Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Talabalar o'rtasida “Yangi O‘zbekiston — yangicha fikr, yangicha mafkura, yangicha yondashuv” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

2025-11-26 12:02:27Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar 74
Talabalar o'rtasida “Yangi O‘zbekiston — yangicha fikr, yangicha mafkura, yangicha yondashuv” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Bugun, 26-noyabr kuni Andijon davlat universitetida talabalarning siyosiy bilimlarini mustahkamlash va tarixiy dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Marg‘ubaxon Radjapova tashabbusi bilan "Yangi O‘zbekiston — yangicha fikr, yangicha mafkura va yangicha yondashuv" shiori ostida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani doirasida Huquq-iqtisod fakultetining Iqtisodiyot va Buxgalteriya hisobi yo‘nalishi talabalari orasidan saralangan "Yosh jadidlar" va "Mustaqillik" jamoalari tanishtiruv, tezkor savol-javob hamda teatrlashgan sahna ko‘rinishlari orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, o‘zaro bellashdilar.

Hakamlar hay’ati uchta shart asosida bellashuvni adolatli baholab, "Yosh jadidlar" jamoasini — "Barcha shartlar bo‘yicha mutlaq g‘olib jamoa", "Mustaqillik" jamoasini esa — "Eng bilimdon jamoa" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topdi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar hamda faol qatnashgan ishtirokchilar universitet rahbariyati hamda Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan alohida e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.