
Zokirov Kozimjon
Professor o'qituvchi
Telefon:
+99891 615 72 20
Email:
odil19671910@adu.uz

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT
- Sharqiy Farg‘ona mevali daraxtlarining koksidalari (Coccidae) 70 dan ortiq Xalqaro hamda Respublika jurnallarida maqola va tezislar, 1 та darslik, 3 o’quv qo’llanma. Dotsent K. Zokirov Sharqiy Farg‘ona hududidagi mevali daraxtlar fitosenozida uchraydigan koksidalar (Coccidae) tur tarkibi, ularning biologiyasi va zarar yetkazish mexanizmlarini chuqur o‘rgangan olimlardan biridir. U o‘z tadqiqotlarida o‘rik, olma, gilos, shaftoli kabi bog‘dorchilik ekinlarida tarqalgan asosiy Coccidae turlarining morfologik belgilari, rivojlanish sikli hamda fenologik dinamikasini puxta tahlil qilgan. Zokirov koksidalar populyatsiyasiga ta’sir etuvchi ekologik omillar — harorat, namlik, xo‘jayin o‘simlikning vegetatsiya bosqichlari va agrotexnik tadbirlarning ahamiyatini ilmiy asoslab bergan. Tadqiqotlar davomida u koksidalar bilan bog‘liq zararlanish darajasini baholash, ularning o‘sish sur’atlari va ko‘payish strategiyalarini aniqlash bo‘yicha muhim metodik yondashuvlarni taklif qilgan.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- Zokirov K. Biologik xilma-xillikni saqlash masalalari. Magistratura talabalari uchun darslik. “Omadbek Print Number One” MChJ bosmaxonasi, Andijon, 2024-yil, 262 bet.
- Zokirov K., Sobirov O., Isakov I. Umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar. O‘quv qo‘llanma. “Barkamol Fayz Media” MChJ nashriyoti, Toshkent, 2022-yil.
- Zokirov K. Biologiyani o‘qitish metodlari. “Step Bu Print” MChJ nashriyoti, Andijon, 2025-yil, 242 bet.
- Zokirov K., Zokirov O., Sulaimonov X. A. Pedagogik amaliyot. Metodik qo‘llanma. “Step by Step Print” MChJ, Andijon, Xrabek ko‘chasi, 95-B uy, 2024-yil, 131 bet.
- Zokirov K., Sobirov O. Farg‘ona vodiysi koktsidalari. Monografiya. “Barkamol Fayz Media” MChJ nashriyoti, Toshkent, 2021-yil, 127 bet.
- Zokirov K. Farg‘ona vodiysi mevali o‘simliklarining koktsidalari (Homoptera, Coccoinea). Monografiya. “Omadbek Print Number One” MChJ, Andijon, 2025-yil, 135 bet.
