Xorijiy talabalar
Andijon Davlat Universiteti
Xorijiy talabalar uchun qulay ta'lim, yashash va madaniy muhit
Andijon davlat universiteti xorijiy talabalar uchun qulay ta'lim, yashash va madaniy muhitni yaratishga alohida e'tibor qaratadi. Universitetning asosiy maqsadi – xorijiy talabalar uchun xalqaro standartlarga mos ta'lim muhitini shakllantirish va ularning O'zbekistonda samarali o'qish hamda yashashlari uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratishdir.
Universitetda xorijiy talabalar uchun:
Xalqaro Akademik Hamjamiyat
Andijon davlat universitetida xorijiy talabalar o'zlarini nafaqat talaba, balki xalqaro akademik hamjamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida his etadilar. Universitet ularning bilim olish, tajriba orttirish va shaxsiy rivojlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
To'lov shartnomalari
Xorijiy talabalarning to'lov-shartnoma narxlari har o'quv yilida boshlanishida belgilanadi
Qabul qilish tartibi
Vazirlar Mahkamasining 169-sonli qarori asosida amalga oshiriladi
Qabul qilish tartibi
Xorijiy fuqarolarni Andijon davlat universitetiga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi "Xorijiy fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish va o'qitish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 169-sonli Qarori asosida amalga oshiriladi.
Online ariza topshirish
Online hujjat topshirish uchun quyidagi platformaga ariza yuborishingiz mumkin
hamkor.adu.uz