisi, tipologiyasi va funksional tahlili. Monografiya.
- Abdullayeva D. Cho‘lpon dramaturgik ijodi. Monografiya.
- Abdullayeva D. Cho‘lpon tarjimonlik faoliyati. Monografiya.
- Abdullayeva D. Usmonxo‘ja Zoriy hayoti va ijodi.
- Abdullayeva D. Masal tipidagi asarlar tarixi va poetikasi.
- Abdullayeva D. Cho‘lpon tarjimalari. 2024–2025.
- Abdullayeva D. Cho‘lpon tarjimalari. 2-jild.
- Abdullayeva D. Munavvarqori Abdurashidxonov. Asarlar.
- Abdullayeva D. H. Razzoqov. Zulmatdagi nur.
- Abdullayeva D. Masal tipidagi asarlar qiyosiy tahlili. 2010–2011.
- Abdullayeva D. Globallashuv davrida inson krizisi. 2012–2014.
- Karimov H. Tuyg‘ular talqini.
- Karimov H. Andijondan esgan sabolar.
- Karimov H. Tarixiy shaxs va badiiy obraz. Monografiya.
- Hamraqulov A. O‘zbek adabiyotida Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonining badiiy talqini. Monografiya.
- Hamraqulov A. Qiyosiy adabiyotshunoslik. O‘quv qo‘llanma (hammualliflikda).
- Sheraliyeva M. Boburning andishasi. Adabiy-ilmiy maqolalar to‘plami. 2015.
- Sheraliyeva M. Hozirgi o‘zbek nasrida kinoya. Monografiya. 2016.
- Sheraliyeva M. Hozirgi o‘zbek qissalari. Uslubiy qo‘llanma. 2023.
- Eshanova Z. O‘zbek xalq dostonlarida mifologik obrazlar. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Namangan: Evrope Facsimile, 2021.
- Eshanova Z. O‘zbek adabiyotida munojotlar. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Andijon: Step by Step, 2021.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Hozirgi adabiy jarayon va yangi o‘zbek adabiyoti
- Adabiyotshunoslik nazariyasi
- Tasavvuf va badiiy ijod
- O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi
- Hozirgi adabiy jarayon
- Navoiyshunoslik
- Aruz va mumtoz poetikaga kirish
- Matnshunoslik
- Yangi o‘zbek adabiyoti
- Qiyosiy adabiyotshunoslik
- Jahon adabiyoti
- O‘zbek adabiyoti tarixi
- Turkiy xalqlar adabiyoti
- Andijon adabiy muhiti
- Boburshunoslik
- O‘zbek folklori
- Adabiyotshunoslik nazariyasi
Magistratura:
- Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
- Nazariy poetika
- Adabiyotshunoslik tarixi
- Jadid adabiyoti tarixi
- Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari
- Milliy uyg‘onish davri adabiyotining matniy asoslari
- Eski o‘zbek yozuvidagi manbalarning matniy xususiyatlari
- Jahon adabiyoti muammolari
- Mumtoz tarixiy poetika
- Badiiy tahlil asoslari va metodikasi
- Adabiyot nazariyasining ilmiy asoslari
- Tarixiy poetika
- Hozirgi o‘zbek nasri
- O‘zbek modern adabiyoti
- Adabiyotshunoslik va struktural metodlar
- Nazariy poetika
- Ilmi balog‘a va mumtoz poetika
- Mumtoz asarlarni sharhlab o‘qitish
- Mumtoz adabiyotning asosiy yo‘nalishlari
- Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi muammolari
- Hozirgi adabiy jarayon muammolari
- Xalq og‘zaki ijodi poetikasi
- Folklorshunoslik nazariyasi
- Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
- O‘zbek postfolklori
- Folklor va yozma adabiy aloqalar
- O‘zbek mifologiyasi















