Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Rektor huzurida dual ta’limni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2025-12-04 12:20:38Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar 38
Rektor huzurida dual ta’limni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 3-dekabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida prorektorlar, dekanlar va kafedra mudirlari ishtirokida dual ta’lim tizimini yanada rivojlantirish hamda talabalar malakasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, talabalarning dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki, universitetda bandlik va dual ta’lim shakli bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga oid hisobotlar eshitildi, shuningdek ichki intizomni yanada kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, dual ta’lim tizimini yanada takomillashtirish zaruriyati alohida ta’kidlandi.
 

Yig‘ilish davomida kuz-qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish, talabalarga yaratilayotgan qulayliklarni oshirish, dual ta’lim tizimi doirasidagi ishlarni jadallashtirish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish hamda ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.