Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

“Kelajakka qadam” – oliy ta’lim bitiruvchilari uchun imtiyozli kreditlar!

2025-12-04 11:14:57Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar 46
“Kelajakka qadam” – oliy ta’lim bitiruvchilari uchun imtiyozli kreditlar!

Siz Andijon davlat universiteti bitiruvchisimisiz? O‘z biznesingizni boshlashni, kasbiy faoliyatingizni yo‘lga qo‘yishni yoki amaliy loyihangizni moliyalashtirishni istaysizmi? 

Unda, siz uchun yangi imkoniyat yaratildi! Bugundan boshlab ADUda “Kelajakka qadam” markazi o‘z faoliyatini yana boshladi va hoziroq ushbu markazga tashrif buyurib, o‘z g‘oya va tashabbuslaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin.

“Kelajakka birinchi qadam” krediti:
Kredit maqsadi: Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi bosqich talabalarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish
Kredit oluvchi: Ijtimoiy soliq to‘lagan, o‘zini-o‘zi band qilgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari
Kredit summasi: 10 mln. so‘mgacha
Foiz stavkasi: yillik 21%
Kredit muddati: 18 oygacha
Imtiyozli davr: 3 oygacha

Ariza topshirish, hujjatlar va kredit shartlari to‘g‘risida barcha ma’lumotlar bilan tanishish uchun: havola 

 “Kelajakka qadam” bilan orzularingizni amalga oshirish uchun ilk qadamni tashlang!